Besh tamoyil:
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyosatdan ustunligi, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanishi.
2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning tashabbuskori.
3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning baro-barligi va hammaning qonunga bo'ysunishi.
4. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqala-rini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich va izchil ravishda o'tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
1993-yilda nashr etilgan ,,O‘zbekiston bozor munosabatlariga o'tishining o‘ziga xos yo'li” nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo'li nazariy va amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Taraqqiyotning ,,O‘zbek modeli” bundan oldin yaratilgan va mavjud bo'lgan modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modelidir. Bu yo'l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyotning ,,O‘zbek modeli” deb qabul qilindi.
Tanlangan yo'l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. Yangi jamiyat qurish ishlarini bir yo'la, siltov yo'li bilan bajarib bo'lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shoshma-shoshar-likka yo'l qo'ymasdan, tadrijiy yo'l bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy islohotlar o'tkazish lozim edi.
O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo'lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi bizning eng katta yutug'imizdir. Tanlangan yo'lning to'g'riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e'tirof etdilar. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov ana shunday keng qamrovli islohotlarning ijodkori bo'ldi, ularni hayotga tatbiq etishga bosh-qosh bo'ldi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan, iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo'lgan axborotlar, xabarlar va ma'lumotlarni to'plovchi, umum-lashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi banktizimi, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg'armalari yaratildi.
Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002— yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'rnatgan.
Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug'urta», «O‘zbekinvest» kabi yirik sug'urta kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko'rsatmoqda.
Iqtisodiy islohotlar borasida qo'yilgan yana bir muhim qadam – 1994-yil 1-iyuldan milliy valyutamiz - so'mnmg muomalaga kiritilishi bo'ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e'tiborga molik, chunki o'z milliy valyutasiga ega bo'lmagan davlat chinakam mustaqil bo'la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003— yil 15-oktabrdan boshlab so'm qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko'tarildi..
Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo'jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi, O‘zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo'lib, korxonalari mustaqil xo'jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismiarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko'pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to'xtab qoldi. Shu boisdan, O‘zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko'rildi.
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan strategiyas asoslari.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan Oʼzbekistonning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlashga alohida etibor qaratilib, bu boradagi strategiyaga kuyidagi yondashuvlar asos qilib olinishini belgilab berdi:
- mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, okilona mantiq etiborga olinmay, maʼmuriy-buyruqbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarashlarning hammasiga barham berilishi kerak;
-mintaqamiz taraqqiyotining istiqbollariga avvalo respublika aholisining manfaati nuktai nazaridan qaramoq kerak.
Respublikani iqtisodiy mustaqillik yo‘liga olib chiqish, uni inkiroz girdobidan chikarish vazifalarini hal etishda O‘zbekiston resurslari va imkoniyatlariga baho berishga mutlaqo yangicha yondashish zarurligi, mavjud imkoniyatlarni Ittifok va jahon bozori uchun qanchalik jozibali ekani nuktai nazaridan kurib chikish kerakligi taʼkidlandi:
-birinchidan, respublikaning ajoyib tabiiy iqlim sharoitlaridan samarali foydalanish, yetishtirilishi lozim bo‘lgan eng foydali va daromadli ekinlarni aniklab olish;
-ikkinchidan, mavjud 500 ming gektar juda sho‘rxok va o‘rtacha sho‘rxok yerlarning irrigatsion va meliorativ holatini yaxshilash masalalariga eʼtiborni kuchaytirish;
-uchinchidan, O‘zbekistonning gaz kondensanti, ko’mirga bo‘lgan talab ehtiyojini to‘la-to‘kis taʼminlash, yaqin vaqt ichida neft qazib olishni 3-4 barobar ko‘paytirish, Kizilqumda fosforitlarning juda katta konini o‘zlashtirish, rangli va qimmatbaho metallarning juda katta resurslaridan respublika manfaatlari yo’lida samarali foydalanish;
-to‘rtinchidan, respublikaning eng katta boyligi bo‘lgan uning mehnat sevar xalki uchun keng imkoniyatlar yaratish singari bu boradagi muhim vazifalarga aloxida eʼtibor qaratilib, ularni amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatib berildi.
Shuningdek, mamlakatimiz rahbari xalkimiz hayotini munosib darajaga kuta- rish uchun mavjud resurs va boyliklardan foydalanish yo‘llariga alohida eʼti- bor qaratdi.
O‘sha davrda O‘zbekistonda isteʼmol qilinayotgan kiyim-kechaklarning 25 foi- zi, trikotaj buyumlar va ip gazlamaning 30 foizdan kuprogi, poyafzalning deyarli 50 foizi chetdan keltirilar edi. Prezidentimiz o‘z faoliyati boshidanok respublikamizning xalq isteʼmoli mollari jixatidan bunday karamligini tugatish uchun sharoitlarni yaratishga katta eʼtibor qaratdi. Jumladan:
-yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishning tashib kelish va chetga chiqarish balanslariga asoslangan konkret dasturlarini ishlab chikish;
O‘zbekistonning iqtisodiy mustakilligi- ta’minlashga mamlakatimiz e’tibor qaratilib, bu strategiyaga qo‘yidagi dasturlar asos qilib olinishini belgilab berdi:
- Mintaqamiz taraqqiyotining tarixiy asoslari, okilona mantiq etorg olinmai, mamurii-buyrukbozlik usullari tazyiqi ostida shakllangan qarash-larning hammasiga barham berilish kerak; tezlikXalq xo'jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari ko'rildi. «Chet el investitsiyaiari to'g'risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to'g'risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasi O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investisiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliyava iqtisodiy tashkilotlar, qarzb-eruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog'i— yildan-yilga o'sib bordi. 1994-2003— yiilarda respublika iqtisodiyotida o'zlashtirilgan chet el investitsiyaiari hajmi 14 mlrd. AQSH dolfarini tashkil etdi.
joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog'i - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi.
Jahondagi yetakchi firmalarning havo kemalari bilan ta'minlan-gan O‘zbekiston Havo yo'llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqalarini o'rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 mil-Hondan ko'p yo'lovchiga xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |