Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini shakllantirish



Yüklə 231,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.12.2022
ölçüsü231,96 Kb.
#78180
1   2   3   4   5   6   7
F2OHpNImQk9YJVrchrY35U7ORMOri77qnFgzy4t6

Uchinchi bosqich(ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok 
etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni 
taqqoslash va baholash, asarning g‘oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish 
manbai va san’at asari sifatida baholash (qanday ma’lumotlarga ega bо‘ldik, asar 
nimaga о‘rgatadi, muallif о‘z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq, ravshan va 
ta’sirli tarzda yetkazadi va hokazo)dan iboratdir. 
Ikkinchi sintezdan sо‘ng о‘qilgan asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi 
ishlar о‘tkaziladi. 
Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, о‘quvchilar faolligi ortadi, chunki 
asarni tahlil qilish ular uchun ijodiy jarayondir. 
2. 1-4-sinf о‘qish darslarida о‘quvchilarning badiiy asarni tahlil qilish 
kompetensiyasini shakllantirish. 
Umumiy о‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarda о‘qish fani о‘quvchilarni 
ongli, tо‘g‘ri va ifodali о‘qishga о‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq 
madaniyatini hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllantiradi. О‘quvchilarni har 
tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Boshlang‘ich sinflarida о‘qish fanini о‘qitishning asosiy maqsadi: 
milliy hamda jahon adabiyotining nodir namunalarini о‘qitish orqali 
о‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantirish 
hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli tafakkurga oid bilim, kо‘nikma, 
malakalarni hosil qilish va rivojlantirish;
о‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni о‘rgatish jarayonida 
olam va inson tabiati, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, 
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish orqali о‘quvchilarning ma’naviyatini, 
dunyoqarashini kengaytirib, mustahkamlab borishdan iborat. 
О‘qish (1-4-sinf) fanini о‘qitishning asosiy vazifasi: 



о‘quvchilarning og‘zaki nutqi adabiy til meyorlari asosida shakllanishi va 
rivojlanishini ta’minlash, nutqiy kompetensiyani о‘stirish; 
yozma nutqda yuksak savodxonlik, adabiy til meyorlariga rioya etish, uslubiy 
rang-baranglikdan foydalana olish kо‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda 
dastlab tanish, keyin notanish matn ifodali о‘qitilib, о‘quvchidagi kо‘nikma, 
malaka aniqlanadi. Shuningdek, miqdoriy kо‘rsatkich – о‘qish tezligi, ongli va 
ravon о‘qish, bir daqiqada nechta sо‘z о‘qiy olishi ham belgilanadi. 
Bolaning matn mazmunini tо‘liq о‘qib olishi, qayta hikoyalashi, shuningdek, 
о‘zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi. 

Yüklə 231,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin