Sohibqiron Amir Temur ulug' zot sifatida.
Ma'lumki, Sohibqiron
Amir Temur qalamiga
mansub
"Temur
tuzuklari"
asari
buyuk
bobokalonimiz tarixini o'rganishdagi asosiy
manbalardan biri hisoblanadi. Ushbu asar- siz
Sohibqiron va uning davri haqidagi bilimlarimiz
sayoz bo'lib qolar edi. Sohibqiron bobomiz
shunday degan ekanlar "Yozilgan narsa avlodlar
xotirasida
qilingan
ishdan
ham
uzoqroq
yashaydi". Shu hikmatning isboti o'laroq,
"Temur tuzuklari" ne-ne taloto'plarni
boshdan
kechirib, avlodlarga etib keldi. Ma'lumotlarga
ko'ra, bu asarning asl nusxasi turkiy tilda
yozilgan. Ammo bizning davrimizga qadar uning fors tilidagi nusxalari saqlanib qolgan. Ushbu
nodir asar o'tgan asrning 60-yillarida sharq tillarining bilimdoni Alixonto'ra Sog'uniy tomonidan
o'zbekchaga mahorat bilan o'girilgan. O'sha tahlikali zamonda "Temur tuzuklari"ni xalqqa
qaytarish - qilich tig'iga barmoq urishdek xatarli edi. Buning uchun chinakam temuriy jasorat va
jur'at lozim edi.
Ajdodlari asli andijonlik to'ralardan bo'lgan Alixonto'ra Sog'uniy Bolosog'un shahrida,
Shokirxonto'ra xonadonida 1885 yil 21 martda dunyoga kelgan. "Sog'uniy" taxallusi Bolosog'un
shahri nomidan olingan.
Diniy va dunyoviy ilmlarni chuqur egallagan. O'ttizinchi
yillarga kelib, Sharqiy Turkistonga
o'tib ketadi. U yerdagi milliy-ozodlik harakatiga boshchilik qiladi. 1944 yil 12
noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e'lon qilinib, Sog'uniy muvaqqat inqilobiy hukumat
raisligiga saylanadi. Milliy qo'shin tashabbuskori bo'ldi va unga qo'mondon etib tayinlandi.
Ulkan g'alabalari evaziga Alixonto'ra Sog'uniy marshal unvoniga sazovor bo'lgan. Taqdir
taqozosi ila Alixonto'ra Sog'uniyning so'nggi 30 yillik umri Toshkentda o'tdi.
Ahmad Donishning "Navodir ul-vaqoe", Darvesh Ali Changiyning "Musiqa risolasi"
shuningdek, "Temur tuzuklari" kabi asarlar Sog'uniy hazratlarining
tarjimasi orqali xalqimizga
yetib bordi. U "Devoni Sog'uniy" she'riy to'plami, "Shifo ul-ilal" ("Xastaliklar davosi"), "Asosul
islom" ("Islom asoslari"), "Turkiston qayg'usi" asarlarining ham muallifidir. Ayniqsa, islom
olamida katta shuhrat qozongan "Tarixi Muhammadiy" asari orqali Sog'uniy hazratlarining nomi
mangulik daftariga yozilganligi shubhasiz. Shu o'rinda ko'pchilikning diliga bir savol keladi:
"Nega shu paytga qadar Alixonto'ra haqida hech narsa bilmaganmiz?" Negaki, mustabid tuzum
bundan manfaatdor emasdi, millatimiz ulug'larini tan olish - ular uchun mag'lubiyatga teng edi.
Buyuk Istiqlol o'z ulug'larimizni tanish va ular hayotini o'rganish imkoniyatini berdi.
O'sha qaltis zamonda "Temur tuzuklari"ni tarjima qilish hazrat Sog'uniyga nima uchun zarur
bo'lgan edi? Bu haqda alloma faxr bilan shunday so'zlarni yozganlar: "Ulug' bobomiz sohibqiron
Amir Temur hazratlarining "Temur tuzuklari"ni o'z merosxo'rlari - kelajak bo'g'inlarimizga
asliday qilib qaytardim. Inshoalloh, bu kitob nashr qilinib, ko'pchilik xalqimizga yetib boradi va
ular ongida kimlar naslidan ekanligini bildirib, shonli-sharafli Vatanining
haqiqiy tarixidan bir
lavha bo'lib xizmat qiladi". Hatto, yuz bergan mushkulotlar ham 80 yoshdan oshgan nuroniy
zotni ahdidan qaytara olmaydi. Chunonchi mashaqqatli tarjima yakunlangan kunlarning birida
kelgan mehmon qo'lyozmaga qiziqib qolib, o'qishga so'rabdi. Alixonto'ra mehmonning yuzidan
o'tolmay qo'lyozmani qo'liga beribdi.
Ertasi u kishi kelib, qo'lyozma yo'qolganini,
parishonxotirlikda taksida qoldirib ketganini aytibdi. Hammalari Toshkentdagi barcha taksi-
motor parklariga borishib, kitobga katta suyunchi belgilashibdi. Ammo qo'lyozma topilmabdi.
Shundan keyin Alixonto'ra to'rt oy deganda boshqatdan tarjima qilibdi.
Xullas, 1967 yilda "Guliston" oynomasida "Temur tuzuklari"ning chop etilishi,
bulutsiz osmonda
chaqin chaqqandek favqulodda voqea bo'ldi. Sho'ro ma'murlari jurnalda "Temur tuzuklari"ning
oxirgi qismi chop etilishiga ham toqat qilolmay, uni to'xtatib qo'yadilar.
"Tuzuklar"ning bosilishidan tug'ilgan vahimalar bosilmay turiboq, Tojikistonda chiqadigan
"Sadoi Sharq" jurnalida o'zini "olim" sanovchi ikki kimsaning maqolasi bosiladi.
Maqolada
"Tuzuklar"ga nisbatan g'arazli va o'ta kaltafahmlarcha salbiy munosabat bildirilgan edi. Bu
maqola "Guliston" jurnaliga jiddiy ayblar qo'yayotganligi sababli, jurnal xodimlari uni hazrat
Sog'uniyga ko'rsatishga majbur bo'ladilar. Alloma maqolani jim tinglaydida, javobiga bir
haftadan so'ng kelishlarini tayinlaydi. Aytilgan
vaqtda jurnal xodimi kelib, hazrat Sog'uniy
yozgan javob xatini oladi. "Oltin kitob himoyaga muhtoj emas, ammo..." deb nomlangan ushbu
javob, ta'bir joiz bo'lsa, temuriy zarbaning ilmdagi aksi edi! O'n bir varaqli, keskin va fosh
etuvchi javobni bitishda yuzlab noyob ilmiy manbalardan foydalanilgan edi. Javob xati ushbu
bayt bilan nihoyalangan:
Dostları ilə paylaş: