O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR
UYUSHMASI
SAIDA
ZUNNUNOVA
BAHORNI QARSHILAB
She’rlar
TOSHKENT
«ADABIYOT»
2021
www.ziyouz.com kutubxonasi
ISBN 978-9943-7106-2-7
Loyiha rahbari
Sirojiddin SAYYID,
O‘zbekiston xalq shoiri
Mas’ul muharrir
Nodira Husanxo‘jayeva
© Saida Zunnunova, 2021
© «Adabiyot», 2021
Saida Zunnunova sheʼrlarida haqiqiy inso niylik, shod
lik va qayg‘u, yor vasli, sevgi va hijron, oila, ishonch, mehnat
va olijanoblik, porloq istiqbol quvon chi kuylanadi. U har bir
misrani dard bilan, ming bir to‘lg‘anib, bir parcha o‘t bo‘lib,
lovillab, yonib yozadi.
Uning sheʼrlarining tili sodda va shirali, lirik qahra mon
obrazida mehnatkash insonning orzuumidlari, kurashi,
shodligi, qayg‘usi, g‘alabasi balqib turadi. Shoiraning mu
hab bat haqidagi sheʼrlari o‘zining sami miyligi, badiiy
yetuk ligi bilan o‘quvchi eʼtiborini o‘ziga tortadi.
UO‘K: 821.512.133-1(081)
KBK: 84(5O‘)6
Z 93
Saida Zunnunova
Z 93
Bahorni qarshilab [matn]. {she’rlar}/ Saida
Zunnunova. – Toshkent: «Аdabiyot» nashriyoti,
2021. 128 – b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
BAHOR BILAN SUHBAT
Gʻujg‘uj kapalakmi novdaga qo‘ngan
Desam, ko‘tarildi qahqaha, kulgi.
«Eh, shoir, aftidan, ko‘zlaring tingan,
Gʻujg‘uj g‘unchalarmiz, oq gullarmizku!»
Yo‘q, nega tanimay seni, gulbahor,
Faqat qilmoqchiman husningni taqqos,
Ishqu ilhom berib ko‘nglimga har bor,
Yuz turli rang bilan tovlanganing rost.
Har bo‘rtgan kurtakdan qilding tabassum,
Hatto giyohlarda g‘ururing ko‘rdim.
Poyqadaming tekkan chiroyli, ma’sum –
Bog‘larda husningga termilib turdim,
Lekin e’tirozim bor andakkina,
Bir nafas kuylashdan to‘xta, quloq sol.
So‘zimni eshitu va qilmay gina,
Bir umr men bilan, she’rim bilan qol,
Senga atamayman she’rimni bu gal,
Unda maqtalmaydi g‘unchalar labi.
Unda kuylanadi sendan ham go‘zal,
Sendanda qudratli insonning qalbi.
Odamsiz cho‘llarga kelib har yili –
Ketgansan o‘zingdan qoldirmay nishon.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
4
Insonning mehnati, mehri tufayli,
Sendagi chiroy u va sendagi shon.
Ilk sahro gullari qurg‘oq dastidan,
Qovjirab qolganda, qaytolmagansan.
Atlas kapalakcha bo‘lib ustida
Ishqingni ularga aytolmagansan.
Endi cho‘llarda ham gurkirar hayot,
Bemalol sep yoyib yashnaysan sen ham.
Suv olib, nur bo‘lib bordi odamzod,
Undan so‘ng sen bording qadambaqadam.
Hali bular nima, atom nuridan
Muzlarning ustida quyosh yoqamiz.
Har bittamiz mehnat, ilm, shuurdan
Olamga bir bahor bo‘lib boqamiz.
So‘zlarimni olib uchishgan yellar
Novdalarga qo‘nib jim qoldi bir zum.
Shivirlab yaproqlar, shivirlab gullar,
Iqror bo‘lishganday qildi tabassum.
1955
www.ziyouz.com kutubxonasi
BAHORNI QARSHILAB
5
* * *
Yolg‘iz ikkov bo‘lsak ahilsan juda,
Yuz bor erkalaysan yuz xil nom bilan.
Tinmay atrofingda bo‘lib parvona,
Baxtu shodligimdan dovdirayman men.
Ammo birov bo‘lsa, siposan biram,
Go‘yo bermagandek bo‘lib e’tibor.
Nahotki bilmaysan, birovga ko‘zko‘z –
Qilmoqqa shu ishqdan afzal nima bor?!
1956
* * *
Uchrashuv onini kutib betoqat,
Qalbim talpinardi, senga, azizim.
Minutlar sudralib, go‘yo o‘tmay vaqt,
Shirin bir azobda o‘rtanar edim.
Ammo huzuringga borardim kechroq,
Hech gap o‘tmaganday go‘yo o‘zimdan.
Turarding termilib, toqating ham toq,
Intizor ko‘zingga boqardim zimdan.
Besh minutga shuncha diqqat bo‘libsan,
Peshanangga tushmish chiziqlar qatqat.
Nahotki shunchalik yengiltak bo‘lsang,
Hayotni visol deb o‘ylasang faqat.
Yo‘q, jonim, so‘qmoqlar juda ko‘p unda,
Hijron bo‘lmasaydi, visol yo‘q edi.
Hayron qilib qo‘yding, butun umrimni
Qanday qilib senga topshiray endi.
1956
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
6
Dostları ilə paylaş: |