Bajardi: 1-kurs Buxgalteriya hisobi va audit


Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə5/7
tarix24.03.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#89685
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiyot nazariyasi Tulanov Yosinbek

Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va diversifikasiya qilish ko’llamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish.


2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan moliyalashtirish mexanizmi.

XX asrda 70-yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida „Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi" degan nom bilan katta hududni egallagan, soxta kommunistik mafkuraga, maʼmuriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi noto’g’ri, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 80-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining xam yashash sharoitlarini og’irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo’ydi (1-rasmga qarang).





Oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash darajasining pasayib borishi.


Ko’plab xalq iste’moli mollari tanqisligning oshib borishi.





Transport, savdo, sog’liqni saqlash, uy-joy qurilishi sohalaridagi xizmat ko’rsatish sifatini pasayishi.


Mehnat rejimi va unga haq to’lash, dam olish sharoitlarining yomonlashib borishi borishi.




Davlat budjetining kamomati o’sishi.

Pulning tobora qadrsizlanib borishi.





Ishlab chiqarish va mehnat intizomining kesskin pasayib ketishi.


  1. Rasm. XX asrning 80-yillari ohirida sobiq Ittifoqda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar.

Bu muammolarning barchasi 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib keldi. Shuningdek, O‘zbekistonda o‘ta keskin va jiddiy muammolar yuzaga keldi:
1) respublikada demografik vaziyatning murakkabligi (2-rasmga qarang). Statistik maʼlumotlar tahlili aholi ro‘yxatga olingan davr oraligida, yani 1979-1989 yillar davomida respublikada jami aholi soni 15379,4 ming kishi- dan 19810,0 ming kishiga yoki 28,8 foizga ko‘payganini ko‘rsatadi. Bu davrda aholi- ning o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 2,8 foizni tashkil qilgan. 1991 yilga kelib mamlakatda aholi soni 20,7 million kishidan ortib, 1990 yilga nisbatan 386,0 ming kishiga o‘sgan.
Bu esa O‘zbekistonda aholisining o‘sish surʼatlari Ittifok surʼatlariga qara- ganda uch barobardan ziyod yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi. Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot taʼminoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining yomonlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada halq farovonligining pasayishiga olib keldi;
2-Rasm. O’zbekistonda aholi sonining o’sish dinamikasi, ming kishi hisobida.
2) respublika iqtisodiyotining bir yoklama, haddan tashqari nomaqbul ixtisoslashtirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda, sanoatda ham asosan xom ashyoni birlamchi qayta ishlash tarmoklari ustunlik qilib, tayyor mahsulot, avvalo, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning ulushi juda past edi. Qishloq xo‘jaligi xom ashyosining talaygina hajmi (paxta tolasi, xom ipak va boshqa ko‘pgina xom ashyo mahsulotlari) respublikadan olib ketilgan bir vaqtda aholining isteʼmol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun 8-9 milliard so‘mlikka yaqin tayyor mahsulot chetdan olib kelingan. O‘zbekistonda aholini ish bilan taʼminlash imkonini beruvchi elektronika, asbobsozlik, radiotexnika, murakkab ro‘zg’or texnikasi ishlab chiqarish kabi va boshqa ko‘pgina ilgor tarmoqlar qoniqarli rivojlantirilmadi. Aksincha, respublikada suv ko’p sarflanadigan va zararli ishlab chiqarishlar asossiz ravishda rivojlantirildi;
3) ishlab chiqaruvchi kuchlar va avvalo, sanoat obʼektlari, asosan, stixiyali ravishda, aniqrog’i, har xil o‘zboshimchalik, buyruqbozlik bilan qabul qilingan qarorlar asosida, ko‘pincha ilm-fan vakillari, bilimli va obro‘li mutaxassislarning tavsiyalari mutlaqo eʼtiborga olinmay joylashtirildi. Bu esa respublika iqtisodiyoti hamda aholi punktlarining ekologiyasiga g’oyat katta ziyon yetkazib, aholining hayot taʼminotiga, odamlarning yashashi va uyg’un kamol topishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga salbiy taʼsir o‘tkazdi;
4) respublikadagi ijtimoiy ahvolning, odamlarning ijtimoiy taʼminoti va ularni ijtimoiy himoya qilishning mutlaqo qoniqarsizligi. Ayniqsa, qishloq aholisining kanalizatsiya va vodoprovod bilan taʼminlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suvi bilan taʼminlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan taʼminlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog’liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat obʼektlari, maktablar, bolalar bogchalari va xokazolar bilan taʼminlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishlok joylarida istiqomat qilar edi (1-jadvalga qarang).
O’zbekiston hududida aholi sonining o’sish dinamikasi (ming kishi hisobida)
Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib, resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
Sobiq tuzum davrida mavjud murakkab muammolarni hal etish uchun sobiq Ittifoq raxbariyati tomonidan ishlab chiqilgan, ammo bir-biri bilan o‘zaro boglanmagan turli dastur va tadbirlar ham chala-yarim amalga oshirilar edi. Respublikaning ayrim mintaqalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish uchun Markaz tomonidan amalda biron-bir ish qilinmadi.

Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi, asosan, budjetdan moliyalashtirilar va qatʼiy markazlashgan edi. U davrda mexnat sharoitlari, mehnat muhofazasi, ijtimoiy taʼminot ko’prok deklarativ xarakter kasb etgan, chunki mablag’ va zaxiralar asosan zararli, xavfli mexnat sharoitlarini kompensatsiya qilishga (qo‘shimcha mehnat haqqi, imtiyozlar, imtiyozli pensiyalar va h.k.) yo‘naltirilgan.


Bu davrdagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini pasaytiruvchi omillarga quyidagilar kirgan:
-to’lo’v va imtiyozlarning aholining ko’p toifasiga berilishi, moddiy ta’minlanish darajasining deyarli e’tiborga olinmagani:
-moddiy yordam oluvchilarning farovonlikka o‘z kuchlari bilan erishish imkoniyatlarini to’la inobatga olmaslik. Maʼlumki, buning oqibatida aholi o‘rtasida ijtimoiy boqimandalik kayfiyati, beparvolik, tashabbussizlik jamiyatning marginallashuvi kelib chikadi.
-xududiy va munitsipal hokimiyat organlari o‘rtasida ijtimoiy yordam ko’rsatish vakolatlari va javobgarligining aniq taqsimlanmagani. Bu esa, ijtimoiy to’lo’v va imtiyozlarni taqdim etish va moliyalashtirishda javobgarlikdan bosh tortishga olib kelgan.
Barcha aholiga mo‘ljallangan ijtimoiy siyosat yordamga ehtiyojning ko’proq va kamroq darajasi kabi juda muhim omilga nisbatan sezgirlikni kuldan boy berdi. Shunday bo‘lib chikdiki, kam taʼminlangan fukarolar ham, to‘la taʼminlangan fukarolar ham bir xilda malal olardi. Buning ustiga, dotatsiya joriy etilga asosiy tovar va xizmat turlaridan aynan shunday yordamga kamroq muxtoj bulgan kishilar ko‘proq foydalanib qolishdi. Haqiqatan ham, muhtoj kishilar uchun kam samara bergan ijtimoiy muhofaza tizimi behuda sarf-xarajatlarga, mablag’larning bexuda sovurilishiga sabab bo’ldi.

Mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning taʼminoti, daromadi, ularning yashashi uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning eng kam mikdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi mavjud ahvol og’ir bo’lgan. Buning asosiy sababi bu yillarda xar bir viloyat bo‘yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar xisobidan ishni to’gri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy tadbirlar bo’lmagan.

Bu davrda yil-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo bu axoli o’rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi. Sobiq Ittifoq rahbarlari respublikadagi bu muammoga eʼtibor qaratmas, ayniqsa, qishlok joylardagi ishsizlik odamlarning tinka-madorini quritib borardi. Qishloqlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoni deyarli yo’q, sababi respublikaning barcha viloyatlaridagi, xususan, Fargona viloyatidagi barcha yer Maydonlari ishdan chiqqan, yerning joni so’rib olingan edi. Natijada mexnatni tashkil etishning yangi usullari bo‘lgan oilaviy qudrat va boshka xo’jalik yuritish shakllarini, yerni dehqon ixtiyoriga beradigan ko‘plab tadbirlar joriy etilgan taqdirda ham qishloqda yashayotgan odamlarga to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha daromad miqdorini o‘zgartirish qiyin bo‘lgan. Bunga misol tariqasida Qashqadaryo viloyatini olish mumkin. Aholini Qarshi cho‘llariga tashkiliy ravishda ko‘chirishning butun davri mobaynida u yerga 600 ta oila kuchib borgan, xolos. 1989 yilga qadar ulardan 40 ta oila yashab kelgan. Buning asosiy sababi aholining ishlashi uchun munosib ish o‘rinlari yaratilmaganida.
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida ana shunday muammolar bilan birga, ularning yechimi ham ko‘rsatiladi. Ish o‘rinlarini yaratish uchun ishlab chiqarish tarkibini shunday qayta qurish zarurki, odamlar o’zlari yashayotgan joydan uzoqqa ketmasdan, samarali mehnati hisobidan kerakli daromadga ega bo’lsin. Shu o‘rinda dunyoda aholisi eng ko’p bo’lgan Xitoyni misol tariqasida oladigan bo‘lsak, u yerda sanoat mahsulotlarining 40 foizi qishlok joylarda ishlab chiqarilmoqda, deb taʼkidlanadi kitobda. Bu mamlakatda yirik korxonalar qurishmaydi, odamlar esa bir vaqtning o‘zida shaxsiy xujalik bilan shug’ullanib, yashash joyidan uzoq bo‘lmagan yerda qo‘shimcha daromad manbaiga ham ega bo’ladi, deb qayd etadi muallif.
Bu fikrlarning davomini o‘qiymiz: “Aytish kerakki, Xitoyda aholining soni biznikiga qaraganda bir necha barobar ko‘p. Lekin Xitoy qandaydir yo‘llarni topib, bu muammolarni muvaffaqiyatli hal etmoqda. O‘zingiz eʼtibor bering, bugungi kunda Xitoy qanday surʼatlar bilan rivojlanmoqda, xalqining hayot darajasi o‘sib bormoqda”.

Maʼlumki, bu so‘zlar aytilgan paytda Fargona vodiysida ishchi o‘rinlarini Yaratish masalasi jiddiy muammo bo‘lgan. Vodiyda joylashgan ayrim tarmoqlarda, ayniqsa, yengil sanoatda bo‘sh ish o‘rinlari juda ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, odamlarni ishga joylashtirish qiyin bo‘lgan. Bunga ushbu tarmoqlar uchun bevosita javobgar bo‘lgan, lekin bu masalalarni kimdir chetdan kelib hal qilib beradi, degan xomxayol bilan yurgan odamlarning masʼuliyatsizligi sabab bo‘lgan.


Fargona viloyati aholisining hayot darajasini va ishga yarokli aholining bandligini oshirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish zarur edi. Kitobda eʼtibor qaratilgan yana bir muhim muammo shuki, mustaqillikka erishish ostonasida maxalliy o’rganlar rahbarlari jon boshiga qancha daromad to’gri kelishi va umuman, odamlarning qanday hayot kechirayotgani, bundan keyin shunday past daromadlar bilan yashash mumkin emasligini bilmagan. O‘sha yillari pensioner, kolxozchi oyiga bor-yo‘g‘i 42 so‘m olgan.
Shu bilan birga, 1990 yili respublikada aholi jon boshiga to‘gri keladigan pul daromadlari 571, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real pul daromadlari esa 551 AQSH dollarini tashkil etgan. Aytib o‘tish joizki, bu ko‘rsatkichlar bo’yicha O‘zbekiston sobiq Ittifoqdagi mamlakatlar orasida eng oxirgi o‘rinlarda turgan.
O‘zbekiston budjeti katta kamomad bilan yakunlanayotgan va bunday kamomad tobora o‘sib borayotgan bir sharoitda sobiq Ittifoq rahbarlari respublikani 1991 yildan boshlab xo‘jalik hisobiga o‘tishga majbur qila boshlaydi. Holbuki, o‘sha davrda respublika budjetining ham, mahalliy budjetlarning ham daromad qismi bazasi o‘ta zaif bo‘lib, narx-navo oshib borayotgan bir vaziyatda xarajatlarni qoplash imkonini bermas edi.
Mamlakatimiz rahbari o‘sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chikish yo’li sifatida quyidagilarni belgilab berdi:
-ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni sog’lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
-xayotning barcha sohalarida qat’iy tartib va intizom o’rnatish, rahbar kadrlarni joy-joyiga to’gri qo’yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish. Respublikamizdagi vaziyatni chinakamiga o‘nglash, yurtdoshlarimizning hayotga qarashini, bugungi va ertangi kunga ishonchini mustahkamlash uchun avvalo, ularning iqtisodiy, moddiy ahvolini yaxshilash zaruratini chuqur anglagan Birinchi Prezidentimiz o’sha davrda aholi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan juda katta bir Masalani odamlarga tomorqa yer berish masalasini kun tartibiga qo’ydi. Ushbu masalaning naqadar muhim ahamiyat kasb etishini quyidagi holatlar orqali xam tasavvur qilish mumkin edi:
-respublika qishloqlarida yeri yo’q oilalar soni 240 ming nafar:
-uy-joy qurilishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun kengaytirishga muhtoj hovlilar soni 1,8 milliondan ko’proq;
-faqat Toshkent shaxrida yer uchastkasi olish uchun navbatda turgan oilalar 92 ming nafardan iborat edi.
Buning ustiga, shaharlar, tuman markazlari va shahar tipidagi posyolkalarda yer yo’qligi sababli mehnatkashlarning yakka tartibda uy-joy qurishga, jamoa ravishda bog’dorchilik qilish va polizchilik bilan shug’ullanishga imkoni yo‘q edi.
Zamonaviy shaharda, ayniqsa, Toshkent kabi azim shaharda yashash shunchaki istiqomat qilishni bildirmaydi. Har bir oila uchun alohida kvartira yoki shaxsiy uy bo‘lishi zarur. Oktabr, Sobir Rahimov, Kirov rayonlarida 600 ming kishi yashab turgan xonadonlar urushdan avval qurilgan bo‘lib, shu qadar puturlan ketib qolgan ediki, ularni taʼmirlashning ham iloji bo‘lmagan (2 million kvadrat metrga yaqin maydonda mana shunday uylar bo‘lgan). Bu xonadonlarda markaziy isitish tizimi, vodoprovod, gaz va kanalizatsiya yo‘q, ikki-uch xonada bir necha oila yashab turgan, kishi boshiga 2-3 kvadrat metr turar joy to’g’ri kelgan. Agar Toshkentda o‘rta hisobda kishi boshiga 14,2 kvadrat metr turar joy to’g’ri kelsa, eski har qismida bu raqam ikki barobar kam bo‘lgan. Qariyb 7 ming oila shunday yashaganki, har bir oila azosiga salkam 5 kvadrat metrdan kamroq maydon to’g’ri kelgan. Bu eng oddiy xayot taʼminoti shartlariga ham yaqinlashmaydi.
Katta shaharning normal turmushini aniq-puxta oziq-ovqat taʼminotisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Do’konlar va bozorlardagi ahvol mehnatkashlarning, butun Toshkent axlining haqli ravishda noroziligini tug’dirgan. Agar aholini go‘sht-sut mahsulotlari bilan taʼminlashdagi uzilishlarni bir amallab tushuntirib berish mumkin bo‘lsa, shahrimiz bozorlarida meva va sabzavotlarning narxi Sibir xamda Uzoq Sharq darajasida ekanini mutlaqo oqlab bo‘lmas edi.
Masalani bir qadar yengillashtirish uchun respublika matlubot kooperatsiyasi Toshkent shaxrining barcha rayonlarida meva-sabzavot bozorlarini uyushtirgan, bunday bozorlarda 30 ming tonnadan ko‘proq qishloq xo‘jaligi mahsuloti sotilgan. Bundan tashqari, "O‘zbekbirlashuv", shahardagi tegishli idoralarning kuch-g’ayrati bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kelishilgan narxlarda sotadigan 53 ta do’kon qisqa muddatda qurib, foydalanishga topshirilgan. Meva va sabzavotni saqlash va qayta ishlash bazasini mustahkamlash uchun katta tadbirlar ko’rilgan. Xitoy Xalq Respublikasidan qo‘shimcha tarzda kartoshka sotib olingan.
Toshkent shaxrida istiqomat qiluvchi aholiga bog’dorchilik-uzumchilik uchun ajratib berilgan uchastkalar ko‘payib borgan. Bu, o‘z navbatida, oziq-ovqat taminotini ancha yaxshilashga va kishilarning bo‘sh vaqtini foydali ishlarga sarflashga, odamlarning salomatligini mustahkamlashga xizmat qilgan.
Odamlar biron-bir talab-ehtiyojini xox go’sht yoki qand-shakar, spirtli ichimlik yoki sovun bo’lsin, shu narsalar bilan taʼminlashdagi qiyinchiliklarni malum bir vaqtgacha tushunishi, bunga qanoat qilib turishi mumkin. Ammo ular o’zlarining xavfsizligidan mahrum bo‘lganini tushuna olmaydi, bunga tokat qila olmaydi. Oilaning, farzandlarning, yaqin kishilarining hayoti va sog’ligi, uy-joyning daxlsizligi saqlanishiga, necha o‘n yillar mobaynidagi mexnat tufayli orttirilgan bisotining bus-butun qolishiga hech narsa kafolat bermasa, ular qandaydir bezori, ekstremist guruhlarning taziqi ostida vayron bo’lsa, ma’murlar inson shaxsi hayotining daxlsizligini taʼminlashmasa, buni bironta xam sofdil, vijdonli kishi qabul qila olmaydi

Mustakillikka erishish ostonasida respublikamizda odamlarning hayot taminoti muammolari yig’ilib qolgan va ular nihoyatda o‘tkir tus olgan edi. Fuqaro Hokimiyatdan kutayotgan eng asosiy narsa xar bir odamning ishga, uy-joyga ega bo’lishi, oziq-ovqat, kiyim-kechak, normal turmush va dam olish, farzandlarni tarbiyalash uchun mablag’ ishlab topa olishi bilan bog’liq edi. Bu davrda do‘konlarda hayotiy zarur mahsulotlar turmagan, halol mexnat bilan ishlab topilgan pulga eng oddiy narsalarni haqoratli tarzda, navbatlarda uzoq turib, chayqov narxlarda sotib olishga odamlar majbur bo‘lgan.


Yurtimizda 1989 yil 17 avgustda Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan taʼminlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida" qaror qabul qilindi. Qarorda qishloqda yashovchi har bir kishiga o‘rtacha 25 so’tixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar ko’paytirish ko‘zda tutilgan edi.
Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan ko’proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi.
Bugun to’la ishonch bilan aytish mumkinki, bu murakkab masalaga ana shunday oqilona yondashuv tufayli O‘zbekiston bo‘yicha ming-minglab odamlar uy-joyli, ishli bo‘ldi, bozorlarda mahsulot ko‘payib, narx-navo arzonlashdi, eng muhimi, ijtimoiy keskinlikning oldini olishga erishildi.
Bundan tashqari, yuz minglab gektar sug’oriladigan yer texnik ekinlar oborotidan chiqarildi, paxta yetishtirish rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta yakkahokimligini bartaraf etish yo‘lidagi dastlabki, ammo o‘ta muhim amaliy qadam edi.
Birinchi Prezidentimiz qishloq joylarda aholi uchun tomorqa yerlar ajratishni kengaytirish masalasiga ancha keng qarab, ushbu tadbir orqali ko‘plab muhim masalalarni xal etishni, jumladan, oziq-ovqat dasturini bajarishni ko‘zda tutgan edi. Shaxsiy xo’jalikdagi yerning bir gektari jamoat sektoridagiga nisbatan to’rt barobar ko’p samara berardi. Shaxsiy yordamchi xo‘jalikning bir gektaridan olinayotgan samara 12,5 ming so‘mni, ijtimoiy sektorda esa atigi salkam uch ming so‘mni tashkil etardi.
Respublikada xaydaladigan yerlarning atigi 5 foizi shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarga berilgan, ular qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining to‘rtdan bir qismini ishlab chiqarishmoqda edi. Yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining 26 foizi, shu jumladan, go‘shtning 49 foizi, sutning 65 foizi, junning 66 foizi va sabzavotning 43 foizi shaxsiy tomorqalar hissasiga to‘gri keladi. 1990 yilning o‘zida yakka xo‘jaliklarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining umumiy hajmi 300 million so‘mdan oshganligining o’zi yer masalasidagi qarorning axamiyatini yaqqol namoyon etdi.
Ikkinchidan, bu qaror uy-joy dasturini hal etishga yordam berdi. Yakka tartibda uy-joy qurish o’z salomatiga ko‘ra Uy-joy dasturida 60 foizdan ko’proqni tashkil etib, o’sha davrda bu ko‘rsatkich 89-90 foiz atrofida bajarilgan. Aholiga yer uchastkalari, pul sudalari va zarur qurilish materiallari ajratib berish Mazkur jarayonni ancha tezlashtiradi.
Uchinchidan, mazkur qaror ishsizlik muammosini hal etishda qo‘l keladi. Masalan, Farg’ona viloyatidagi mavjud 149 ta jamoa va davlat xo‘jaligining xar birida aholi bilan shartnoma asosida uy-joy quruvchi 50-60 kishilik qurilish brigadasining tuzilishi evaziga 7,5 ming kishini ish bilan taʼminlash imkoniyati tug’ildi. Xorazm viloyati xo‘jaliklarida g’isht, duradgorlik buyumlari va boshqa narsalar tayyorlaydigan yordamchi korxonalarning bunyod etilishi, qurilish materiallari taqchilligini bartaraf etish bilan birga, uch yil mobaynida ishlab chiqarishga qo‘shimcha tarzda 2,5 ming kishini jalb etish imkonini berdi. Bu odamlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishning to‘g’ridan-to‘g‘ri yo‘li edi.
To’rtinchidan, ayollarning ish bilan bandligi muammosini hal etish imkoni tugildi. Ayollar ijtimoiy-foydali mehnat bilan band bo‘lmagan aholining anchagina qismini tashkil etib, ko‘p bolali oilalarda ular bolalar tarbiyasi, ro’zg’or yumushi bilan band edi. Ayollarning o‘z tomorqalarida xo‘jalik bilan rasmiylashtirilgan shartnoma, mehnat staji hisoblash va keyinchalik pensiya tayinlash asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishi ularning oilalari manfaatlariga mos keladigan ish bo‘ldi.
Beshinchidan, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik masalasi xal etildi. Maʼlumki, ishsizlik, bekorchilik jamiyat uchun zararli xatti-harakatlarga, jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘ladi. Shunga ko‘ra, aksariyatining kasb-hunari yuk, mexnat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lmagan yoshlarga yer uchastkalarining ajratib berilishi ularni mexnat qilishga rag’batlantirdi, yoshlarda yerga egalik hissi, mehnat ko‘nikmalari shakllandi. O‘sha davrda respublikamiz qishloqlaridagi har besh xonadonning birida birorta ham chorva moli. 37 foizida sigir, yarmisida qo’y boqilmagani mazkur muammoning o‘sha davrda naqadar dolzarb bo‘lganini ko’rsatadi.
Prezidentimiz qishloq joylarida istiqomat qilayotgan aholining turmush darajasi nisbatan pastligi, yashash sharoitining og’irligi, oziq-ovqat mahsulotlari taʼminotidagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda muhim bir taklif xar bir oilani sigir bilan taʼminlash masalasini kun tartibiga qo’ydi. Ushbu tadbirni uzoqqa cho‘zmay, 1991 yilning uzila qishloqda yashovchi barcha oilalarni sigir bilan taminlashga erishishning quyidagi yo‘llarini ko‘rsatib berdi:

-mol sotib olish uchun maxsus kredit berish;


-jamoa podalaridan har bir oilaga buzok topshirish sharti bilan, imkoni bo‘lsa, xatto shu shartsiz ham tekinga sigir berish.
Mamlakat aholisining farovonligini oshirish va mehnatkashlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilishning samarali kafolatlari haqida so‘z ketar ekan, quyidagilarni alohida taʼkidlab o‘tish joiz. O‘zbekiston Birinchi Prezidentining “Jumxuriyat aholisi shaxsiy xo‘jaliklaridagi mollar va parrandalarni yem-xashak bilan taminlash va ularga chorva mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish to‘g‘risida”gi 1990 yil 10 mayda imzolangan farmonini bajarishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. Shu asosda 1990 yilning 1 iyulidan boshlab jamoa va davlat xo’jaliklari aholiga sotadigan pichan va shirali ozuqalarni yem-xashak tayyorlash rejasiga qo’shib hisoblay boshladi. 1990 yilda shaxsiy xo’jaliklarga sotish uchun davlat resurslaridan 400 ming tonna omuxta yem va 60 ming tonna kunjara, 75 ming tonna chigit pustlogi, 3,8 ming tonna puch chigit va 100,9 ming tonna pivo chiqitlari ajratildi. Jamoa va davlat xo‘jaliklariga ular aholiga sotadigan pichan va shirali ozukalarni yetishtirish va tayyorlashga qilgan sarf-xarajatlarning 50 foizi to‘landi.


Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin