Tashbehi mufassal – yuqoridagi barcha unsure mavjud bo’lgan o’xshatish.
Yuzing chiroyi oy kabidur.
Labing rangi badaxshon la’li yanglig’.
Tashbehi mujman. She’r misralarida mushabbih, mushabbihunbih, vajhi shabboh, odati tashbeh, birining tushib qolishi.
Ko’zlaring cho’lpona o’xshar qaroliqda sochlaring
Orazin oydin munavvar, osmondir qoshlaring
Ko’zlaring – mushabbih
Cho’lpona – mushabbihumbih
O’xshar – odati tashbeh.
Tashbeh muyaqqat. Baytda faqatgina mushabbih va mushabbehunbihning o’zigina qo’llanishini
Gul yuzing hajrinda uzdin ketgay edim dambadam
Gar bu sorig’ yuz uza ko’z urmasa har dam irlob.
Tashbehi jam. Bir mushabbih bir nechta mushabbihunbihga o’xshatishini.
La’li labing qand asal, qildi tamannosi kasal,
Qon olmaganda fil masal, men mubtalo qayga boray.
Lab – mushabbih
La’l, qand, asal – mushabbihunbih
Tashbehi tavsiya. Bir nechata mushabbih, bitta mushabbihunbihga o’xshatiladi.
Lab-gul, oraz-gul, badan-gul, jabha-gul, bir naqldin.
Ey vujduni gulshanida bor bu miqdor gul.
Mushabbihlar – lab, oraz, badan, jabha.
Mushabbihunbih – gul.
Tashbehi malfuf. Birinchi misrada mushbbihlar. Ikkinchi misrada mushabbihunbihlarning keltirilishi.
Yuzi zulfu qaddi rasoni ko’rganda dermishman.
Ham ul guldur, ham ul suybul, ham ul bir naxli shamshodi.
Bo’yo yuzi la’l ernu xatu xadina tush yo’q,
Sarvu gulu vul nasrarinu yosuman ichra.
Tashbehi mutlaq. Aniq o’xshatish. Bayt misralarida odatiy tashbehning (vositai tashbehning) (dek, tek, day, dayin. Xuddi, go’yo, misoli, anglix, kabi, singari…) aniq keltirilishi.
Yodda tuting! Ikkinchi nomi tashbehi sarex.
Shahar chu do’zax kabi zindon edi.
Tashqari bir ravzai rizvon edi.
Tashbehi kinoya. Bayt misrasida faqatgina mushabbehunbihning keltirilishi. (qisqartirilgan tashbeh.)
La’lig’a boqsam bilurkim ko’nglim ul yon tortadur.
Yuz ila o’lturg’ali aytur: “Seni qon tortadur”.
Tashbehi mashrut. Shartli o’xshatish. Bir narsaning ikkinchi narsaga o’xshashi ma’lum bir shartga bog’iq bo’ladi.
Kimning qiymati bo’lmasa u o’lik,
Ekabun ajunda bu bo’lmas uluk
(kimning himmati bo’lmasa u o’lik
Ikkala dunyoda ham u babahra bo’ladi)
Tashbehi tafzil. Chekinish yo’li bilan o’xshatish. Shoir baytda bir nmarsani ikkinchi narsaga o’xshatib yana undan qaytgandek bo’lib, undan ham kuchliroq kuchaytirishini – o’xshatishini keltiradi.
Ziynat aro ravzai ravzandir ul
Ravzani qo’y mulki Xurosondir ul.
Tashbehi aks. Shoir birinchi misrada bir narsani ikkinchi narsaga o’xshatadi. Ikkinchi misrada esa ikkinchi narsani birinchinarsaga o’xshatib keladi.
Bo’dum edi o’qdek ko’nglim erdi yay
Ko’ngil qilg’u o’qdek bo’dum bo’ldi ya.
(yigitlikda qaddim o’qdek to’g’ri, ko’nglik yoydek edi.
Qarilikda ko’nglik o’qdek, qaddim esa yoy bo’ldi)
Tashbehi mizmar(tashbehi izmor) Yashirin o’xshatish degani. Baytda o’xshatish sababi – vajhi shabboh va gram. Ko’rsatgich odati tashbeh bo’lmaydi. Faqatgina mushabbih, mushabbehunbihlarning o’zi bo’ladi xolos. Lekin bunday o’xshatishni ichki aloqadorligini she’rxonning o’zi kashf qilishi kerak.
Jahon shoirlari, ey gulshani bog’
Kimi bulbuldurur so’zda kimi zoh. (S.Saroyi)
Bunda shoir (S.Saroyi) shoirlarni bog’ga o’xshatyapti. Va bu bog’da zo’r shoirlar ham bor – bulbullar, davogar shoirlar – zog’lar ham bor/