Tabiat, fan va texnika masalalarida qatnashgan miqdorlarning o‘zaro munosabatlarini tekshirishga olib keladigan miqdorni o‘lchov birligi yordamida taqqoslab ko‘rish natijasida yoki boshqacha aytganda o‘lchash natijasida son hosil bo‘ladi. O‘lchash natijasida butun, kasr sonlar hosil bo‘lishi mumkin. Son tushunchasi qadim zamonlarda paydo bo‘lib, uzoq davrlar davomida kengaygan va umumlashgan.Butun, kasr, musbat, manfiy sonlar, nol soni bilan birga ratsional sonlarni tashkil etadi va har qanday ratsional sonni ikkita butun son nisbati, ya’ni p/q ko‘rinishda tasvirlash mumkin.
Ratsional sonlarni chekli yoki o‘nli kasr ko‘rinishda ifodalash mumkin. Davriy bo‘lmagan cheksiz o‘nli kasrlar irratsional
sonlar deyiladi.Masalan: va h.k.Barcha
ratsional va irratsional sonlar to‘plami haqiqiy sonlar deyiladi. Haqiqiy sonlar qiymatlari bo‘yicha tartibga solingandir. Har bir juft haqiqiy son va uchun quyidagi munosabatlardan faqat bittasi o‘rinli bo‘ladi. haqiqiy sonlarni sonlar o‘qining nuqtalari bilan tasvirlash mumkin.
1-ta’rif: Har doim bir xil qiymatlar qabulqiluvchi miqdorlar absolyut o‘zgarmas miqdorlar deyiladi.
1-ta’rif: Har doim bir xil qiymatlar qabulqiluvchi miqdorlar absolyut o‘zgarmas miqdorlar deyiladi.
2-ta’rif: Umuman, biror hodisani tekshirishda yoki har bir sharoitda o‘z qiymatini saqlagan miqdorni o‘zgarmas va turli qiymatlarga ega bo‘lgan miqdori o‘zgaruvchi miqdor deyiladi. Odatda o‘zgaruvchi miqdorlar x,y,z,t...... harflari bilan, o‘zgarmas miqdorlar harflar bilan belgilanadi. Ko‘p masalalarda o‘zgaruvchi miqdorning a,b,c qiymatlarini chegaralashga, ya’ni uning qiymatlaridan biror ikki aniq son orasidagi qiymatlarni e’tiborga olishga to‘g‘ri keladi.
3-ta’rif: O‘zgaruvchi miqdorlarning barcha son qiymatlar to‘plami shu o‘zgaruvchining o‘zgarish sohasi deyiladi.
3-ta’rif: O‘zgaruvchi miqdorlarning barcha son qiymatlar to‘plami shu o‘zgaruvchining o‘zgarish sohasi deyiladi.