Dialektika. Falsafaning asosiy ilmiy metodlaridan biri dialektik metoddir. Dastlab dialektika so‘zi ma’nosi suhbat yoki dialog yuritish san’ati, usuli sifatida qo‘llanilib, yunon tilida
«suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildirgan. Turli nuqtai-nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati Suqrot va Aflotunda yaqqol namoyon
bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga muloqot
yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi.
falsafasida ham mavjud bo‘lgan. Masalan, daosizm falsafasiga ko‘ra, dunyoda hech narsa doimiy emas. Falsafa tarixida Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib o‘tmoq zarur. Geraklitning fikricha, hamma narsa mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma narsa o‘tkinchi, doimo paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lish jarayonida bo‘ladi. Masalan, uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: «Bizdagi ayni bir narsa – jonli va jonsiz, uyg‘oq va uxloq, yosh va qari. Axir, bu o‘zgargan o‘shadir va aksincha, o‘sha o‘zgargan budir»1. Dialektik qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl o‘rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o‘tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan tahlilida mavjuddir.
1 Қаранг: Материалисты Древней Греции. М., 1955, 49-б.