VI. Yakuniy qoidalar
35. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting
ballarining xolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.
36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha kelib chiqqan
nizolar qonun hujjatlari
asosida hal qilinadi.
37. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi,
Xalq ta’limi
vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi,
Madaniyat va
sport ishlari vazirligi, O’zbekiston aloqa
va axborotlashtirish agentligi, «O’zbekiston temir
yo’llari» DAK, Davlat soliq qo’mitasi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy
kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.
10 / 11