Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. Ko’chmas mulk obyektlarining belgilari



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/33
tarix11.03.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#87346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Мелиқўзиев Қахрамон ББИ-80 БМИ

1-rasm. Ko’chmas mulk obyektlarining belgilari
7
Ko’chmas mulkning birinchi xossasi – aniq bir ko’chmas mulk obyektining
yer yuzasiga bog’liqligi, uning koordinatalar sistemasiga nisbatan geotsentrik
joylashgan, harakatsiz, muallaq mavjud bo’lishi hisoblanadi.
8
Ko’chmas mulkdan uzoq muddat davomida foydalaniladi. Bu vaqt
mobaynida ko’chmas mulk o’zgarib turadi va uni foydalana oladigan darajada
ushlab turish muhim hisoblanadi. Bino va inshootlar, ko’chmas mulklar
ta’mirlanish va texnik xizmat ko’rsatilishiga muhtoj bo’ladi. Bu ko’chmas mulk
obyektlarini boshlang’ich holatda ushlab turishga sabab bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan
yer uchastkalarining mahsuldorligi kamayib, yerning sifati pasayadi. Yer
7
M.Ikramov, M.Miraxmedov, V.Yodgorov, D.Mirdjalilova. “Ko’chmas mulk iqtisodiyoti”. Darslik. Toshkent.
2018 yil. 186-bet.
8
Nicolas Borzykowski, Andrea Baranzin, David Maradan. Scope Effects in Contingent Valuation: Does the
Assumed Statistical Distribution of WTPnMatter? Ecological Economics Manufacturing. Volume 144, 2018 pages
319–329 // https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2341874914201848
KO’CHMAS MULK OBYEKTLARI
Asosiy belgilari
Funksional belgilari
Xususiy belgilari
Yer yuzasiga bog’liqlik
Kenglikda harakatlana
olmaslik
Moddiylik
Statsionarlik
(qo’zg’almaslik)
Natural-
jism shakli
Qiymat shakli
Umrboqiylik
Ishlab chiqarish
obyektlari
Noishlab chiqarish
obyektlari
Tovar ishlab chiqarish va
xizmat ko’rsatishda
qatnashish
Insonlar yashashi va
xizmat ko’rsatish учун
sharoit yaratadi
Xilma-xillik
O’ziga xos noyoblik
Takrorlanmaslik
Ko’chmas mulk
ob’yektlariga qarab aniq
ko’rsaikichlar orqali
aniqlanadi


11
uchastkalarida ratsional aggrotexnik tadbirlarni o’tkazish orqali yerning
mahsuldorligi va sifatini oshirish mumkin. Ko’chmas mulkning ikkinchi muhim
xususiyati, xossasi - ko’chmas mulkdan iste’molning maxsusligidir. Ko’chmas
mulkni “iste’mol” qilib bo’lmaydi, undan foydalaniladi. Biron-bir ko’chmas mulk
obyektidan foydalanish uchun unga egalik qilish zarur. Ko’chmas mulkning egasi
aniq bo’lishi va u shu ko’chmas mulkdan foydalanish huquqiga ega bo’lishi kerak.
Shunday qilib, ko’chmas mulk hammaning kuchi, imkoni etadigan, jamiyat
manfaatlari uchun yaratilgan emas. Ko’chmas mulk obyektini cho’ntakda ko’tarib
yurib bo’lmagani uchun ham uning egasi ko’chmas mulkning o’ziga emas, balki
undan foydalanish huquqiga egalik qiladi. Bunday huquq bir tomondan obyektning
o’zi kabi boshqalar egaligidan himoyalansa, ikkinchi tomondan egalik huquq
taqsimlanishi ham mumkin. Ko’chmas mulk egasi egalik huquqini boshqalar bilan
bo’lishishi mumkin. Bu holatda u obyektga egalik qilib qolaveradi va istagan
vaqtida boshqalarga berilgan huquqini qaytarib olishi mumkin. Ko’chmas mulk
obyektiga egalik huquqi o’z ichiga shu obyektdan foydalanish huquqi va uni
boshqarish huquqini oladi. Ko’chmas mulkining yana bir o’ziga xos xususiyati
unga egalik qilish huquqining nisbiyligidadir. Bu huquq davlat tomonidan nazorat
qilinadi va uning hajmi davlatlar olib borayotgan siyosat, vaqtga bog’liq bo’ladi.
Egalik huquqi vaqt o’tishi bilan chegaralanishi ham mumkin. Bunday cheklashlar
servitut deb ataladi. Masalan, yer uchastkasi jamoat joylariga borish yo’lini
to’sayotgan bo’lsa, jamoat joyiga etib olish uchun shu uchastkadan odamlarni
o’tkazib yuborish kerakligi servitutga misol bo’la oladi. Ko’chmas mulkka bo’lgan
mulk huquqi tushunchasi ko’chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish bilan bog’liq barcha huquqlar, manfaatlar va imtiyozlarni o’z ichiga
oladi. Ko’chmas mulkka bo’lgan mulk huquqi odatda, fizik obyekt sifatidagi
ko’chmas mulkning o’zidan farqli o’laroq, egalik qilishning qandaydir belgisi bilan
ifodalanadi. Shunday qilib, ko’chmas mulkka bo’lgan mulk huquqi nomoddiy
tushunchalar jumlasiga kiradi.
9
9
O’zbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (1-son MBMS) “Baholashning umumiy tushuncha va
printsiplari”


12

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin