42
korxonasida yalpi foyda, mahsulotlarni sotishdan olingan foyda, asosiy
faoliyatning foydasi va sof foydaning miqdorlari o’sish tendentsiyasiga ega
bo’lgan. Mazkur o’sish mahsulotlarni sotishdan olingan tushum miqdorini ushbu
davr mobaynida o’sganligi va mahsulotlar tannarxining
tushum hajmidagi
salmog’ining pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganligi bilan izohlanadi. Ushbu
ko’rsatkich 2010 yilda 47,2 foizni tashkil qilgan holda, 2012 yilda esa, 42,6
foizni tashkil etdi.
Yuqorida qayd etilgan holatlar “ZIYo” kichik korxonasi faoliyatidagi
tovarlarni sotish jarayonidagi risklar va ayniqsa operatsion riskning foydaga
ta’siri past darajada ekanligidan dalolat beradi
va risklarni boshqarish
samaradorligi nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
4-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2013, 2014 yillarda “ZIYo” kichik
korxonasining mahsulotlarni sotishdan olingan foydasini oldingi yillarga
nisbatan keskin sur’atlarda pasayishi kuzatildi. Bu esa, o’z navbatida, asosiy
faoliyatdan olingan foydaning va joriy yilning sof foydasini pasayishiga sabab
bo’ldi. 2014 yilda korxonaning mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydasi atigi
16,6 mln. so’mni tashkil qilgani holda, u faoliyatini 4,2 mln. so’m miqdoridagi
zarar bilan yakunladi.
Ushbu muammoning yuzaga kelishining asosiy
sababi sifatida riskning
foydaga ta’siri darajasini tahlil qilingan davr mobaynida tovarlarni sotish
jarayonidagi risklar va operatsion riskning foydaga ta’sir darajasi yuqori
bo’lganligi bilan belgilanadi. 2014 yilda “ZIYO” kichik korxonasining
baholarning tebranishi natijasida yo’qotish summasi 10,1 mln. so’mni tashkil
qilgani holda, boshqa operatsion xarajatlar miqdori 7,9 mln. so’mni tashkil etdi.
Ushbu ikki turdagi xarajatlarning miqdori 2014 yilda 2013 yilga nisbatan 7,1
foizga ko’p demakdir.
2014 yilda “ZIYO” kichik korxonasi faoliyatini zarar bilan yakunlagan
bo’lsada, 4,9 mln. so’m miqdorida soliq to’lagan.
Buning sababi shundaki,
yagona soliq to’lovida soliq oborotdan to’lanadi. Shu sababli, korxona foyda
olishi yoki olmasligidan qat’iy nazar hisoblangan soliqni to’lashi zarur.
43
Shuningdek, 4-jadval ma’lumotlaridan “ZIYO” kichik korxonasi 2014 yilda
ishlab chiqarish riskining foydaga ta’sir darajasining yuqori bo’lganligi
kuzatildi. 2014 yilda korxona mahsulotlarini sotishdan olingan tushumga
nisbatan mahsulot tannarxining ulushi 72,4 foizni tashkil qildi. Holbuki, ushbu
ko’rsatkichning 2013 yildagi darajasi 57,5 foizni tashkil qilgan edi. Tannarxning
tushumga nisbatan keskin oshib ketishi mahsulotlarni sotishdan olingan tushum
summasining 2014 yilda 2008 yilga nisbatan sezilarli darajada pasayib
ketganligi bilan izohlanadi. Mazkur davrda tushum
miqdorining pasayishi
sur’ati 39,4 foizni tashkil qildi.
Turli risklarning korxonalar foydasi miqdoriga qanday ta’sir ko’rsatishini
aniqlash muhim vazifalardandir. Shu sababdan risk darajasini miqdoriy aniqlash
asosiy e’tiborni tortadi. Shunday risklar ham borki, ular ta’siri va keltiradigan
zararini miqdoriy aniqlash qiyin kechadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, risklar
miqdorini aniqlash va baholash g’oyat zarur bo’lib, o’ziga xos yondashuvlarni
talab etadi.
Risk darajasini aniqlash uchun, eng avvalo, muayyan risk ta’siri oqibatida
aniq iqtisodiy ko’rsatkichning o’zgarishi tezligi va chegarasini aniqlash lozim
bo’ladi. Bunday ko’rinishdagi tahlil ishlarini
olib borish riskning mumkin
bo’lgan chegarasini va funktsional bog’liqligini o’rnatishga olib keladi:
R =
f
(x
i
)
34
Bunda R – risk miqdori; x
i
– riskning
i
omil;
i
– 1, 2, ...,
n
.
Korxonada yuzaga keladigan risklarning iqtisodiy zararini aniqlashda
foydaning o’zgarishi va uni yaratishda ishtirok etuvchi korxona kapitalini
hisobga olgan holda mumkin bo’lgan yo’qotishlarning maksimal chegarasini
quyidagi formula orqali aniqlash o’rinlidir:
R
cheg
= N
foyda
x K (6)
Bunda R
cheg
– riskning chegaraviy hisob bahosi (yillik), so’mda; N
foyda
–
foydaning o’rtacha yillik me’yori koeffitsienti; K – korxona kapitalining
o’rtacha yillik miqdori, so’mda. Agar nazarda tutilayotgan riskning hisob bahosi
34
Стратегический менежмент / под ред. A.Н. Петрова. – Спб.: “Питер”, 2008. – Стр. 383.
44
chegaraviy qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda yo’qotishlar
xavfi mumkin
bo’lgan yo’qotishlardan ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham riskning hisob bahosi
korxona rahbarlariga yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulay oqibatlarni
hisobga olgan holda muayyan faoliyat turini amalga oshirishi bo’yicha aniq
qaror qabul qilishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, loyiha risklarini aniqlash, tahlil qilish, baholash va
pasaytirish tadbirlarida risklarni boshqarish tizimi qonuniyati sifatida quyidagi
masalalarga e’tibor qaratiladi:
loyiha risklarining tasnifi; loyiha risklarini
aniqlash va baholash usullari; loyiha risklarini boshqarishning axborot ta’minoti;
risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash; risklarning oldini olish; risklarni
kamaytirish texnologiyalari; risklarni boshqarishni tashkil etish; risklarni
taqsimlash; risklarni sug’urtalash; risklarni boshqarish xarajatlarining optimal
darajasini asoslash
va samaradorlikni baholash; risklarni moliyalashtirish;
natijalarni o’rganish va monitoring olib borish; monitoring ma’lumotlari asosida
risklarni boshqarishda qo’shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish.
Xulosa qilib aytganda, risklar barcha investitsiya loyihalari uchun xos
hisoblanadi. Riskni bartaraf etish uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash,
daromad va yo’qotishlar, samaradorlikning pasayishi kabi holatlar bo’yicha
risklar tahlilini olib borish orqali zaruriy choralar ko’rish bilan amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: