Bahorni qarshilab



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix23.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#65986
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Saida Zunnunova. Bahorni qarshilab (2021)

MANA SHUNDAY BOSHLANDI 
BU SHE’R
Xuddi derazamning yonida chumchuq
Yarim soat bo‘ldi, tinmay chirqillar.
She’rga tutqich bermay asov fikrlar
Meni tortqilaydi, miyamda zil yuk.
Chumchuq chirqillaydi, men yozolmayman,
Oxir asabimni buzdi, qo‘zg‘adi.
Haydadim, pir etib shoxga qo‘ndi­yu,
Battar chirqilladi, battar bo‘zladi.
Haydadim, ketmadi. Bezovtalanib,
Battar chirqilladi, battar bo‘zladi.
Shunda bildim pastda beg‘am yurardi
Sap­sariq tumshuqli nimjon bolasi.
Onasi patirlab tashvishini yer,
Goh yerga tushadi, goh shoxni egar,
Goh menga qaraydi notinch javdirab.
Uyga qaytdim ular mehrini ayab,
Mana shunday boshlandi bu she’r.
1962 
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
29
QOGʻOZ GUL
Tashqarida tinmay bo‘ralaydi qor,
Uy ichi bahorday, hatto guldonda
Qog‘ozdan yasalgan guldasta ham bor.
Gullari rang­barang, nafis, chiroyli,
Biroq hidlamaydi hech qachon hech kim.
Bahorda yashnamas, kuzda so‘limas,
Suv ham so‘ramaydi havo bo‘lsa dim.
Na shabada o‘par yaproqlaridan,
Na ari bol yig‘ar yonoqlaridan.
Na kapalak qo‘nar, na g‘uncha unar,
Yomg‘ir yuvib o‘tmas chang­g‘uborini.
Umrida bilmaydi bulbul zorini,
Subhidam bargida titramas shabnam.
Shoxidan uzmaydi biron gulparast,
Yonidan ming marta o‘tganida ham...
Tashqarida tinmay bo‘ralaydi qor,
So‘nggi xazonlarni uzib, uchirib,
Ninasini qo‘ltiqlab sovuq yuribdi.
Oynadan qarayman, qor uyumidan,
Egilmay chillaning yel­quyunidan.
Quyoshni qidirib, bahorni kutib,
Ona­Yer issig‘in kiftida tutib,
Nimjon gul novdasi chiqib turibdi.
O‘ylayman, mana bu chinakam umr,
Faqat o‘zini deb, o‘zin avaylab,
Birov havas qilmagan zaif baxtidan
Bir o‘zi quvonib va qilib huzur
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
30
Bir kichik xonaning bo‘lguncha naqshi.
Hayotning qishini, yozini ko‘rib,
Qaynoq tomirida yonib, jo‘sh urib,
Bir bahor yashagan, yashnagan yaxshi.
1962
* * *
Qancha qalin yog‘sa hamki qor,
Zaminida yotadi bahor.
Ammo sovuq bir so‘z umrbod
Yuragingga bo‘lib go‘yo bod.
Bir yomonni esga soladi,
Arimaydi, shundoq qoladi.
1962
KUZ
Chirt etib uzildi oltinsimon barg,
Kuz, dedim, rangiga termilib ma’yus.
Yo‘q, dedi, yo‘q, shoir, undaymas, afsus,
Yashash umidini etolmasman tark.
Quyoshga shunchalik oshiq­shaydoman,
Ne iloj o‘tida sarg‘aymay, yonmay.
Bugun xazon bo‘lsam mehriga qonmay,
Erta o‘zi bilan bo‘lgum paydo man.
1962
www.ziyouz.com kutubxonasi


BAHORNI QARSHILAB
31
* * *
Bola edim, onam g‘arch tufli kiysa,
Ensam qotgan edi, esimda hali.
Gʻashim kelar edi sochin bo‘yashsa,
O‘sha g‘o‘r mahalim, go‘dak mahalim.
Bugun oq tolani paypaslab ushlab,
Ko‘zdan yashirolmay hayronman o‘zim.
Oynaga boqdimmi, o‘chakishganday
Darrov shu tolaga tushadi ko‘zim.
Qichqirgim keladi: «Yo‘q, yo‘q, shoshma», deb,
Yoshlikning bariga kelar osilgim.
Bo‘ynimga marjon­u, qoshimga o‘sma,
Keladi sochimga gullarni osgim.
Yuragim shuvillab ketadi birdan,
Nahot, bahor o‘tib, kuzak boshlandi...
Shu payt qizim chiqib narigi uydan
Erkalanib kelib menga tashlandi.
Qop­qora ipakdek sochin siladim,
Tarang yuzlaridan o‘pdim, hidladim,
Baxt­u sevinchimdan ko‘zim yoshlandi.
1962 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Saida ZUNNUNOVA
32

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin