Badiiy gimnastika


Bolalar qomatini to’g’ri shakillanishida badiiy gimnastikaning roli



Yüklə 50,19 Kb.
səhifə2/4
tarix26.12.2023
ölçüsü50,19 Kb.
#198392
1   2   3   4
BADIIY GIMNASTIKA

Bolalar qomatini to’g’ri shakillanishida badiiy gimnastikaning roli

Mamalakatimiz kelajagi uchun sog`lom avlodni tarbiyalash hamda voyaga yetqazishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati juda katta. So`nggi yillarda sport va jismoniy tarbiya yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Sport farzandlarimiz xarakterini toblaydi, qalbida o`z xalqi , yurti bilan faxrlanish tuyg`ularini shakllantiradi . Zero, g`urur faxru-iftixor inson uchun o`z maqsadlar`iga erishishda madat bo`ladi. Qomatning tashqi hamda ichki sabablar ta`siri ostida shaillanishi o`zgarishi maktabgacha yoshda boshlanadi va bolalar bo`yining o`sishi to`xtagan davriga kelib tugaydi. Gavdani to`g`ri tutish uchun oson bulishi bunga imkon beradigan muskullarni yetarli darajada rivojlantirish lozim. Bunga esa tanadagi barcha muskullarni bab-baravar mustahkamlash yo`li bilan erishiladi. Buning uchun esa eng avvalo gimnastika qilish sport bilan shug`ullanish parta, stulda o`quvchini to`g’ri o`tirishiga odatlanturush zaruz . Ayniqsa ertalab o`rnidan turganda gavdani to`gri tutish qiyinroq bo`ladi shu boisdan kuni ertalabki gimnastidan boshlanishning xosiyati ko`p. Kichik yoshdagi maktab bolalarida qomatning buzilishi tez-tez uchrab turadi. Bular organizm normal faoliyating jiddiy buzilishlariga olib kelishi mumkin o`tqazib yuborilgan hollarda esa mehnat qilish qobilyating yo`qolishiga yoki befarq invalit bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. Gavdaning to`g`ri xolati, asosan, umurtqa pag`onasi ustunini o`rab turgan mashqlar boylamlarining tortilishi bilan belgilanadi. Yosh bolalik paytida va xususan maktab yoshida umurtqa pog`onasing yon tomonlama qiyshayishi, umurtqa pog`onasining oldingi orqa tomon , qiyshayishi tekis orqa bukrilik va yassi oyoqlik uchraydi. To`g`ri qomatning buzilishiga bukchayganlik ham kiradi. Bukchayish hammadan ko`p orqa mushaklar zaivlashishing zo`rayishidan vujudga keladi, bunda odam majburan uzoq vaqt o`tirganda tez toliqadi orqani to`g`ri tutish qobilyatini yoqotadi. To`g`ri qomat o`z o`zidan paydo bulmaydi uni har qanday harakat odati singari juda yoshlikdan boshlab shakllantirish lozim. U butun hayot mobaynida orttiriladigan va mustahkamlanadigan boshqa sharoitli harakat reflekslari hosil buladi.To`gri qomat bola organizimi o`sayotgan davrda shakillanadi harakat funksiyalarining rivojlanishini bilan mahkam bog`langa holda davom etadi.



O`quvchining qomatini to`g`ri qilish birinchi galda, rejimning ratsional bulishi: vaqtida mehnat qilib, dam olish, uxlash, kun tartibini oqilona tuzish yaxshi sifatli ovqat yeyish , jismoniy mashqlar qilish va (gimnastika harakli o`yinlar ,sport elementlari, sayr qilish, ekskursiya, turizm, mehnat protsslari)ga bog`liqdir. Gimnastika mashqlarini bajarayotganda albatta to`gri nafas olish kerak. Gavda to`gri turganida qullarni yon tomonga yozganda yoki yuqoriga ko`tarilganida nafas olish lozim. Qo`llarni pastga tushirganda esa nafas chiqarish kerak mashqlani bajarishga kirishdan oldin dastlabki holat deb ataladiga vaziyatda turish kerak, bu shunday holatki, odatda mashqlar shu vaziyatdan boshlanib shu vaziyatga tugallanadi. To`g`ri qomatni shakllantirish mavjud nuqsonlarni tuzatish uchun tanadagi barcha muskullarni bir meyorda rivojlantirish zarur. Shuningdek qiladigan harakatlarni idora etishga o`rganish, tanani turli qismlari harakatlarini aniq idora etishga o`rganish tananing turli qismlari hara katini kordinatsiya qilish lozim. Hamma vaqt boshni kutarib yelkalarini kerib, qorinni sal ichga tortib, gavdani to`g`ri tutib yurishga o`rgatish ham muhim. Bunga erish uchun gigiyenik va korrigilovchi gimnastika bilan shug`ullanishi kerak.Qomatdagi nuqsonlarni faqat umumiy rivojlantiruvchi mashqlar yordamida bartaraf etish muhim. Jismoniy tarbiyaning turli vositalarini to`g`ri qullash kishi organizimiga chuqur va har tomonlama tasir kursatadi, mustahkam sogliq hamda zarur jismoniy tayorgarlikni ta`minlaydi. Jismoniy tarbiyaning o`ziga xos vositasi jismoiy mashqlardir. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug`ullanish markaziy nerv sistemasiga muskul sistemasing rivojlanishi va mustahkamlashishiga qon aylanish va nafas olish organlariga juda yaxshi ta`sir qiladi.
Boh miya po`stlog`ining charchashini kamaytiradi, hamda kishi ish qobilyatini oshiradi. Jismoniy mashqlar jarayonida kishi barcha muskullari, shu jumladan yurak muskullari rivojlanadi.Bugungi yosh avlodni jismonan barkamol qilib tarbiyalash va ular o`rtasida sog`lom turmuh tarzini qaror toptirish, bolalar sportini rivojlantirish sohasida yoshlarni,ayniqsa qishloq qizlarini sport bilan muntazam shugu`llanishga jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarini qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jixozlari bilan ta`minlash, yuqori malakali ustoz hamda ayol – murabbiylar tayorlash masalasiga etibor yanada oshirildi. Badiiy gimnastika – nafis sport turiga kiradi. Bu sport turiga kiradi. Bu sport bilan shug`ullangan yosh qizlar har tomonlama jismoniy baquvvat, yetuk, barkamol va qaddi – qomati raso bo`lib voyaga yetadi.
Darvoqe, bugungi kunda maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi qizlarni nafosatli sport turi – badiiy gimnatikaga jalb etish, ularning jismonan barkamol o`sib – ulg`ayishining garovidir. Qizlarimizning sog`liq-salomatligini haqida qaygurish dolzarb vazifaga aylanadi. Badiiy gimnastika uzing mazmun mohiyati bilan chuqur tarixga ega. Maskur sport turiasrlar davomida shakillanib o`z nufuzi bilan xalqaro miqiyosda shuxrat qozondi. Bu sport turi mamalakatimizda ham keng ommalashib ming – minglab xotin-qizlarni o`ziga maftun etdi. Ayni paytda ushbu sport turini eng chekka qishloq va ovullarda ham yo`lga qo`yish haraklari davom etmoqda. Chunki bugun barchamiz qizlarimizning sog salomat , latofatli bo`lib ulgayishi dilbandlarimizning malikalaridek voyaa yetishini istar ekanmiz bu uchun ularni jismoniy tarbiyaga jalb etmog`imiz kerak . Badantarbiya bilan mashg`ul bulinsa degan edi Ibn Sino, hech qanday dori darmonga zaruriyat qolamaydi, buning muayyan bir tartibga rivoya ham shart. Jismoniy mashqlar ta`sirining estetik darajasi shu mashqlarning qanchalik keng va uyg`un rivolanishiga hamda harakat funksiyasini shakllantirishga bog`liq bo`ladi. To`g`ri qomatni shakllantirish uchun paylarning bir tekisda rivojlanishi va tanadagi qismlar harakatlarini boshqarib borish alohida ahamitaga ega. To`g`ri qomat kishining jismonan yaxshi rivojlanganligi va kishining o`z tanasiga to`g`ri tutib yurishiga darak beradi
Badiiy gimnastika mashqlari tavsifi Badiiy gimnastika mashqlari sakrash, muvozanat saqlash, burilish, siltash, buyumlarsiz, buyumlar bilan, yo`nalish va bo`shashtirish mashqlarini navbatlantirish bilan, shu bilan birga tayanch oldidagi mashqlarni o`z ichiga oladi va gavda, qo`l, oyoq mushaklarini mustahkamlaydi. Ular nafaqat kuchni va bo`g`imlardagi harakatchanlikni rivojlantiradi balki, mushaklardagi nozik sezgini, harakat koordinatsiyasini tarbiyalaydi, tog`ri qaddi qomatni 7 shakllantiradi, murakkab sharoitda muvozanat saqlashga yordam beradi. Badiiy gimnastika mashqlarini o`tkazishda raqsga xos elementlar va birikmalardan har xil yugurish va sakrash turlaridan foydalanish o`ziga xos xususiyatga ega. Shug`ullanuvchilar bu mashqlarni bajara turib engil harakat qila olishlari uchun o`z tanalariga bemalol egalik qila oladilar.
Badiiy gimnastikada shug`ullanuvchilarga mashqlarni to`g`ri bajarishni o`rgatish uchun ularning o`ziga xosligini tushunish va uning boshqa gimnastika turlaridan qanday qanday farqi borligini bilishi kerak. Uning asosiy xususiyatlari dinamiklik va yaxlitlikdir. Ular qon aylanish va moddalar almashinuvini yaxlitlashga, harakat apparati, yurak qon-tomir tizimining funksional imkoniyatlarini oshirishga, ish qobiliyatini o`sishiga yordam beradi. Badiiy gimnastikada mashqlar murakkabligi kabi jismoniy yuklama ham oson me`yorlashtiriladi. Jismoniy yuklamani quyidagilarni o`zlashtirish bilan tartibga solish mumkin: majmuadagi mashqlar soni har bir mashqning takrorlanish soni harakat sur`ati ` harakat amplitudasi  mashqlar orasidagi dam olishning davomiyligi  buyumlarning og`irligi, kattaligi va h.k. Badiiy gimnastika mashqlarini o`rgatish pedagogikaning faollik va onglilik; tizimlilik; ko`rsatmalilik (aniqlik), soddalik, mustahkamlik prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi. Berilayotgan mashq to`rida dastlabki tasavvur paydo bo`lishi uchun murabbiy uni nomini to’g`ri aytishi va iloji bo`lsa sekinroq sur`atda, diqqatni texnika detallariga qaratib ko`rsatish kerak.
Agar mashq murakkab bo`lsa, uni ko`rsatishdan oldin yordamchi mashqlarni bajarish kerak. Boshlang`ich tayyorgarlik davrida badiiy gimnastika bilan shug`ullanuvchilar mashg`ulotini haftada 4 marta kunning ikkinchi yarmida o`tkazish maqsadga muvofiqdir. Mashg`ulot tuzilishi umumqabul qilingan: tayyorlov qism (4-6 daq.), asosiy qism (28-30 daq.) va yakuniy qism (3-4 daq.)dan farq qilmaydi. Mashg`ulotning birinchi qismida yurish, yugurish mashqlari, murakkab bo`lmagan o’yin vazifalari beriladi. Ikkinchi qismda bolalar raqs, buyumsiz va buyumlar bilan mashqlar bajaradilar, harakatli o`yin o`tkaziladi. Yakuniy qismda nafasni rostlash va mushaklarni bo`shashtiruvchi mashqlardan foydalaniladi. 8 Mashg`ulotni yaxshi havo almashadigan zalda o`tkazish zarur. Kiyim qulay, engil, harakat qilganda uyalmaydigan (mayka, trusi yoki kupalnik) bo`lishi kerak. Sport jihozi shug`ullanuvchilarning yoshi va bo`yiga mos bo`lishi kerak. Mashg`ulot uchun 4 xil o`lchamdagi rezina to`plarga, arqonli yoki rezinali arg`amchiga, yog`och yoki plastmassa obruchlarga, ebonite yoki yog`ochli tayoqchaga ingichka ip yordamida lozim. Zalda bir nechta gimnastika devoir o`rnatish va bolaning belidek keladigan balandlikda devordan 15-20 sm. masofada reyka qotirish ma`qul. Agar buni iloji bo`lmasa, tayanch bilan mashq bajarishni stul suyang`ichini ushlab o`tkazish mumkin. Mashg`ulotga buyumlar bilan bajariladigan mashqlarni astasekin, bolalarning saflanish va qayta saflanish, yurish, yugurish va boshqa harakatlar bilim, ko`nikma va malakalariga egallashiga qarab kiritilsa, mashg`ulotda uyushqoqlikka erishish oson bo`ladi. Boshida bolalarga uyushqoqlik bilan buyumlarni olish va topshirishni, ularni qo`lda to`g`ri ushlash, uzatish dumalatish va boshqalarni o`rgatish kerak. Bolalar buyum bilan mashq bajarganda aniq bir sur`at va ritmda bajarishlari, shu bilan birga harakatni takrorlashda berilgan sur`atni saqlab qolishi juda muhimdir. Harakatli o`yin va estafetalarni o`tkazishda jarohatni oldini olish choralari to`g`risida ogohlantirish muhimdir: yugurish va sakrash vaqtida bolalar orasidagi vasofani saqlash, maydonchani yot jismlardan tozalash



Yüklə 50,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin