Bahodir Sodiqov


Davron Rajab (Radjapov Davronbek Djabbarovich)



Yüklə 29,32 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü29,32 Kb.
#163664
1   2   3   4
Bahodir Sodiqov 80

Davron Rajab (Radjapov Davronbek Djabbarovich) 1967-yilda Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1984-yilda bezakchi rassom sifatida boshlagan. Shu yillar ichida viloyat markaziy kutubxonasida bezakchi rassom, “Badiiy dizayn” to‘garagi rahbari va tasviriy san’at o‘qituvchisi va respublika gazetalarida muxbir lavozimlarida ishlagan. 1982-83-yillarda Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtida va (2001-2003) O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan joriy etilgan Oliy Adabiyot kursida tahsil olgan. “Bir tomchi yulduz” Urganch: “Xorazm”,1995. ilk to‘plami nashr etilgan. Uning she’rlari va adabiy maqolalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Mohiyat”, “Turkiston”, “Jamiyat”, “Huquq” , “Ma’rifat”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik”, “Zvezda vostoka”, “Yosh kuch” gazeta va jurnallarida muntazam chop etilib turadi. Turkum she’rlari “Uch tomir”. Nukus. “Qoraqalpog‘iston”, 1990; Toshkent.: “Vatanim deb seni uyg‘ondim”, 2003; “O‘zbek modern she’riyati”. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2003; “Osiyo ovozi”.Toshkent.Yangi asr avlodi (ing.til.2004); 2001, Yoshlar ovozi. Toshkent. “Sharq”, 2008 (hikoyalar); “Anor-Granat”. Moskva. Novaya Yunost, 2009(rus va o‘zbek tilida); Shuningdek hind tilida chop etilgan kollektiv bayozlarga kiritilgan. Grafik-rassom sifatida Xosiyat Rustamovaning “Rido”, “Devor”, Tursun Alining “Oy yaprog‘i”, O‘ktamoyning “Oqayotgan ko‘ngil”, Usmon Azimning “Fonus” kitoblarini, shuningdek, ko‘plab nasr va nazmda chop etilgan atoqli o‘zbek shoir va adiblarining kitoblarini bezagan. 2008-yildan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi.
O‘roz Haydar ToshDU (hozirgi O‘zMU)ni bitirgan. Taniqli ijodkorning “Quyosh o‘tovi”, “Ruhafzo”, “Kechikkan fasl” (saylanma), “Falak favvorasi”, “101 sonet”, “Vaqt iztirobi” singari o‘ndan ortiq she’riy va nasriy asarlari chop etilgan. She’rlari ingliz, nemis, rus, assam, tojik, qozoq, turk tillariga tarjima qilingan. Hindistonda nashrdan chiqqan “O’zbek she’riyati antologiyasi”da bir turkum she’rlari o‘rin olgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari vazifasida ishlamoqda.
Yüklə 29,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin