Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

TOMCHILAR
Bola edim, tutib yomg‘irga boshim,
Sochim o‘ssin deya tilardim har vaqt.
Xohi shivalasin, xoh sharros quysin,
Doim bag‘ishlardi menga shodlik, baxt.
Bahor kezidagi momaqaldiroq,
Yerning qa’rigacha yoritgan chaqmoq,
Dengizni shimirib qochgan bulutlar,
Qahrini, zahrini sochgan bulutlar
Tabiatning faqat bir go‘zalligin,
Hayotning borligin va azalligin
Go‘dak xayolimga chizib o‘tardi,
Ertaklar misoli sizib o‘tardi.
Daraxtlar shoxini egganida qor,
Ko‘zim yashnar edi tiniqligidan.
Onamga bildirmay yeganman ko‘p bor,
Kasal ham bo‘lmasdim, balki pokligi,
Balki unga mehrim iliqligidan.
O‘ylardim: yulduzlar yuborganmikan?
O‘ylardim: yulduzlar shuncha bormikan?..
Bugun yuragimda zil yuk, o‘y bilan
Unga termilaman ma’yus, g‘azabkor.
Ey, billur tomchilar, sizlar qay yoqdan,
Qay yoqlardan kelding, aytgin, aziz qor?
Chindan shaffofmisiz, chindan oqmisiz,
Atom zahrasidan yiroq, pokmisiz?
Okean ustidan suzgan bulutlar
Olib kelmadimi o‘z qanotida?
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
25
Shamol haydab kelgan bo‘lmasin tag‘in
O‘sha tomonlardan uchqur otida?...
Javobsiz bo‘zlashdi uzoq entikib,
So‘ng alamdan yerga ko‘zlarin tikib
Daraxtdan shuvillab to‘kildi birdan,
Bolalardan qochib sho‘ng‘idi yerga.
Yo‘q, shoshmang, qayga siz? 
Yo‘q, shoshmang, to‘xtang!
Bolamdan sizni kim ayirmoqchi, kim?
Uning sho‘xligiga hamroh bo‘lingiz,
Yuzi, sochlarida porlang, qo‘ningiz,
Yo‘q, sizni bulg‘olmas, bulg‘olmas hech kim!
Bugun shuning uchun tashvishda olam,
Notinchdir bog‘­rog‘lar, ellar notinchdir.
Notinchdir sayyohlar, giyohlar tamom,
Yaproqlar oshig‘i – yellar notinchdir.
Gullarning labida shubhadan o‘kinch,
Ayniqsa, onalar uyqusi notinch.
Sizning qatrangizga dog‘ tushirsa kim,
Butun tabiatning qahriga mahkum.
Xalqlarning g‘azabi qo‘ymaydi omon,
Xalqning g‘azabidan nima bor yomon?
Yo‘q, shoshmang, tomchilar, oppoq tomchilar,
Bolamdan sizni kim ayirmoqchi, kim?
Uning sho‘xligiga hamroh bo‘lingiz,
Yuzi, sochlarida porlang, qo‘ningiz,
Ko‘zgudek musaffo, o‘ynoq tomchilar.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
26
* * *
Lolalardan gulxanlar yoqib,
Bahor keldi, suluv oy keldi.
Chakkasiga qizil gul taqib
Dilbar keldi, go‘zal may keldi.
Novdalarda gullardan marjon,
Tiniq ko‘kda qushlar parvozi.
Yuring, qizlar, yuring, qizlarjon,
Yayrashaylik ko‘ngilni yozib.
Maysalarda yonboshlashaylik,
Shudring yuvsin yuzlarimizni.
Yellar o‘tsin tog‘lardan oshib,
Kiftda olib sozlarimizni.
Binafshalar nozidan yonib,
Chorlar bugun bizni tabiat.
Sabzalardan baxmal yopingan,
Suv bo‘yida quraylik suhbat.
Lolalardan gulxanlar yoqib,
Bahor keldi, suluv oy keldi.
Chakkasiga qizil gul taqib,
Dilbar keldi, go‘zal may keldi.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
27
* * *
Ba’zan xayolimga chirmashib olib,
Fikrim, hislarimni qilasan ta’qib.
Xijolat tortaman o‘zimdan gohi,
Gohida quvlayman ko‘zdan nigohing.
Yo‘q, tinchlik bermaysan, qilasan ta’qib,
Yonaman qarshingda kuyib, tutaqib.
Baxtingni eshitsam, baxtiyordekman,
Gʻamingni eshitsam, gunohkordekman,
Goh o‘zim xo‘rlagan mehring, ishqingga
O‘zim tashnadekman, o‘zim zordekman.
Balki bu yoshlikning yuza hislari
O‘tgani­yu, aql quyulganidan.
Balki ulg‘ayganim sayin yoshligim
Azizroq, shirinroq tuyulganidan.
Balki kurashlarda qoyadek qalbim
Bir sovuq nigohdan egilganidan.
Balki sevishni­yu va sevilishni
Yuksak odamiylik deb bilganimdan.
Bilmayman, ishqilib, qo‘ymaysan xoli,
Bilmayman, ne uchun hayot va tole
Shunchalar murakkab, ba’zida chalkash,
Kechirarmi deya doim ko‘nglim g‘ash.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
28

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin