BAHORNI QARSHILAB
19
BAHOR SHE’RI
Bahormi bog‘larga sep yoyib ketgan,
Cho‘llarga chashmayu, binafsha eltgan,
Parvozi ko‘klarda Oygacha yetgan.
Bahormi, bahormi? – shivirlar yellar,
Bahormi, bahormi? – so‘raydi ellar,
Yo‘q, deyman, bu ozod inson mehnati!
Bu nima, yaproqlar shivirlashimi,
Qirda boshoqlarning shitirlashimi,
Ilk
sevgi lazzati, javdirashimi?
Bu nima, bu nima? – shivirlar yellar,
Bu nima, bu nima? – so‘raydi ellar,
Yo‘q, deyman, bu tinchlik, baxt halovati.
Ko‘kda uchib yurgan yulduzlari ham,
Chiroqlarga to‘lgan
bu nurli oqshom,
Charog‘on kunduzdan ayting nesi kam? –
Deya shivirlaydi yaproqlar, yellar,
Yo‘q, deyman, o‘rtoqlar, qardoshlar, ellar.
Bu inson aqlining ko‘rk, zakovati.
Ko‘zimga kulganday yer, osmon, tog‘lar,
Mevasin ko‘zko‘zlab kuladi bog‘lar.
Kuladi qardoshlar, do‘stlar, o‘rtoqlar,
Kuladi
qadrdon elatlar, ellar.
Bor bo‘lsin tinimsiz, o‘ynoqli yellar,
Bor bo‘lsin mehnatning baxtsaodati.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Saida ZUNNUNOVA
20
Havoga to‘libdi ajib bir xush bo‘y,
Yo palov damlanur – biron joyda to‘y.
Qaydan, deb, bu qo‘shiq, bu kulgi, bu kuy,
Shivirlar yaproqlar, shivirlar yellar,
Eshiting, qardoshlar, o‘rtoqlar, ellar,
Bu – ozod qizlarning quvnoq qo‘shig‘i.
Qalbimni
allalar ajoyib bir his,
O‘rik gullaridek nozik va nafis.
Hayotdek moʻtabar, umrdek aziz,
Shuningchun kuylagan tuyular yellar,
Eshiting, qadrdon do‘stlar va ellar,
Shuningchun
men yashash, hayot oshig‘i.
1961
www.ziyouz.com kutubxonasi