Baholash nazariyasi asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulotlar 1-amaliy mashg‘ulot mavzusi



Yüklə 15,07 Kb.
tarix13.12.2022
ölçüsü15,07 Kb.
#74516
1-amaliy baholash


Baholash nazariyasi asoslari” fanidan
AMALIY MASHG‘ULOTLAR


1-amaliy mashg‘ulot
Mashg‘ulot mavzusi: Baholash nazariyasi asoslari faninging maqsadi va vazifalari
Mashg‘ulot shakli: og‘zaki va yozma
Mashg‘ulotni topshirish muddati: taqvim rejaga muvofiq
Baholash maqsadi: rivojlantirish, xatolarni to‘g‘rilash
Fakultet: O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish
Mas’ul o‘qituvchi: Abdiraimov Sh.
Bog‘lanish: t.g. @ShohruxAbdurahim tel: 99835-41-82


Izoh: o‘z ustingizda ishlang, ENG QIMMAT narsa VAQT.


SAVOLLAR
I. Sizga baholash nazariyasi asoslari fani nega kerak? Fikringizni misollar orqali izohlang.
Baholash har bir narsa uchun kerak. Bo’lajak pedagok sifatida biz ushbu fanni va baholash mezonlarini bilishimiz va uni amalda qo’llay olishimiz muhim masala hisoblanadi. O’quvchi bilimini va darajasini baholay olmaslik yaxshi natija bermaydi.
II. Baholash nazariyasi asoslari fani qachondan fan sifatida rivojlana boshlagan?
XX asr boshlarida
III. Baholash tushunchasining istilohiy ma’nosini tushuntiring. Baholashning maqsadini misollar bilan izohlang.
Baholash jarayoni ma’lum bir maqsadni ko’zlab o’tkaziladi. Testdagi topshiriqlar soni, ularning tuzilishi, baholash mezonlari aynan baholashning maqsadidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
IV. Siz kunlik darslarda o‘quvchilar bilimini baholashda qanday baholash mazmuni, metodi va mezonlaridan foydalanishingiz kerak?
Shakllantiruvchi baholash va xulosalovchi baholash.
V. Nega bizda maktablarda “5” baho olganlarning bilim saviyasi bir xil emas? Fikringizni faktlarga asoslanib izohlang.
Chunki har bir o’quv muassasasining o’ziga yarasha va o’sha yerda ishlovchi o’qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan va doimiy ravishda amalda qo’llaniladigan baholash mezonlari mavjud. Bu esa o’zaro farqni keltirib chiqaradi;
Ko’p hollarda baholash mezoni sinfdagi eng yaxshi o’quvchi darajasini hisobga olgan holda qo’llaniladi;
Ko’plab test sinovi topshiriqlarida ishonchlilik va shaffoflik kuzatilmaydi.
VI. Baholash natijalarining haqqoniy bo‘lmasligiga nimalar ta’sir etadi?
Ko’plab test sinovi topshiriqlariga ishonchlilik, shaffoflik va adolatlilik nuq’tai nazaridan yondashilmaganligi sababli bilim darajasining to’g’ri baholanmasligi va turli xil maktab o’quvchilarining turli xil saviyada bitirib ketishini yuzaga keltiradi.
VII. Baholashning ta’limga ta’siri qanday bo‘ladi? Bu haqida o’z fikringizni argumentlarga asoslanib bayon eting.
Ta’lim va ta’lim tizimi – baholash mezonlarisiz o’z faoliyatini yurita olmaydi. Chunki har bir bilim oluvchining o’rganish darajasi nazorat qilinishi kerak.


VIII.Quyidagi ochiq testlarning javobini yozing.

1. Normaga asoslangan baholash deb test topshiruvchining natijasi o’sha guruhdagi eng yuqori natijaga erishgan boshqa bir test topshiruvchi o’quvchining natijasiga qiyoslagan holda aniqlanadi va baholanadi.


2. Mezonga asoslangan baholash deb test topshiruvchining natijalari oldindan belgilangan mezonlar bilan solishtiriladi.
3. Baholash nazariyasi Rossiyada qanday nom bilan ataladi?
4. Summativ baholash deb bu o'quv jarayoni natijalari tugallangandan so'ng o'rganiladigan jarayonga aytiladi.
5. Prognostik baholash deb test topshiruvchining ma’lum bir sohaga layoqatini aniqlash uchun foydalaniladi.
6. Diagnostik baholash deb test topshiruvchining bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Yüklə 15,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin