3.Iqtisodiyotga davlat aralashuvining chegaralari.
Iqtisodiyot nazariyasi tarixida davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda dastlab A.Smit tomonidan ko‘rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.
A. Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Biroq, uning mazkur nazariyasi 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning1 «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli kitobida o‘z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo‘lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko‘proq oshib borishi ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi.
Birinchidan, davlat o‘ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o‘zini-o‘zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‘lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifalarni oladi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‘diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo‘shimcha ijobiy samarani rag‘batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro‘y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksincha sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
To‘rtinchidan, davlat o‘z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish vazifasini oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo‘lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.
XX asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ konsepsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy shakllaridan voz kechildi, davlat mulkini xususiylashtirish yo‘li bilan davlat sektori ulushi qisqartirildi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda nomarkazlashuv jarayonlari kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizmlarining ahamiyati oshirildi. Jumladan, AQShda bu tadbirlar «Amerikaning yangi rivojlanish yo‘li: iqtisodiy jihatdan yangilanish dasturi» nomli yo‘nalish asosida amalga oshirilib, unda daromad solig‘i stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida yirik korporatsiyalar investitsiyalari uchun soliq imtiyozlarini qo‘llash, federal hukumat xarajatlarini cheklash, xususiy biznes faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyatsiyaga qarshi pul-kredit siyosatini o‘tkazish ko‘zda tutilgan edi.
Biroq, olib borilgan tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Masalan, AQShda YaIMdagi davlat sarflari ulushi 1980 yilda 22,6% bo‘lsa, 1987 yilga kelib 27%ga qadar o‘sdi. Davlat qarzlari kamayish o‘rniga o‘sib ketdi, inflyatsiyaning pasayishi moliya tizimining izdan chiqishdan saqlab qola olmadi. Aksincha, inflyatsiyaning cheklanganligi uchun o‘sish sur’atlarining pasayishi, ishsizlikning o‘sishi, real ish haqining pasayishi kabi holatlar yuzaga keldi. Bunday jarayonlar Angliya, Yaponiya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro‘y berdi.
90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarni ro‘yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g‘ri bo‘lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi yanada kuchayadi;
ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi;
turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
Bozor xo‘jaligi sharoitida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xususiyatidagi tadbirlar tizimidan iborat bo‘ladi. Hozirgi sharoitda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, bandlikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo‘llab-quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehr-shafqat va xayr-ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat qiladi va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari 4 guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori), davlat va banklar.
Uy xo’jaliklari - iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchiJar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehti- yojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori — bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi.
Ko'rxona (Firma)
Uy xo'jaligi
Davlat
Bank
3-chizma: Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyida gilardan iborat:
-turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- raqobat kurashining mavjudligi;
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilaridan biri bu mulkchilikning xilma-xilligidir. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy asosi, iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulk egasi bo’lish yoki bo’lmaslikka qarab, jamiyatda har bir kishining mavqei, ya’ni sotsial maqomi yuzaga keladi. Barcha mulk shakllari tengligini ta’minlash asosida mulk monopoliyasiga yo’l qo’yilmaydi.
Xulosa:
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O`zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O`zbekiston o`zining o`ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo`ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to`ntarishlarsiz, ijtimoiy to`qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat`iyatlilik bilan bosqichma -bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o`tishdan iborat yo`lni tanladi.
Bu yo`ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o`z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo`lishi lozim edi .Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to`liq javob beradigan «o`zbek modeli» yaratildi.
Bu yo`l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zining «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobida shunday fikr bildirgan: «O`zbekistonda qabul qilingan, «o`zbek modeli» ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o`ziga xos yo`li».
Yurtimizda o`tkazilayotgan islohotlar o`z natijasini bermoqda. Xususan, 2022-yilda yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish- pudrat ishlari 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar 12,5 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,6 foizga, jumladan, meva-sabzavot yetishtirish 11,2 foizga, kartoshka yetishtirish 9,7 foizga, sabzavot mahsulotlari yetishtirish 10,4 foizga oshdi.(2020-2021 yildegi karantin sababli bu ko’rsatkichlar sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.)
O`zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta`minlab, yurtimizdakichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e`tibor berilmoqda, bu esa o`z navbatida aholini ish bilan ta`minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o`z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: |