Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

STUDENTLAR VALSI
Yulduzlarga to‘la osmon,
Shamol o‘ynar yaproqlarda.
Olam kuyga to‘lgansimon,
Kuy jaranglar yiroqlarda.
So‘lim­so‘lim xiyobonlar,
Gul atriga to‘liq havo.
Yuring, do‘stlar, qadrdonlar,
Kezishaylik gulshan aro.
Sog‘intirar bu oqshomlar,
Bu suhbatlar qilar xumor.
Yuring, do‘stlar, qadrdonlar,
Sayr qilaylik eng so‘nggi bor.
Yaxshi qolgin, totli damlar,
Yaxshi qolgin, aziz shahar.
Yaxshi qoling, darsxonalar,
Yaxshi qoling, ustoz­padar.
So‘lim­so‘lim xiyobonlar,
Gul atriga to‘liq havo –
Yuring, do‘stlar, qadrdonlar,
Sayr qilaylik gullar aro.
1961
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
22
* * *
Arg‘uvon gullabdi, oltin sirg‘alar,
Bo‘yidan havoda ajib bir hid bor.
Tinmay g‘o‘ng‘illaydi asalarilar...
Boqaman tabiat sehriga hayron,
Nahotki arida shunchalik did bor.
Olisdan kelgandir, balki ishqida,
Guldan gulni tanlab, qidirib, uchib,
Nozik farosat bor go‘yo ishida,
Yashaydi gullarning sharbatin ichib.
Esim tanibmanki, yashash, umrning,
Zavqini sharbatdek mas’ud ichaman.
Bu hayot chiroyli xulq­u odatga,
Gulga, fazilatga to‘lgan bir chaman.
Yodimga keladi arg‘uvon, ari,
Yodimga keladi totli asali.
Qiziq bir ahvolga tushib qolaman,
Rangsiz ko‘rinadi yozgan g‘azalim.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
23
* * *
Qor yog‘ar bo‘ralab, osmon ko‘rinmas,
Qor shoshar go‘yoki yerga tashna, och.
Oxir yulib oldi so‘nggi bargni u,
Olma daraxtini qildi yalang‘och.
Ammo tomiriga jon bo‘lib singdi,
Qon bo‘lib singidi tani, shoxiga.
Xuddi shunga o‘xshar, zahmati qolib,
Shodlik unutilib ketsa gohida.
1962
* * *
Tonggi jamolidan turfa gullarning
Zavqlanib, baxtiyor kezasan hovling.
Beparvo boqasan yaproqlaridan
Asta ko‘tarilsa shabnamning hovri.
Bilmaysan, bu menman, gullar bargiga
Seni bir ko‘rmoqqa qo‘ndim dur bo‘lib.
Sezmay qizdirganda berahm oftob,
Baxtli ko‘zlaringga berolmayin tob,
Izimga qaytaman bir hovur bo‘lib.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
24

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin