Badiiy gimnastika


Tayyorgarligi jarayonida jarohatlanishni oldini olish



Yüklə 50,19 Kb.
səhifə3/4
tarix26.12.2023
ölçüsü50,19 Kb.
#198392
1   2   3   4
BADIIY GIMNASTIKA

Tayyorgarligi jarayonida jarohatlanishni oldini olish.
Yosh sportchilar tayyorgarligi jarayonida jarohat olish sabablari Tayanch-harakat apparati jarohatlanishi va organizmning funksional tizimlari ishining buzilishi eng avvalo jismoniy mashqlar bilan bo’lgan darslarda uslubiy xatolar va tashkiliy kamchiliklar tufayli sodir bo`ladi. Qanday jismoniy sifat rivojlanishidan qat`iy nazar, quyidagi tashkiliy kamchiliklar jarohatlarining sababi bo`lishi mumkin: 1) mashg`ulotlarda xavfsizlik qoidalari va tartib buzilsa; 2) sifatsiz inventar, jihozlar bo`lsa; 3) mashg`ulotlarda qoniqarsiz sanitariya-gigiyenik sharoitlar (yetarlicha yoritilmaganlik; mashq bajariladigan qoplamalarning juda ham qattiq yoki sirpanchiq bo`lishi; havoning ancha gazlanishi) va yomon meteorologik sharoitlar (atrof-muhitning o`ta past yoki yuqori darajasi, yuqori namlik va boshqalar). Uslubiy xatolar muayyan mashg’ulot va mashg`ulotlar tizimida aynan qaysi jismoniy sifat rivojlantirishi bilan bog`liq. Kuchli mashqlarni qo`llash bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlardagi uslubiy xatolar Eng avvalo – bu muskaklarning har xil guruhlarida kuch rivojlanishida uyg`unlikning buzilishi. Tayanch-harakat apparatida kuchsiz, yetarlicha shug`ullanmagan a`zolar namoyon bo’ladi, bu esa ularning jarohatlanishga yoki o`ta katta yuklamalarda boshqa a`zolarning shikastlanishiga olib keladi. Masalan, tovon mushaklarining yetarlicha rivojlanmaganligi uning qattiqligini pasaytiradi. Buning natijasida sakrash mashqlari bajarilayotganda, tovon mushaklari o`ziga olishi kerak bo`lgan yuklanma boldirning uch asosli mushaklariga to`g’ri keladi. Qorin va gavda mushaklarining yetarlicha rivojlanmaganligi oqibatida qomat buzilishi va umurtqaning bel bo`limiga og`irlik tushishi mumkin. Bu narsa umurtqaaro to`qimalarning o`ta jipslashuvi va o`z navbatida, bel og`rig`iga olib kelishi mumkin. Yaxshi badan qizdirish mashqlarisiz kuchli mashqlarni bajarish mushaklar cho`zilishi, a`zolar jarohatlanishi, yurak-qon tomir tizimining o`ta zo’riqishiga olib kelishi mumkin. Charchagan holda cho`zilish mashqlarini bajarish mushak, tomirlar jarohatiga olib kelishi mumkin. 63 Yuqori balandlikdan chuqurlikka sakrashni haddan ziyod ko`p bajarish tovon va tizza jarohatiga olib keladi. Umurtqaga katta yuklanish bilan ko`p mashq bajarish qomat buzilishi, umurtqaaro disklar qalinlashuviga yoki umurtqa churrasiga (grija) olib keladi. Yetarlicha o`rganilmagan cho`zilish mashqlarini bajarish tayanchharakat apparatining sust a`zolarining jarohatlanishiga olib keladi. Ketma-ket kuchanish bilan ko`p mashq bajarish yurak faoliyati buzilishiga, tomirlar kengayishiga, kapilyar qon aylanishi buzilishiga olib keladi. Kuchli mashqlar bilan mashg`ulot o`tkazishda jarohatlarni oldini olish bo`yicha uslubiy tavsiyalar Kuchli mashqlar bilan bo`lgan mashg`ulotlar jarayonida jaro hatlardan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilish lozim:
1. Kuchli mashg`ulotdan oldin yaxshilab shug`ullanish va butun mashg`ulot davomida organizmni qizigan holda saqlash lozim.
2. Kuch yuklamalarining umumiy hajmini asta-sekin oshirib borish kerak, ayniqsa kuchli mashqlar bilan mashg’ulotlarning boshlang’ich bosqichlarida.
3. Har bir mashqdagi yuklama o`lchamini ehtiyotlik bilan aniqlash kerak. Oldin kichik va me`yorli cho`zilishlar bilan uning texnikasini yaxshi egallash lozim.
4. Hamma skelet mushaklarini teng rivojlantirish lozim, ayniqsa kuchli tayyorlanishning boshlang`ich bosqichida. Buning uchun har xil kuchli mashqlar har xil dastlabki holatlarda qo`llaniladi.
5. Chegaradan ortiq yuklamalar bilan kuchli mashqlar bajarishda nafasni ushlab turish kerak emas.
6. Umurtqaning o`ta yuklanishidan saqlanish uchun maxsus og`ir atletika bog`ichidan foydalanish kerak. Kuchli mashqlar o„rtasidagi dam olish oraliqlarida turnik, gimnastika xalqalari, gimnastika devorchasida osilib, umurtqani cho„zil-tirish maqsadga muvofiq.
7. Umurtqa jarohatlaridan saqlanish uchun qorin va gavda mushaklarini domimiy tarzda mustahkamlash kerak.
8. Umurtqaga yuklama tushadigan hamma mashqlarni bajarishda uni imkoni boricha to`g`ri ushlab turish kerak.
9. Oyoqning tovon mushaklarini muntazam ravishda mo’stahkamlash kerak. Bu tovon qattiqligining oshishiga va tayanch-harakat apparati jarohatlarining soni kamayishiga yordam beradi.
10. Qo`llarni jarohatlamaslik uchun, buyumlar bilan mashqlarda har xil ushlashlarni qo`llash maqsadga muvofiq.
11. Og`irlik bilan o`tirishlarni bajarishda tizza mushaklarini yanada harakatchan qiluvchi oyoqning dastlabki holatini tanlash lozim.
12. Katta yuklama bilan chuqur o`tirishlarni tizza mushaklari jarohatlaridan saqlanish uchun me`yorida bajarish kerak. Oyoq mushaklari kuchini maxsus trenajorlarda o`tirgan va yotgan holatda rivojlantirish mumkin.
13. Chegaradagi va chegaraga yaqin yuklamali mashqlarni faqat qattiq polda va boldir oyoq mushaklarini qattiq ushlab turadigan oyoq kiyimlarida bajarish kerak. 14. Kuchanish oldidan yurak-qon tomir tizimini zo’riqtirmaslik uchun chuqur nafas olish kerak emas. Yarim nafas olish yoki 60-70% chuqur nafas olish yaxshi bo’ladi. 15. Uzoq davom etadigan kuchlanishlardan saqlanish lozim.
16. Kuchlanish bilan maksimal (yuqori) yuklamali mashqlarni bajarishda ko’zning nozik tomirlariga zarar yetkazmaslik uchun ko’zni yumish kerak.
17. Cho`zilish uchun mashqlarni kuchli mashqlar o`rtasidagi tanaffusda katta yuklama bilan bajarish kerak emas. Harakatlar amplitudasi mos mushakda maksimal holatdan 10-20% kamroq bo`lishi kerak.
18. Mushaklarda og`riq, sanchiq sezilsa darhol mashq bajarishni to`xtatish lozim.
2.3 Tezlikni rivojlantirishdagi uslubiy xatolar Tezlik mashqlari bilan mashg`ulotlarda jarohatlar umumiy sonining 25%i mashg`ulotlarning tayyorlov qismiga to`g`ri keladi. Bu organizmning asta-sekin ishga kirishish tamoyilining buzilishidan, shug„ullanish vositalarining xato tanlanganidan guvohlik beradi. Jarohatlarni quyidagi omillar keltirib chiqarishi mumkin. Tezlik mashqlarini sovuq havoda va sirpanchiq yoki notekis joyda bajarish. Mashg`ulot ta`sirining har tomonlama kamchiligida.

Tezlik mashqlari qamrovining birdaniga oshishida tezlik mashqlari texnikasini yetarlicha egallamaslikda. Tayanch – harakat apparati ayrim a`zolarining yuklanishi. Tezlik mashqlarini bajarishga sifatsiz bevosita tayyorlanish. Tezlik mashqlarini jismoniy yoki mo„ljal olishda charchagan holatda bajarish. 65 2.3.1 Tezlikni rivojlantirishda jarohatning oldini olish uchun uslubiy tavsiyalar Tezlik mashqlarini bajarishdan oldin, usuli va mazmuni bo`yicha mashg`ulotlarnikiga o`xshash mashqlarni qo`llash bilan tayyorlanishni o`tkazish kerak. Tayyorlovchi mashqlarni bajarish tezligini asta-sekin oshirish maqsadga muvofiq. Shuni ta`kidlash kerakki, aynan yaxshi badan qizdirish jarohatni oldini olish va tezlik mashqlarida yaxshi natijalarga erishish uchun yaxshi vosita hisoblanadi. Jarohatlarni harakatli ogohlantirish asosi tayanch-harakat apparatini me`yorida rivojlantirishga yo`naltirilgan har tomonlama jismoniy tayyorgarlik.
Tezlik sifatlarini rivojlantirishning boshlang`ich bosqichlarida uning sust a`zolarini rivojlantirishga e`tibor beriladi. Tezlik mashqlarini charchagan vaqtda bajarmaslik kerak, chunki mushaklarda yetarlicha achimagan mahsulotlarning yig`ilishi va mushaklarning mo`ljallashtirish ishining buzilishi jarohatlarga olib kelishi mumkin. Mushaklarda og`riq yoki qaltirash paydo bo`lsa, mashqlarni to`xtatish lozim. Chunki bu mushaklar tuzilishining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Bunday holatda tezlik mashqlarini davom ettirish jarohatga olib kelishi mumkin. Sovuq havoda issiq va shamoldan himoyalovchi kiyim kiyish lozim. 2.4 C hidamlilikni rivojlantirishda uslubiy xatolar - Tayanch-harakat apparatini mustahkamlashga yetarlicha e`tibor bermaslik; - bardoshni rivojlantirish vosita va usullarining bir xilligi; - tiklanmasdan turib uzoq vaqt davomida shug`ullanish; - o`zini yaxshi sezmay turib shug`ullanish (shamollash, angina va shunga o`xshash). 2.4.1. Chidamlilikni rivojlantirishda tayanch-harakat apparatining jarohatini, harakat tizimining o`ta yuklanishini oldini olish bo`yicha tavsiyalar Katta yuklamalarni bajarishda tayanch-harakat apparatining eng jarohatlanadigan a`zosi tovon hisoblanadi. Oyoq osti mushaklari yuklanadi, o`zining funksional xususiyatlarini yo`qotadi va buning oqibatida yassioyoqlik rivojlanadi.
Bu noxush holatni bartaraf qilish uchun, birinchidan, mashg`ulot yuklamalari shiddatini va hajmini asta-sekin oshirish kerak, ikkinchidan, muntazam ravishda mashg`ulotlarga oyoq osti mushaklari kuchini rivojlantirish mashqlarini kiritish lozim. Chidamlilikni rivojlantirish mashqlari organizmning vegetativ tizimi va uni mustahkamlash ishini shakllantirishga samarali 66 ta`sir qiladi. Agar mashg`ulot yuklamalari sportchining individual xususiyatlariga javob bermasa, bunda ular organizmning ba`zi a`zo larining yomon ishlashiga va hatto ulardagi patologik o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. Eng ta`sir yurakni va chap qorinchaning nisbatan kichik bo`shlig`i shakllanishiga asos bo`ladi. Bunday yurak katta itaruvchi tezlikka, lekin nisbatan kam urish hajmiga ega bo`ladi. Yetarlicha tayyorlanmagan sportchi bilan ishlashda yuqori tezlikdagi mashg`ulot yuklamalarini muddatidan oldin qo`llash yurakning yuklanishiga va arteriya devorchalarining qattiqlashuvi o`sishiga sabab bo`ladi, o`z navbatida koronar qon oqishiga to`siq boladi va yurak ishini murakkablashtiradi.
Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun avval uzluksiz standart-lashtirilgan mashqlar usuli bilan me`yoriy tezlikdagi mashqlarni bajarish kerak. Keyinchalik uzluksiz variantli-oraliqli mashqlar usullarini qo`llashga o’tish joiz. Bir m’yordagi tezlik bilan uzoq davom etadigan ishni oldindan qo`llash yurak-qon tomir, nafas olish va organizmning boshqa tizimlari ishining yaxshilanishiga yordam beradi. Bunda yurakning funksional imkoniyatlari yaxshilanadi, miokard distrofiyasi mavjudligi shubhasiz pasayadi va yuklama ko`taruvchi mushaklarda qon aylanishi yaxshi bo`ladi. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bir xil hajmdagi mashg`ulot yuklamalari, hatto past tezlikdagi, markaziy asab tizimi faoliyatiga yomon t`sir qiladi. Bu esa qon aylanish tizimi nazorati buzilishiga va oqibatda uning faoliyati buzilishiga olib keladi. Bu ayniqsa bolalar va o„smirlarga tegishli. Bunday buzilishlarning oldini olish uchun mashg`ulotlarni xilma-xillashtirish, tabiat qo`ynida mashg`ulot o`tkazish, mashg`ulot yo`laklarini o`zgartirish, o`yinli mashg`ulot turini qo`llash kerak. Yana shuni esda tutish kerakki, o`zini yaxshi his qilmagan (nosog`lom) holatda mashg`ulot yuklamalarini bajarish sog`liq uchun ancha xavfli. 2.5 Egiluvchanlikni rivojlantirishda uslubiy xatolar - Organizmni yetarlicha qizdirmaslik; - Sifatsiz badan qizdirish mashqlari; - Mushaklarning ko`tarilgan tonusi; - Harakatlar amplitudasining birdaniga oshishi; - Haddan tashqari qo„shimcha yuklama ko„tarish; - Mashqlar orasida sust dam olishning juda katta oraliqlari. 67 2.5.1 Egiluvchanlikni rivojlantirishda jarohatlanishning oldini olish bo`yicha uslubiy tavsiyalar Egiluvchanlikni rivojlantirishda jarohatlanishning oldini olishning asosiy usuli – tayanch-harakat apparatining yaxshi mashq qildirish. Cho`zilish bo`yicha mashqlarni bajarishga kirishishdan oldin umumrivoj-lantiruvchi mashqlar yordamida mushaklarni yaxshi qizdirish kerak. Ularni qizigan holatda egiluvchanlikni rivojlantirish mashqi davomida saqlab qolish lozim. Yetarli qizishning subyektiv belgisi yengil ter ajralishining paydo bo`lishi hisoblanadi. Har bir mushakda harakatchanlikni rivojlantirishda mashqlar bajarishni sezuvchan harakatlardan boshlash kerak. Harakatlar amplitudasi asta-sekin oshib boradi. Mashqlarning birinchi qismida harakatlarni bajarish tezligi – sekin. Egiluvchanlikni rivojlantirishda maksimal amplituda bilan mashqlar bajarish katta samara beradi. Lekin mushaklar, boylamlar cho`zilishida chegara o`rnatish ancha qiyin. Ayniqsa bu majburiy cho`zilish yordamida qo`shimcha yuklama silkinish va birdan qattiq harakat qilib mashqlar bajarishga tegishli. O`ta katta harakat amplitudasining subyektiv belgisi cho`zilgan to`qimalarda og`riqlar paydo bo`lishidir. Og`riqlar kichik jarohatlar paydo bo`lganidan guvohlik beradi. Shuning uchun yengil og`riq hislari paydo bo`lganda mashq shiddati kamaytiriladi. Qattiq og`riq his qilinganda cho`zilish mashqlarini to`xtatish lozim va ularga to`qimalarning funksional xususiyati to`liq tiklangandan keyin qaytish kerak. Mushaklar tiklanishini tezlashtirish uchun yengil, lekin davomli uqalash, issiq muolajalar qilish maqsadga muvofiq. Qo`shimcha yuklama orqali cho`zilish mashqlarini bajarishda yuklama hajmini tanlashga juda jiddiy yondashish kerak. Eslatib o`tamiz, sust mashqlardagi qo`shimcha yuklamaning optimal `o’lchami cho`zilishga moyil bo`lgan mushaklar maksimal kuchining 30-40-50% igacha bo`ladi. Silkinish va birdan qattiq harakat qilishda qo`shimcha yuklama 200-300 gr dan 1-2 kg gacha bo`lishi kerak. Egiluvchanlikni rivojlantirish va jarohatlarni oldini olish uchun yo`naltirilgan mashqlarni samarasini oshirishda cho`zilish mashqlari va mushaklarni erkin bo`shashtirish mashqlarini navbatma-navbat bajarish maqsadga muvofiq. Silkinish va birdan qattiq harakatlarni mushaklarni cho„zishda kuch va chidamlilikni rivojlantirish bo„ yicha katta yuklamalardan keyin charchab bajarish maqsadga muvofiq emas. Bunday yuklamalardan keyin mushaklararo koordinatsiya va mushak- 68 larning egiluvchanligi yomonlashadi, bu esa egiluvchanlikni rivojlantirish mashg„ulotlari samarasini pasaytiradi va jarohatlarga olib keladi. Mashq orasidagi sust dam olish mashqlarining juda kattaligi (8- 10 min. ortiq) tufayli tayanch-harakat apparati egiluvchan to`qimalarining cho`ziluvchanligi yomonlashadi, bu ham jarohatlanishga sabab bo`lishi mumkin. Egiluvchanlikni rivojlantirishda tomirlar jarohatlanishining sabablari ularni o`rab turuvchi mushaklar kuchining yetarlicha rivojlanmaganida. Shuning uchun yetarlicha jismoniy tayyorlanmagan odamlar bilan ishlashda tayanch-harakat apparatini har tomonlama rivojlantirishga yo`naltilrilgan kuchli mashqlarni egiluvchanlikni rivojlantirish bilan bog„lash kerak. 2.6 Koordinatsion qobiliyatlarni rivojlantirishda uslubiy xatolar Koordinatsion qobiliyatlar boshqa harakat sifatlari bilan qattiq bog`langan holatda namoyon bo`lishi tufayli, harakat sifatlarini rivojlantirish usuliyati yoki tashkillashtirishda yuqorida ko`rsatilgan hamma kamchiliklar koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishda ham jarohatlanishga sabab bo`lishi mumkin. Shakllanmagan mushaklararo koordinatsiya mushak to„qimalari cho`zilishi va yorilishiga asosiy sabab hisoblanadi. 2.6.1 Koordinatsiya qobiliyatlarini rivojlantirishda jarohatlarning oldini olish bo`yicha uslubiy tavsiyalar Koordinatsiyani rivojlantirish uchun mashqlarni bajarishdan oldin usuli va mazmuni bo`yicha mashg`ulotnikiga o`xshagan mashqlarni qo`llash bilan badan qizdirish o`tkazish kerak. Mashqlarni bajarish tezligi, ularning amplitudasi va koordinatsion murakkabligini asta-sekin bitta mashg`ulotda va aralash mashg`ulotlar tizimida oshirib borish kerak. Qo`shimcha og`irliklar bilan mashqlar bajarishda ularning individual imkoniyatlari bilan moslashtirish kerak. Yetarlicha o`rganilmagan mashqlarni yuqori tezlik bilan, o`yin va musobaqa usullarini qo`llash bilan, charchagan holda bajarish mumkin emas. Mashg`ulotlarda noqulay tashqi sharoitlarda murakkab koordinatsion mashqlarni qilish kerak emas (sirpanchiq, yomon yoritish, tashqi chalg`ituvchi narsalar). Shunday qilib, jismoniy mashqlar bilan yomon tashkillashtirilgan va rejalashtirilgan mashg`ulotlar o`quvchilar organizmiga zarar yetkazishi mumkin. Bu narsa ro`y bermasligi uchun mashg`ulotlarni oldindan u yoki bu jismoniy sifatni rivojlantirishdagi o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda rejalashtirish kerak.

Yüklə 50,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin