49
Ehtimoliy yo’qotishlarni aniqlashning o’zi risklarni baholashda muhim
axamiyat kasb etadi.
Tahlilning ikkinchi bosqichida risklarning vujudga kelish imkoniyati yoki
ularning qaytarilishi ehtimoli ikkinchi darajali masala bo’lib, birinchi o’ringa
yo’qotishlar bahosini yoki ularning salmog’ini aniqlash chiqadi.
Risklarning
vujudga kelishi yoki ularning qaytarilishi ehtimoli, risklarnining o’ziga korxona
tomonidan qanday munosabat bildirishi usullarini tanlashda muxim ahamiyat
kasb etadi. Yo’qotishlarning ehtimoli vujudga kelganda korxona rahbari o’zi
uchun ularning salmog’ini aniqlashi lozim. Albatta, “katta” va “kichik”
yo’qotishlar salmog’i tijorat operatsiyalarning xajmi va kutilayotgan foyda bilan
bog’liq bo’ladi. Ehtimoliy yo’qotishlarning erkin aktivlarga bo’lgan munosabati
mazkur holatda muhim me’yor bo’lib xizmat qilishi mumkin. Uni “risk bahosi”
deb ham nomlasa bo’ladi. Ko’pincha risk bahosi (ehtimoliy yo’qotishlarning
summasi) o’z-o’zidan amalda kam yuzaga keladi. Biroq riskning maksimal
bahosi aniqlanmaguncha mazkur risk shakllanayotgan foyda va aktivlarni jiddiy
kamaytira olishi to’g’risida aniq javob berish qiyin bo’ladi.
Undan samarali foydalanish esa quyidagilarga imkon beradi: mumkin
bo’lgan yo’qotishlar (risk) bahosini aniqlash; mumkin bo’lgan yo’qotishlar
variantlarini
solishtirish va baholash; mumkin bo’lgan yo’qotishlarni bartaraf
etish bo’yicha korxona imkoniyatlarini baholash; mumkin bo’lgan yo’qotishlar
bahosini korxona resurslari va imkoniyatlari bilan hamda qabul qilinadigan
qarorlar natijalari bilan qiyoslash.
Mazkur chora-tadbirlarni amaliyotga samarali joriy etilishi investitsiya
loyihalarida yuzaga keluvchi risklarni kompleks
baholashga yondashuvlarni
tizimlashtirish va ularni samarali boshqarish hamda pasaytirish bo’yicha ilmiy
asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradi.
Investitsiya loyihalari samaradorligiga ta’sir etuvchi risklarni baholash va
hisoblash muammosi alohida mustaqil ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etib,
boshqaruvchilarning nazariy va amaliy bilimlarining yondashuvlarini talab etadi.
Riskni baholash o’zida maxsus iqtisodiy, xo’jalik faoliyatini tahlil qilish uchun
50
chuqur bilimni, analitik yondashuv va boshqalarni talab qiladi. Korxona
menejerining bu sohadagi asosiy vazifasi xavf-xatarning
oldini olish uchun
shunday faoliyat variantini tanlay ola bilishi kerakki, u eng katta optimal foyda
keltirsin. Agar xavf-xatar oldini olishning ilojisi bo’lmasa, uning natijasida
paydo bo’ladigan asoratlarni kamaytirish yo’llarini topa olishi kerak.
Umuman olganda, investitsiya loyihalari samaradorligiga ta’sir etadigan
har qanday risklar, foydani oshishiga, pasayishiga yoki yo’qotilishiga olib
keladi. Shuning uchun ham riskni baholash va
uning salbiy oqibatlarini
kamaytirish bo’yicha qilinadigan harajatlar har doim o’zini oqlaydi.
Investitsiya loyihalarida qo’shimcha harajatlar yoki daromadlarning
pasayishi bilan bog’liq bo’lgan zararlar darajasini aniqlashda ko’proq noma’lum
bo’lgan omillarni tahmin qilgan holda aniqlash kerak. Shuning uchun risklarni
baholashda menejerlarning tayyorgarlik darajasi, tajribasi va intellektual
salohiyati g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, investitsiya loyihalariga ta’sir
etuvchi risklarni
samarali boshqarish uchun uni kompleks baholashning quyidagi texnologiyasiga
amal qilish maqsadga muvofiqdir: risk darajasini tavsiflovchi ma’lumotlarni
olish va tahlil qilish; aniqlangan risklarni tasniflash va identifikatsiyalash;
risklarni sifat jihatdan baholash; risklarni miqdor jihatdan baholash;
taxminiy
qarorlar qabul qilish; salbiy omillarni tahlil qilish; risk darajasini kamaytirish
yoki riskdan ogohlantirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish;
keltirilgan zararni
qoplashning maksimal imkoniyatlari bo’yicha qarorlar qabul qilish; yakuniy
qarorlar qabul qilish.
Bunda risklarni baholash risklarni tahlil qilishning barcha jarayonlarini,
riskni paydo bo’lish manbalarini identifikatsiyalashni,
risk omillarining paydo
bo’lish manbalari va oqibatlari ko’lamini aniqlash va har birining roliga baho
berish lozim.