Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

TOSHKENT GULLARI
Eh, Toshkent gullari, ko‘p nafis gullar.
Bir g‘ubor topmaysiz yaproqlarida.
Qizlar kulgisidek chiroyli, ma’sum,
Qizlar kulgisi bor yonoqlarida.
Anvoyi ranglari entiktiradi,
Dillar yasharadi, ko‘zlar yashnaydi.
Eh, gullar, hamisha sizga tashnaman,
Yuragim hamisha sizga tashnaydi.
Uzib tutmaguncha aziz do‘stlarga,
Ta’rif qilolmayman jamolingizni.
Hidlab, yuzin surtmay yaprog‘ingizga,
Hech kim his qilolmas kamolingizni.
Xiyobon kezarkan ko‘nglim, xayolim,
Yuvilgan top­toza barglarda qoldi.
O‘zim qo‘shiq bo‘lib qaytdim uyimga,
Xotirim yashnagan parklarda qoldi.
Bir xayol singari sarxush, baxtiyor,
Qalamga tutindim kelib ohista.
Eh, Toshkent gullari, ko‘p latif gullar,
Mehrim, muhabbatim hamisha sizda.
1961
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
19
BAHOR SHE’RI
Bahormi bog‘larga sep yoyib ketgan,
Cho‘llarga chashma­yu, binafsha eltgan,
Parvozi ko‘klarda Oygacha yetgan.
Bahormi, bahormi? – shivirlar yellar,
Bahormi, bahormi? – so‘raydi ellar,
Yo‘q, deyman, bu ozod inson mehnati!
Bu nima, yaproqlar shivirlashimi,
Qirda boshoqlarning shitirlashimi,
Ilk sevgi lazzati, javdirashimi?
Bu nima, bu nima? – shivirlar yellar,
Bu nima, bu nima? – so‘raydi ellar,
Yo‘q, deyman, bu tinchlik, baxt halovati.
Ko‘kda uchib yurgan yulduzlari ham,
Chiroqlarga to‘lgan bu nurli oqshom,
Charog‘on kunduzdan ayting nesi kam? –
Deya shivirlaydi yaproqlar, yellar,
Yo‘q, deyman, o‘rtoqlar, qardoshlar, ellar.
Bu inson aqlining ko‘rk, zakovati.
Ko‘zimga kulganday yer, osmon, tog‘lar,
Mevasin ko‘z­ko‘zlab kuladi bog‘lar.
Kuladi qardoshlar, do‘stlar, o‘rtoqlar, 
Kuladi qadrdon elatlar, ellar.
Bor bo‘lsin tinimsiz, o‘ynoqli yellar,
Bor bo‘lsin mehnatning baxt­saodati.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
20
Havoga to‘libdi ajib bir xush bo‘y,
Yo palov damlanur – biron joyda to‘y.
Qaydan, deb, bu qo‘shiq, bu kulgi, bu kuy,
Shivirlar yaproqlar, shivirlar yellar,
Eshiting, qardoshlar, o‘rtoqlar, ellar,
Bu – ozod qizlarning quvnoq qo‘shig‘i.
Qalbimni allalar ajoyib bir his,
O‘rik gullaridek nozik va nafis.
Hayotdek moʻtabar, umrdek aziz,
Shuning­chun kuylagan tuyular yellar,
Eshiting, qadrdon do‘stlar va ellar,
Shuning­chun men yashash, hayot oshig‘i.
1961 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
21

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin