Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

SEN HAM SHUNDAYMIDING...
Bir vaqtlar o‘ltirib o‘ylardim gohi:
Qiziq, kim bo‘larkin umr yo‘ldoshim,
Ko‘nglim, hislarimni anglarmikan u,
Koyitib to‘kmasmi ko‘zimdan yoshim?
Bilmasdim, kim o‘zi va yashar qayda,
Lekin hurmatini saqlar edi dil.
Yonimda sezardim uni har joyda,
O‘ylardim ko‘ziga boqsam, deb dadil.
Sen ham shundaymiding, ayt­chi, azizim,
Sevganmiding meni ko‘rmasdan turib?
Suvlar yoqasida xayol surib jim,
Izlarmiding meni bog‘larda yurib?
Gullarga shivirlab ishqing, siringni,
Vafo­sadoqatdan surganmisan o‘y?
Yo‘qsa, maqtamagin menga ko‘nglingni,
Yo‘qsa, muhabbatdan gapirmayoq qo‘y.
1957
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
9
SENI O‘YLAGANDA 
Yillar o‘zi bilan yoshlik va ishqni
Sudrab ketolmaskan yo‘qlik qa’riga.
Shu kunda negadir o‘ylayman seni,
Negadir ketmaysan ko‘zdan nariga.
Ko‘zingni sevardim, juda sevardim,
Lekin uyalardim, boqolmasdim tik.
Oldingda boshimni egib turardim,
Ortingdan termilib qolar edim tek.
Yoshlik havasimi, desam u chog‘ni,
Chinakam ishq ekan, endi tushundim.
Seni o‘yladim­u, qalbimda ilhom
Tug‘yon qila ketdi, qololmadim jim.
Seni o‘yladim­u, nurga burkandi
Yuz turli rang bilan tovlanib olam.
Qorlarni ko‘tarib binafsha undi
Sening xayolingga qalb sho‘ng‘igan dam.
Seni o‘yladim­u, rohatbaxsh shamol,
Yuzdan ajinlarni sidirib ketdi.
Sochga oralagan oqni yuldimi,
Harqalay, yoshlikni qidirib ketdi.
O‘ylayman, o‘ylayman, ne uchun seni,
Unutib bo‘lmaydi, ne xislating bor?!
Sababi, azizim, ko‘ngling va ishqing
Juda toza ekan, juda beg‘ubor.
1957 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
10
* * *
Quyosh chiqdi, gul yaprog‘iga
Tunda qo‘ngan shabnam eridi.
Qon yugurdi ol yonog‘iga,
Bargi g‘ubor­changdan aridi.
Kelganida yoring – quyoshing,
Tark etganda seni hijron, g‘am,
Shabnam kabi uchdi ko‘z yoshing,
Shu gul kabi yashnading, erkam.
1958
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
11
* * *
Ne istaysan, deysan, istaklarimning
Cheki yo‘q, eshitsang, men so‘zlaybersam.
Istaymanki, avval ishq, ilhom bo‘lib,
Bir bahor misoli qalbingga kirsam.
Yashil yaproqlarga berkinib bir zum,
O‘ying, hislaringni o‘g‘irlab olsam.
Yuzingda balqisam bo‘lib tabassum,
Sen uchun bir umr baxt bo‘lib qolsam.
Gullar jilvasida boqib muloyim,
Ko‘nglingni chorlasam, bermasam orom.
Istagim – oshig‘im bo‘lsang beqaror,
Butun borlig‘ingni eta olsam rom.
Kuy bo‘lib elitsam ba’zan bir nafas,
Tinglashni sira tark etging kelmasa.
Umrimga qilib sen hasad ham havas,
Yonimdan bir zumga ketging kelmasa.
Istaymanki, ko‘ngling ko‘nglimdek bo‘lsa,
Orzu­o‘ylaringni ko‘rolsam ayon.
Istagim – qo‘shaloq ochilgan guldek
Mehnat, muhabbatda tursak yonma­yon.
1958
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
12
* * *
Anhor labida juft­juft soyalar,
Jilmayib o‘taman ko‘z qirin tashlab.
Goh xayol qurmagur olib ketadi,
Bahona topganday yoshlikka boshlab.
Yo‘q­yo‘q, men turmadim oydin tunlarda,
Suvlar yoqasida ishq o‘tida mast.
Men bunday damlarni yo‘lga termilib,
Intizor o‘tkazdim har on, har nafas.
Yoshligim, umrimni, halovatimni
Mardona topshirib vafo qo‘liga.
Oylarni, yillarni minutlab sanab,
Tun­u kun qaradim yorning yo‘liga.
Hali begonaydik ajralishganda,
Ko‘rishdik juda ham qadrdon, inoq.
Yulib olsa hamki hijron yor vaslin,
Qilib ketgan ekan unga yaqinroq.
1959
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
13

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin