21
barqarorligi, geografik va iqtisodiy erkinligi, hududiy taqsimlanishi hududlar va
iqtisodiyot tarmoqlari hamda ichki bozorlarning barqarorligi va bir-biri bilan
bog’liqligi moliya va kredit tizimining, mulk va xizmat turlari bo’yicha ichki
bozorlarning rivojlanganligi, barqarorligi va raqobatbardoshligi iqtisodiyot
tarmoqlari va tadbirkorlik sub'yektlarining ekologik madaniyati, innovatsionlik
darajasi; raqobat turi va usullari, iqtisodiy harajatlar va h.k.
- Ichki nano omillar – inson va oila jipsligi (birdamligi), totuvligi,
madaniyati, qadr-qimmati, urf-odatlari, mentaliteti va haq-huquqlari, uning
iqtisodiy va siyosiy faolligi insonlarning o’rtacha yoshi, turmush, bilim va
daromadlari darajasi hamda uy xo’jaliklarining rivojlanganligi uy xo’jaliklari
kapitali, mol-mulki, daromadi, uy-joy bilan ta'minlanganligi darajasi va h.k.
Sub'yektiv omillar shaxslar faoliyati bilan bog’liq ravishda namoyon bo’ladi.
Alohida xo’jalik sub'yekti doirasidagi omillarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
menedjment,
kompaniya
traditsiyalari,
bozor
segmentiga
orientatsiyalanishi, korporativ, iqtisodiy, moliyaviy, ishlab chiqarish, mehnat va
ijtimoiy himoya siyosatlari, psixologik muhit va h.k. Bularning barchasida
xizmatchi va ishchilar, hamda shaxs omili katta ahamiyatga ega.
Xulosa qilganda, ko’chmas mulk sifatida uy-joylar qiymatini baholashda
qo’llaniladigan ko’rsatkichlar va unga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p. Bu oimllar
albatta, uy-joylar va boshqar ko’chmas mulk qiymatini baholashda ta’sir etish
xususiyatiga ega.
Dostları ilə paylaş: