7
О‘quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga о‘rgatish uchun о‘qituvchi
matnga о‘zi tuzgan yoki «О‘qish kitobi»da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil
uchun
“Nega u yoki bu savol qо‘yilgan?”, “Unda kim yoki nima haqida gap
boradi?”, “Savol kо‘proq qaysi sо‘zlar bilan boshlanadi?” kabi savollarni
ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni о‘rgatadi.
Ikkinchidan, о‘qituvchi о‘quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yо‘liga qaratadi
va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan о‘qish, qatnashuvchi shaxslarni
kо‘rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga
о‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida bu mashq jamoa bо‘lib bajariladi va ta’limiy
xarakterda bо‘ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qiziqarli
ekani yoki, aksincha, noqulay bо‘lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi.
Masalan, 3-sinfda
“Ahillik ulug‘ baxt” ertagida
“Odamlarning cholning bolalari
haqidagi fikri yuzasidan savol tuzing” topshirig‘i berilgach, о‘quvchilar
“Odamlar
aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?” kabi savol tuzishlari mumkin.
4-sinfda
“Qovun sayli” (SH.Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan savol tuzish
topshirig‘i quyidagicha beriladi:
− Hikoyadagi birinchi xat boshini о‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing.
− Hikoyadagi birinchi xat boshida qо‘llangan sо‘zlarning ma’nosini izohlash
bо‘yicha savol-topshiriqlar tuzing. (
Bejirim, sertо‘r sо‘zlarining ma’nosini
izohlang)
− Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing va shu kabilar.
Keyinchalik о‘quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham
о‘zlashtirib oladilar.
Dostları ilə paylaş: