Baholash tizimi
14.05.2015 09:39 - Oxirgi yangilash 16.05.2015 04:03
haftasi mobaynida o’tkaziladi.
22. Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari
umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra
nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun,
navbatdagi shu nazorat
turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat
beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy,
oraliq va
yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni
boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi.
24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari ushbu
nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam bo’lsa
yoki semestr yakunida joriy, oraliq va
yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plangan ballari yig’indisi 55 balldan kam bo’lsa, u akademik
qarzdor deb hisoblanadi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida semestr yakunida fan bo’yicha joriy,
oraliq yoki yakuniy
nazorat turlarining har biri bo’yicha saralash ballidan kam ball to’plagan talaba akademik
qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy
muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan
talaba fakultet dekani
tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
25. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan
vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin.
Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a’zodan
kam bo’lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.
8 / 11