BAHORNI QARSHILAB
7
BAHORNI QARSHILAB
Muncha chiroyliksan,
fusunkor bahor,
Munchalar qalblarga sirdosh, hamohang.
Bola chog‘imda ham etardi maftun
Sendagi go‘zallik, alvon turli rang.
Boychechak izlardim bog‘larda tentib,
Sochimga sanchardim qanday gulki bor.
Istardim,
shu bahor qolmasa ketib,
Istardim, gullarga qo‘nmasa g‘ubor.
Firuza osmondan uzolmay nigoh,
Ko‘katlar ustida yotardim uzoq.
Tomlardan qizg‘aldoq qidirardim goh,
Goh qushlar yo‘liga qo‘yardim tuzoq.
Sochpopuk ishqida tinibtinchimay,
Gʻimirsib yurardim tollar tagida.
Bo‘lardi ajoyib, latif bir xushbo‘y
Men taqqan yamyashil tol bargagida.
O‘rik gullarini to‘kib, to‘zg‘itib,
Arg‘imchoq uchishni sevardim juda.
Soatlab
turardim xayolim ketib,
Gullar suzib o‘tsa suvlar mavjida.
Ko‘katlar ichida qo‘g‘irchog‘imni
Allalab, o‘zim ham qolardim mizg‘ib.
Goh yalpiz terarkan anhor labida,
Kapalak ortidan ketardim izg‘ib.
Shunchalar sevardim,
gulbahor seni,
Hali ham sevaman jonimdan ortiq.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
8
Balki shuning uchun taqdirlab meni,
She’rni, she’riyatni qilgansan tortiq.
Otash solmasaydi qalbimga lola,
Bag‘riga tortmasa ko‘mko‘k dala, qir.
Dilni
elitmasa edi shalola,
Shu she’rni qayoqdan yozardim axir.
1957
Dostları ilə paylaş: