Badiiy-nutqiy faoliyat mashg’ulotlarida bolalarni estetik tarbiyalash



Yüklə 0,73 Mb.
tarix07.02.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#83379
Презентация Microsoft PowerPoint

Guliston davlat universiteti 6 – 21 guruh magistrantlari salomatova f eshqo`ziyeva m


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH

BADIIY-NUTQIY FAOLIYAT MASHG’ULOTLARIDA BOLALARNI ESTETIK TARBIYALASH

Reja

  • Bolalar badiiy faoliyatlarini tashkil etishning asosiy shakl, tur va vazifalari
  • Ilk yoshdagi bolalarning badiiy-nutqiy faoliyatini tashkil etish metodlari
  • 4-6 yoshdagi bolalarni badiiy-nutqiy faoliyatga o’rgatishning mazmun va metodlari

Bolalar badiiy faoliyatlarini tashkil etishning asosiy shakl, tur va vazifalari


Bolalarning badiiy faoliyatlarini tashkil etishning asosiy shakli – bu mashg’ulotdir.

MTTda mashg’ulotlar quyidagi faoliyat shakllarida olib boriladi: badiiy-nutqiy faoliyat, musiqiy faoliyat, tasviriy faoliyat, kundalik hayot va bayram tadbirlarida olib boriladigan badiiy faoliyat turlari.
VAZIFALAR QUYIDAGILAR
- badiiy asarlarni tinglash ko’nikmasini rivojlantirish, ularga hissiy-emotsional munosabat bildirish;
- badiiy asarni mazmun va uni ifoda etuvchi shakllari bilan birga idrok etish, ular o’rtasidagi aloqadorlikni tushunib etish, asarning turli xil janrlari, undagi tasviriy-ifodaviy vositalarni motivatsion baholash, tushunishga o’rgatish;
- obrazni ifoda etuvchi vositalarni o’z o’rnida qo’llagan holda, emotsional (his-hayajonga berilib), mantiqiy ketma-ketlikda badiiy asarni qayta so’zlab berishga o’rgatish, ma’no kasb etuvchi ishora berish, pauza, intonatsiya (ifodali o’qish)dan foydalanib, ovoz kuchi va o’qish sur’ati (temp)ni moslab, muayyan bir janrdagi asarni ifodali ijro etishga o’rgatish;
- nutqdagi obrazga hissiy munosabat bildirish, poetik idrok etish, ritm, uslubni his etish qobiliyatini rivojlantirish;
- bolalarni mashg’ulot davomida egallagan bilim va ko’nikmalarni mustaqil faoliyatda qo’llay olishga o’rgatish

Ilk yoshdagi bolalarning badiiy-nutqiy faoliyatini tashkil etish metodlari


Demak, bir yoshga to’lmagan bola ilk bor badiiy so’zga duch keladi. Bola so’zning ma’nosini tushunmasada, biroq ularni ifodali qilib aytish, kuylash, major tonidagi ohang, yoqimli intonatsiya, ritm kattalar va bolalar o’rtasida emotsional-o’yin va nutqiy aloqa o’rnatish vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Metodik adabiyotlarda ayrim hollarda emotsional-o’yinlar aloqa o’rnatish metodi deb ham yuritiladi: bola chapak chaladi, chayqaladi, erkalaydi, qotib qoladi, uloqtiradi, uzatadi. Muloqot qilish o’yinida ularning nutqiy muloqoti cheklangan bo’ladi. Nutqda kattalarning faollik ko’rsatishi: tovush, so’z, ularni hamohang tarzda qayta-qayta takrorlash – bola nutqini asta-sekin tushinib borish, uni rivojlantirishning muhim shartidir.

Ilk yoshdagi bolalarning badiiy-nutqiy faoliyatini tashkil etish metodlari


Badiiy nutqiy faoliyatni tashkil etishda
  • og`zaki metodning hikoya turi
  • Harakatli emotsional o`yinlar

4-6 yoshdagi bolalarni badiiy-nutqiy faoliyatga o’rgatishning mazmun va metodlari


Katta guruhlarda hikoyalar ustida ishlashdan ko’zlangan maqsad – maktabgacha yoshdagi bolalar hikoyaning g’oyaviy mazmunini obrazli idrok etishi, uni badiiy-ifodaviy shakl bilan bog’lay olishi, hikoyaning o’ziga xos janr ekanligi, uning ertakdan farqini anglab etishi, uslubiy (qahramonlik, lirik, yumaristik, fantastik) xususiyatlarini tushunib etishiga erishishdan iborat.

4-6 yoshdagi bolalarni badiiy-nutqiy faoliyatga o’rgatishning mazmun va metodlari


Tarbiyachi badiiy adabiyot bilan ishlash, badiiy asarni bolalar faol idrok etishlarini tashkil etishda quyidagi metodlardan foydalanishi mumkin:
  • suhbat metodi;
  • sayohat metodi;
  • ifodali o’qish va hikoya qilib berish metodi
  • ijodiy topshiriq berish metodi;
  • texnik vositalarni qo’llash metodi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin