Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

SOGʻINISH
To‘lib-toshib sayraydi bulbul,
Sehrli tun tinchini buzib.
Uyqu taslim etolmay garang,
Sendan xayol, ko‘nglimni uzib.
Xayol tinmay senga sudraydi
Oyning ipak nuriga o‘rab.
Sevgi qurg‘ur shunday zo‘r ekan,
O‘ltirmaydi aqlingdan so‘rab.
Osiladi shamol bo‘yniga,
Kutishga yo‘q toqati bir zum.
U ketadi, quruq va bo‘m­bo‘sh,
Surat bo‘lib qolaman o‘zim.
Atrofingda bo‘lib parvona,
Yana qaytib kelar o‘zimga.
Misralarga aylanar yuvosh,
Bo‘yin egib xohish, so‘zimga.
Xat yozishga tushaman yana,
Bilolmayman bu nechanchisi.
Tug‘yon qilgan asablar zora,
Shu xat bilan bir oz tinchisa.
Nari surib bor andishani,
Yuragimni to‘kib­solaman.
Xat ketadi, har gal yo‘lingga
Umid bilan qarab qolaman.
1956 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
7
BAHORNI QARSHILAB
Muncha chiroyliksan, fusunkor bahor,
Munchalar qalblarga sirdosh, hamohang.
Bola chog‘imda ham etardi maftun
Sendagi go‘zallik, alvon turli rang.
Boychechak izlardim bog‘larda tentib,
Sochimga sanchardim qanday gulki bor.
Istardim, shu bahor qolmasa ketib,
Istardim, gullarga qo‘nmasa g‘ubor.
Firuza osmondan uzolmay nigoh,
Ko‘katlar ustida yotardim uzoq.
Tomlardan qizg‘aldoq qidirardim goh,
Goh qushlar yo‘liga qo‘yardim tuzoq.
Sochpopuk ishqida tinib­tinchimay,
Gʻimirsib yurardim tollar tagida.
Bo‘lardi ajoyib, latif bir xushbo‘y
Men taqqan yam­yashil tol bargagida.
O‘rik gullarini to‘kib, to‘zg‘itib,
Arg‘imchoq uchishni sevardim juda.
Soatlab turardim xayolim ketib,
Gullar suzib o‘tsa suvlar mavjida.
Ko‘katlar ichida qo‘g‘irchog‘imni
Allalab, o‘zim ham qolardim mizg‘ib.
Goh yalpiz terarkan anhor labida,
Kapalak ortidan ketardim izg‘ib.
Shunchalar sevardim, gulbahor seni,
Hali ham sevaman jonimdan ortiq.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
8
Balki shuning uchun taqdirlab meni,
She’rni, she’riyatni qilgansan tortiq.
Otash solmasaydi qalbimga lola,
Bag‘riga tortmasa ko‘m­ko‘k dala, qir.
Dilni elitmasa edi shalola,
Shu she’rni qayoqdan yozardim axir.
1957 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin