Bajardi: 1-kurs Buxgalteriya hisobi va audit


Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə4/7
tarix24.03.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#89685
1   2   3   4   5   6   7
Iqtisodiyot nazariyasi Tulanov Yosinbek

Qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog’ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog’ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;
fermer xo’jaliklari, eng avvalo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag’batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko’rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;
sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va irrigasiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo’jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin