Baholash ishi va investitsiyalar



Yüklə 472,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix21.12.2023
ölçüsü472,51 Kb.
#187590
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash

XULOSA
 
Investitsiya loyihalari risklarini boshqarish va baholash yuzasidan olib 
borilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarni olish mumkin: 
– investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish, ular miqdorining 
o’sib borishi har bir mamlakat ihtisodiyoti uchun, qolaversa, jahon iqtisodiyoti 
uchun ham katta ahamiyatga ega. Loyihalarni amalga oshirishga jalb etiladigan 
investitsiyalar samaradorligini ta’minlashda eng asosiy va bosh omil loyihaning 
sifatli, putxa, haqqoniy ishlab chiqilganligi, to’g’ri, aniq va chuqur o’rganib 
chiqilganligi hamda tahlil etilganligidir. Bunda loyiha risklarni baholash va 
ularni pasaytirish yo’llari yoki boshqarish vositalarining ishlab chiqilganligi ham 
muhim ahamiyatga ega; 
– loyiha riski – bu investitsiya loyihasini amalga oshirishga halaqit 
beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig’indisidir. 
Kutilishi mumkin bo’lgan xatar – bu investitsiyadan mo’ljallangan foydani 
olishga bo’lgan noumidsizlikdir. Shuningdek, investor tomonidan qo’yilgan pul 
mablag’larini yo’qotish ehtimolidir; 
– loyiha risklarining bir necha turlari mavjud. Ularning hech birini ta’siri 
jihatidan ahamiyatsiz va xavfsiz, deb bo’lmaydi. Loyiha risklari kichik bir 
texnologik yoki shu kabi mikrodarajadagi jarayondan tortib, to mamlakat, hatto, 
xalqaro miqyosdagi turli holatlar va hodisalarning o’zgarishiga bog’liq holda 
kelib chiqishi mumkin; 
– investitsiya risklarini analitik va sintetik usullarda tahlil qilish loyiha 
risklarini samarli boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya 
risklarini analitik tahlil qilish usuli loyihalardagi ko’rsatkichlarni sodda 
geometrik obrazlarga (nuqtalar, to’g’ri chiziqlar, tekisliklar, ikkinchi tartibli egri 
chiziqlar) aoslangan koordinatalar usuli asosida algebraik vositalar asosida 
o’rganiladi; 
– analitik fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo’laklarga bo’lish, 
sintez esa mazkur bo’laklarni fikran yoki amalda bir butun qilib birlashtirish, 


52 
narsani yaxlit holda tadqiq etishdir. Investitsiya risklarini analitik usul bilan 
baholashda risklarni baholash usullarini tarkibiy qismlarga ajratiladi. Lekin 
ushbu usul yordamidagina ularni to’la bilish mumkin emas, binobarin uni sintez 
bilan to’ldirish zarur. Sintetik usul analitik usul natijalariga tayangan holda 
baholash usullarini bir butun qilib birlashtiradi;
– investitsiya risklarini baholashning analitik va sintetik usullari o’zaro 
bog’liq bo’lib, analitik usulsiz, faqat sintetik usul bilan investitsiya risklarini 
yaxlit tahlil qilish imkonini bermaydi. Ayni vaqtda sintez vositasida 
yakunlanmagan analiz ham etarli emas;
– investitsiya risklarini sintetik usulda baholashning mohiyati shundaki, 
sintez oddiyroq usullardan murakkab usullarga qarab borishni, tahlil qilishni 
anglatadi; 
– investitsiya risklarini analitik va sintetik usullari, o’z tarkibiga, loyiha 
sezgirligi usuli, zararsizlik nuqtasi usuli, “Monte-karlo” usuli, stsenariylar usuli, 
“Qarorlar daraxti” usuli kabilarni qamrab oladi. Biroq tahlil ishlarida bu usullar 
bir-birini to’ldiruvchi vazifasini o’taydi va tahlil uslubiyoti jihatidan bir-biridan 
farqlanadi;
– investitsiya loyihalarini amalga oshirish o’ziga xos bilim va malakani 
talab etar ekan, o’z navbatida, loyihaga doir risklardan va ularga tegishli barcha 
ma’lumotlardan xabardor bo’lish loyihaning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir etadi. 
Bu kabi ma’lumotlarga ega bo’lmaslik esa turli salbiy oqibatlarga, hatto loyihani 
barbod bo’lishiga olib kelishi mumkin. Investitsion loyihalardagi risklarning 
mazmun va mohiyati, uning turlarini bilgan holda, undan kutiladigan 
yo’qotishlarni kamaytrish chora-tadbirlarini qo’llash va shu yo’l bilan riskning 
loyiha samaradorligiga ko’rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish mumkin; 
– investitsiya loyihasini amalga oshirishda ma’lum darajada yo’qotishlar 
mavjud. Bu yo’qotishlar quyidagi holatlarga bog’liq bo’ladi: javobgarlikni xis 
qilmaslik, tartibsizlik, nopoklik; investitsiya faoliyatini yuritishda etarli darajada 
bilim va malakaga ega bo’lmaslik; bozor kon’yunkturasining o’zgarishi; 


53 
kutilmagan darajada soliq og’irligining oshishi; to’lov qobiliyatining pasayishi 
va g’irrom raqobatning amalga oshishi ham sabab bo’ladi; 
– investitsiya faoliyati riskining oldini olish uchun doimiy ravishda 
o’zining ishlab chiqarish yoki aholiga xizmat ko’rsatish jarayonlariga 
investitsiya mablag’larini jalb etish asosida ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatishning innovatsion yo’nalishlari talab va taklif asosida takomillashtirib 
borilishi zarur; 
– risklarni kamaytirishning asosiy yo’llari quyidagilardan iborat: xo’jalik 
faoliyati bo’yicha ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash zarur; moliyaviy 
xarajatlarni me’yorlashtirish; risklarni sug’urtalash; kapital qo’yilmalarini 
diversifikatsiyalash va faoliyat turini kengaytirish; risklarni iqtisodiy va huquqiy 
boshqarishning samarali tizimini yaratish va boshqalar. 
Investitsiya 
loyihalarida 
risklarni 
baholash 
va 
boshqarishni 
takomillashtirishda quyidagi taklif va tavsiyalardan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir: 
1.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qabul qilishdan avval 
baholash jarayonida loyihaga ta’sir ko’rsatuvchi turli xil bozorlarga xos 
omillarni analitik va sintetik usullar asosida mukammal darajada o’rganish va 
tadqiq qilishga e’tiborni kuchaytirish va uni takomillashtirib borish lozim. 
2.
Analitik va sintetik usullar asosida loyiha tahlilida sotish riski, 
marketing riski, tovar bahosining o’zgarish riski kabilarga alohida yondashuv 
amalga oshirilishi lozim. 
3.
Loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya loyihalarini 
ekspertizadan o’tkazish va moliyalashni tashkil etish bo’yicha tijorat 
banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash maqsadga muvofiqdir. 
Jumladan:
-
loyiha risklarini pasaytirish maqsadida investitsiya loyihalarini 
ekspertizadan o’tkazish jarayonini kuchaytirish, ya’ni loyihalarning moliyaviy, 
iqtisodiy, samaradorligini aniqlash, ekologik va ijtimoiy tahlil qilish, ekspertiza 
o’tkazuvchi muassasalar mas’uliyatini kuchaytirish; 


54 
-
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish bo’yicha tijorat 
banklarining maxsus xizmatlarini mustahkamlash, xususan, bu borada jahon 
tajribasidan unumli foydalanish, maxsus xizmatlarni tashkil etish uchun 
malakali kadrlar bilan ta’minlash va boshq.; 
-
loyiha 
risklarini 
pasaytirish 
maqsadida 
investitsiya 
loyihalari 
ekspertizasi bilan bog’liq qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada 
takomillashtirish va mustahkamlash, yangi qonunlar qabul qilish, tegishli qonun 
hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish.
4. Analitik va sintetik usullar tahlilida qo’llaniladigan hisoblash usullarida 
inflyatsiya darajasi, soliq va majburiy to’lovlar miqdorining o’zgarishi, valyuta 
kursi o’zgarishi, mahsulot bahosining o’zgarishi kabi omillar e’tiborga olinishi 
lozim. Buning natijasida mumkin bo’lgan yo’qotishlar bahosini aniqlash, 
mumkin bo’lgan yo’qotishlar variantlarini solishtirish va baholash, mumkin 
bo’lgan yo’qotishlarni bartaraf etish bo’yicha korxona imkoniyatlarini baholash, 
mumkin bo’lgan yo’qotishlar bahosini korxona resurslari va imkoniyatlari bilan 
hamda qabul qilinadigan qarorlar natijalari bilan qiyoslash imkonini beradi.
5. Investitsiya risklarni sug’urtalash amaliyotini takomillashtirish 
maqsadida loyiha tashabbuskorlari riskini sug’urtalovchi davlat sug’urta 
kompaniyalarining ustav kapitalini davlat mablag’lari hisobidan oshirish va 
ushbu mablag’larni sug’urta qoplash summalari sifatida maqsadli ishlatilishini 
ta’minlash zarur. 


55 

Yüklə 472,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin