17
Umuman olganda, omil va voqelikning davriy muddatda bir-birini keltirib
chiqarish xususiyati mavjud bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytilsa, omillar
kopleks ravishda bir-biri bilan bog’liqlikda namoyon bo’ladi va obyektlarga ta'sir
ko’rsatadi, natijada ma'lum bir oqibat rivojlanishini shakllantiradi. O’z navbatida,
bunday oqibat ma'lum bir vaqtdan so’ng namoyon bo’lgan omillarga ta'sir
ko’rsatuvchi keyingi omillar kompleksi bo’lib shakllanadi.
Omillarni bilish, ularni voqeliklarga ta'sirini tanlangan ko’rsatkichlar orqali
baholashni amalga oshira olish, bunday ko’rsatkichlar darajasiga (miqdoriga)
omillar va voqeliklarni bog’liqlikda boshqarish orqali ta'sir ko’rsatish va shu
yo’sinda tegishli qaror qabul qilish mexanizmini topish imkonini beradi. Aytish
mumkinki, omillar - bu tanlab olingan ko’rsatkichlarga ta'sir etuvchi sababiy
unsurlar. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy omillarni, iqtisodiy kategoriya singari, aks
etuvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar obyektiv xarakterga ega. Shu o’rinda, ko’rib
chiqilayotgan “ko’rsatkich” va “omil” tushunchalarining farqi shartlidir, chunki har
bir ko’rsatkich boshqa bir undan yuqori darajadagi (unga bog’liq bo’lgan)
ko’rsatkichning omili sifatida ko’rilishi mumkin yoki aksincha (4-rasm).
Dostları ilə paylaş: