O`zbekiston hududidagi asosiy ko`llar Orol, Mirzacho`ldagi Arnasoy, Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi qismidagi Dengizko`l, Somonko`l, Kuntako`l, SHo`rko`l, Qoraqir, Hojiobko`l; Farg`ona vodiysidagi Axsikentko`l, Damko`l; Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Karp, Ziyko`l, Abilko`l, Oqko`l, Sudochhe, Bo`zatovko`l, Zokirko`l, Tubonko`l va boshqalar. Bu ko`llar kichik bo`lib, maydonining kattaligi bir necha yuz gektardan 10,0 km2 gacha yyetadi. - O`zbekiston hududidagi asosiy ko`llar Orol, Mirzacho`ldagi Arnasoy, Aydar, Tuzkon, Zarafshon daryosining quyi qismidagi Dengizko`l, Somonko`l, Kuntako`l, SHo`rko`l, Qoraqir, Hojiobko`l; Farg`ona vodiysidagi Axsikentko`l, Damko`l; Quyi Amudaryodagi Sariqamish, Karp, Ziyko`l, Abilko`l, Oqko`l, Sudochhe, Bo`zatovko`l, Zokirko`l, Tubonko`l va boshqalar. Bu ko`llar kichik bo`lib, maydonining kattaligi bir necha yuz gektardan 10,0 km2 gacha yyetadi.
- O`zbekiston hududidagi eng katta tektonik yo`l bilan vujudga kyolgan ko`l — Orol dengizidir.Orol dengizi — Turkistondagi eng katta ko`l bo`lib, suv satxi 53,4 m. bo`lganda maydoni 66,1 ming kv. km, o`rtacha chuqurligi 16,1 m., eng chuqur yyeri 69,0 m, eng uzun yyeri 492 km, eng keng joyi 292 km, o`rtacha sho`rligi 10—11°/oo, suv hajmi 1062 km3 edi.
- Orol ko`lining hamma qirg`oqlari bir xil emas. Uning shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy qirg`oqlari tekis va past. Aksincha, g`arbiy qirg`og`i baland va tik. Chunki Orolning g`arbiy qirgoriga Ustyurt balandligini sharqiy jarligi (chinklari) tik tushgan. Ba`zi yyerlarda Ustyurtning chinklari Orol dengizidan 190—195 m. balandlikda turadi. Orol dengizining shimoli-sharqiy, sharqiy va janubiy qirg`oqlari past, egribugri bo`lib, qo`ltiqlari, kichik orollar juda ko`p. Orolda 313 dan ortiq katta va kichik orollar mavjud. Ularning eng kattalari — Ko`korol, Vozrojdeniye, Borsakelmas orollaridir.
Dostları ilə paylaş: |