Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

DENGIZ BO‘YIDA
Davrlar, zamonlar, asrlar balki,
Uning to‘lqinida yig‘laydi so‘zsiz.
Uning to‘lqinida chayqalar izsiz,
Go‘zallar, go‘daklar, qasrlar balki.
To‘lqinlar olisga sudrar nigohim,
Gohi nola bo‘lib, gohi kuy bo‘lib.
Gohi kulgi bo‘lib, gohi o‘y bo‘lib,
To‘lqinlar olisga sudrar nigohim.
Qatralarga singib ketganday men ham,
Sohilda turaman haykalday qotib.
Hissim, xayolimni bir dam yo‘qotib,
Qatralarga singib ketganday men ham.
Hushimga keltirar yana to‘lqinlar
Oyog‘imga surkab oppoq boshini.
Oyog‘imga to‘kib ojiz yoshini
Hushimga keltirar yana to‘lqinlar.
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
86
* * *
Itlar uvillaydi, mushuklar notinch,
Sharpalar g‘alati: sirli va sovuq.
Qo‘noqda yotolmay pitirlar tovuq,
Neni boshlab kelar bu oqshom, bu kech?!
Ona­yer, aziz yer, dardingni olay,
Qayering silasam tinchlanar joning?
Qayerda ko‘pirmish asabing, qoning,
Ayt­chi, qayeringga qulog‘im solay?
Go‘daklar ko‘zining qorachig‘idan,
Koshkiydi sug‘urib olsam qo‘rquvni.
Qaytarib tinch tunni, shirin uyquni,
Baxt bo‘lib porlasam yulduz cho‘g‘ida.
Itlar uvillaydi, mushuklar notinch,
Sharpalar g‘alati: sirli va sovuq.
Qo‘noqda yotolmay pitirlar tovuq,
Neni boshlab kelar bu oqshom, bu kech?!
1966
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
87
O‘ROL TANSIQBOYEVGA
Tog‘lar qarshisida hayratdan men lol,
Bir so‘lim havodan yayradi tanim.
Hatto eshitaman asalari bol –
Yig‘ib gullar ichra bilmaydi tinim.
Vujudimdan tortib, orom ol, deydi,
Bu ne ohanrabo, bu qandayin sir.
O, o‘zbek diyori, tenging bor qayda,
Ko‘nglim, ko‘zim, o‘yim – hammasi asir!
Balki tabiat ham butun ko‘zi­la,
O‘z husniga boqib o‘zi mahliyo.
Oyog‘im erkalab sehri, nozi­la,
Muzdek labi bilan o‘padi giyoh.
Shudringdan siyoh­u, ming xil rang, bo‘yoq –
Ne mayin satrlar bitilgan bir xat.
Ajib g‘azalmisol yaqin­u yiroq,
Dilga quyiladi bo‘lib muhabbat.
1967
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
88
* * *
Mehnat-u tashvishdan bo‘lsam sal nari,
Puchayib qolaman o‘zimga o‘zim.
Go‘yo men hamisha bir g‘ujum uzum,
Fikrlar talaydi misoli ari.
Orom bermasinlar, mayliga, bir dam,
Mayliga, so‘rsinlar sharbat­qonimni.
Parmalab she’rimga qo‘ysin jonimni,
Axir mehnat bilan tirikdir odam.
1967
* * *
Dutor yig‘lar emish, har pardasida
Yellarga yuz tutgan chog‘larin qo‘msab.
Ba’zan sevishganlar o‘yib tanasin,
Ochgan jarohati – dog‘larin qo‘msab.
Bir vaqt shoxlarini yashnatgan barglar –
Shiviri torlarin kuylatar emish.
Shundan u insonni vafoga chorlab,
Sog‘inchga o‘rgatib o‘ylatar emish.
1967 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
89
* * *
O‘tgan yilgi payvand kirdi hosilga,
Bitdi po‘stidagi pichoq o‘rni ham.
Endi bir tan bo‘lib chirmashib mahkam,
Xushbo‘y gullarini ko‘z­ko‘zlar yelga.
Ajratib bo‘lmaydi endi ularni,
Qishni ham, yozni ham kutadi birga.
Kessangiz boltaga bosh tutar birga,
Birga ko‘karadi, birga qulaydi.
Tirik yetim qilib o‘g‘il­qizini,
Ajralib ketsalar ba’zan odamlar.
Payvandni eslayman men shunday damlar,
Bir o‘kinch ko‘zimga chiqadi sizib.
Nahot birga­birga sursa­yu umr,
Begonalik tursa soyasin tashlab...
Payvand gurkiraydi ko‘zimda yashnab,
Bizda qonun shunday deganday mag‘rur.
1967 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
90
* * *
Xo‘rsinma, azizim, xo‘rsinma sira,
Seni xomush, g‘amgin ko‘rgandan ko‘ra
O‘zimni olovga tutganim oson.
Jilmaygin, jilmayib menga bir qara,
Axir kulish uchun yaralgan inson.
Yengilma, azizim, yengilma faqat,
Mag‘lubni ko‘rishga yo‘q menda toqat.
Tik tutib yurishga yaralgan­ku bosh,
Dilimni zimiston o‘raydi qat­qat.
Agar ko‘zlaringda ko‘rmasam otash,
Loqayd bo‘lma sira, loqaydga men yov.
Olam taqdiriga boqsang beparvo,
Odamga qolmasa agar keraging.
Bir o‘siq tirnoqday behis, beayov,
Yulib irg‘itaman dildan, yurakdan.
1967
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
91
* * *
Ba’zan tabiatning sehri­la oqib,
Olis­olislarga tashlaysan nigoh.
Ranglar jilvalanar qalbingni yoqib,
Ranglar jilvalanib yonadi nogoh.
Go‘zallik sirini yashirgansimon,
Tog‘lar parda tutib harir tumandan.
Ajib ko‘rinadi havo, suv, osmon,
Ajib ko‘rinadi o‘sha tomonda.
Shunaqa chiroyli ko‘rinar yiroq,
Shoshilma, azizim, buncha entikma.
Avval oyog‘ingning ostiga bir boq,
Biron gulni yanchib o‘tmadingmikan?..
1967 
* * *
Sunbula suvlardan g‘uborni oldi,
Ko‘ksida toshlar ham yaraqlab kulib.
Endi tong uyquning maftuni bo‘lib,
Oshiqlar boshida turolmay qoldi.
Derazam oldida duk­duk qadamlar,
Shoshilinch qadamlar, tinimsiz, dadil.
Ritmidan qofiya terib olar dil,
Tongni boshlab o‘tar aziz odamlar.
1967
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
92
* * *
Ko‘p osuda edi bu olam bir vaqt,
Dengiz ham yostanib uxlar edi jim.
Na yulduz bor edi va na munajjim,
Beozor tabiat mudrardi karaxt.
Shunda darding bilan men bo‘ldim paydo,
Dardim sukunatni chilparchin qildi.
Ishqdan oftob yasab osmonga ildi,
O‘zim yaratdim­u, o‘zimman shaydo.
Ipak nurlariga chirmashib shunda,
Olamga yoyildim seni axtarib.
Kunduz topolmasdan yugurib, horib,
Ko‘z bo‘lib osmonga sochildim tunda.
Sarsari izimdan uvladi shamol,
To‘lqin paydo bo‘ldi talpinishimdan.
Olov nusxa oldi dil yonishidan,
Hayot yaratardim izlarkan visol.
Qaragin, hammasi faqat sen uchun,
Ayt, yana nelarni qilasan havas.
Dilda yonish bo‘lsa, mehr bo‘lsa bas,
Hamma­hammasiga yetadi kuchim.
1967 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
93
* * *
Bir do‘st azasidan keldim ezilib,
U tushgan qabrdek tor bo‘ldi dunyo.
Aql­u hissim xasta, qolgan bezillab,
Oh, koshki bo‘lsaydi derdim bu ro‘yo.
Boshqa bir tanishim to‘yga aytibdi,
Tashlab ham ketibdi taklif qog‘ozin.
Go‘yo oyog‘imning ostida shu payt,
Likillab turardi ulkan tarozi.
Go‘yo do‘zax, jannat o‘rtasida men, –
Biri kuydiradi qilib jingirtob.
Boshqasin shodligi bo‘lmasa edi,
Bu o‘t, balki meni qilardi xarob.
Shamol derazamni ochdi­yu, asta,
Suzib kirdi mayin bir kuy uyimga.
Qo‘shnim bolasiga aytardi alla,
Bu kuy yuragimga, borliq, o‘yimga
Huzurbaxsh oftobday jimirlab singdi.
Nafis bir mehrga, yashash ishqiga
Yurak lim­lim to‘ldi, cho‘ng tarozining
Shodliklar to‘plangan pallasi yengdi.
Yaxshiki, olamda ko‘nikish baxti,
Ulg‘ayish, tug‘ilish soatlari bor...
1967
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
94
* * *
Asfaltni qoq yorib unibdi giyoh,
Yo‘lovchi ko‘zini tortar dam­badam.
O‘tgan ham, ketgan ham tashlaydi nigoh,
Bag‘ri tosh ham unga qo‘ymaydi qadam.
Bo‘stonda maysani jiz etmay bosgan –
Yurakka bu yerda to‘ladi shafqat.
Shunchaki ko‘katmas, asfaltda o‘sgan,
Bu buyuk intilish, bu hayot, qudrat.
1967
* * *
Nihollar shoxini egmish momiq qor,
Ammo oyoqlarin quchib ona­yer,
Issiq labi bilan o‘pib asta der:
Sabr qil, sabr qil, keladi bahor.
Insonlar mehridan bag‘rimda hayot,
Quyosh shu’lasini shimirgan qatim.
Qaynoq siynamdagi pok muhabbatim,
Bahorga yetkazur seni salomat.
Uch oy erinmasdan shivirlar shunday,
Shunday eritadi qor­u muzlarni.
Ammo odamlar bor, tirik odamlar,
Bemavrid qaritar ne­ne qizlarni.
1967
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
95

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin