40
Loyiha samaradorligini ifodalovchi sof joriy qiymatni aniqlash formulasiga
asosan, risk uchun mukofot loyihani amalga oshirish
yillari davomida ortib
boradi, chunki loyiha bo’yicha kelib tushadigan pul oqimlari uzoq yillar
davomida yig’ilib borishi yuqori risklar bilan bog’liq (qancha loyihaning
muddati uzoq, pul mablag’lari ko’p bo’lsa, shuncha u yuqori riskli hisoblanadi).
Analogiya (o’xshatishlar) usulining
mohiyati shundan iboratki, mumkin
bo’lgan yo’qotishlarni hisob-kitob qilish maqsadida firma amalga oshirayotgan
loyihaga o’xshash bo’lgan, oldin amalga oshirilgan loyihaga tegishli bo’lgan
barcha ma’lumotlarni tahlil qiladi va o’xshash joylaridan foydalanadi.
O’xshatishlar usulidan tez-tez qaytarib turiluvchi loyihalarni amalga oshirishda
ularning risklarini baholash maqsadida foydalaniladi, ya’ni bu usuldan ko’proq
qurilishda foydalaniladi. Agar qurilish firmasi
yakuniga etgan loyihaga
o’xshagan yana boshqa loyihani amalga oshirishni mo’ljallasa, loyihaga ta’sir
etuvchi risklar darajasini mavjud statistik ma’lumotlar asosida aniqlashi
mumkin. Shu maqsadda mumkin bo’lgan yo’qotishning eng ko’p va eng kam
chegarasi bilan belgilangan risk doirasini aniqlash mumkin.
Hozirgi vaqtda amaliyotda loyiha risklarini tahlil
qilishning bir qancha
usullari va yo’nalishlari mavjud bo’lib, ulardan asosiy usullarining biri
sifatida ekspert baholash usulini keltirib o’tamiz.
Ekspert baholash usulining asosiy afzallik tomoni shundaki, loyiha tahlili
jarayonida hamda turli sifat omillari ta’sirini hisob-kitob qilishda ekspertlar
tajribasidan foydalaniladi. Loyiha risklarini
ekspert baholash algoritmi
(tartibi) esa quyidagilarni qamrab oladi:
- loyiha hayotiyligi bosqichlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan risklar
tarkibini ishlab chiqish;
- risklarni muhimlik darajasi bo’yicha himoyalash. Bu maqsadda
risklarning ehtimolligi, ushbu riskning xavflilik darajasi ekspert yo’li
bilan
aniqlanadi.
Ekspert baholash jarayoni rasman quyidagicha amalga oshiriladi: loyiha
(firma) rahbarlari savol tariqasida baholash mezonlarining ro’yxatini ishlab
41
chiqadilar. Har bir mezon (kriteriya) uchun mos tarzda muhim bo’lgan
koeffitsient belgilanadi, bu koeffitsient ekspertlarga aytilmaydi. So’ngra har
bir mezon bo’yicha javoblar variantlari tuziladi, variantlardan eng muhimlari
qaysiligi yana ekspertlarga bildirilmaydi. Ekspertlar
baholanayotgan loyiha
to’g’risida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishlari lozim hamda loyihani
ekspertiza qila turib, qo’yilgan
savollarni tahlil qilishlari, shuningdek, javob
variantlaridan birini tanlashlari lozim. Ekspertlar tomonidan to’ldirilgan savol
varaqlari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tuzilgan
kompyuter dasturlari
orqali tekshirib chiqiladi hamda olib borilgan ekspertizaning javoblari
chiqariladi. Bu usulning kamchiligi shundaki,
ekspert loyihani shaxsiy
tajribasidan kelib chiqib baholaydi.
Tadqiqot jarayonimizda “ZIYO” kichik korxonasi misolida risklarning
foydaga ta’siri tahlili o’tkazildi.
Dostları ilə paylaş: