Bajardi: A. Sultonov Qabul qildi: M. Gaybullayeva Qishloq xo’jaligida ekologiya. Reja



Yüklə 403,5 Kb.
səhifə1/3
tarix09.04.2023
ölçüsü403,5 Kb.
#95258
  1   2   3
ABBOSXON 21 13 — копия


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI


EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH
(fanidan)

MUSTAQIL ISHI


MAVZU: Qishloq xo’jaligida ekologiya.
Bajardi: A. Sultonov

Qabul qildi: M. Gaybullayeva


Qishloq xo’jaligida ekologiya.


Reja:
1. Qishloq xo’jaligi ekinlaridagi nitratlarni aniqlash.
2. Turli joylarda o’suvchi o’simliklarning morfologik
Farqlari.
3. O’simliklar yosh tuzilasini aniqlash

Keyingi yillarda qishloq xo’jaligida kimyoviy moddalarning ko’p qo’llanilishi natijasida tuproq tarkibidagi nitratlar miqdori oshib bormoqda va bu holat o’simlik mahsulotlari tarkibida nitratlar miqdorini oshib ketishiga sabab bo’lmoqda. Bunday mahsulotlarni iste’mol qilgan kishilar salomatligiga putur yetmoqda. Shuning uchun o’simliklar tarkibida to’planadigan nitratlar miqdorini aniqlash ekologik monitoring va ekspertizaning asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. O’simliklarning boshlang’ich rivojlanish fazalarida va o’simliklar ovqatga ishlatilganda nitratlar miqdori nazorat qilinadi. Kuzga kelib nitratlar miqdori kamayadi. Poya, barg bandi va asosiy barg tomirlari nitratlarga boy va shuning uchun nitratlarni bu organda aniqlash kerak. Reproduktiv meva organlarda va merestematik to’qimalarda nitratlar yo’q.


O’simlik analizi tuproq analiziga qaraganda mineral oziq elementlar bilan ta’minlanganlik darajasini aniqroq ko’rsatadi. O’simliklarda elementlarning solishtirma miqdori ularning tuproqdan o’simlikka o’tish tezligi va o’sish sur’atiga bog’liq. Shuning uchun elementlarning olib chiqib ketishini element miqdorini o’simlik quruq massasiga ko’paytirish bilan topiladi va keyin kg/ga da ifodalanadi (bir gektardagi o’simliklar soniga hisoblash yo’li bilan). Oziqlanishning balanslashganlik darajasini aniqlash uchun elementlar o’rtasidagi nisbat hisoblanadi. Har qaysi nisbat bu yoki u ekindan yuqori hosil uchun olingan qiymatlar bilan taqqoslanadi. O‘simliklaming mineral oziqlanishida o‘g‘itlami berish muddatlari alohida o‘rin tutadi. Qishloq xo‘jaligida o‘g‘itlami ekishdan oldin, ekish bilan birga va ekishdan keyin berish usullari qo’llaniladi.
Odatda ekishgacha o‘g‘itlaming 2/3-3/4 qismi beriladi. Bu hol o‘simlikni butun vegetasiyasi davomida oziq elementlari bilan tanlanishiga olib keladi. Chunki bu holda tuproq mahsuldorligi va biologik faolligi ortadi hamda fizik va fizik-kimyoviy xossalari yaxshilanadi. Bizning respublikamizda o‘g‘itlarni ekishdan oldin, ya’ni kuzgi va bahorgi shudgorlashdan oldin beriladi. Shudgorlash bilan birgalikda ohak, azotli, fosforli va kalsiyli o‘g‘itlar beriladi. O‘g‘itlarni ekish bilan birga berilganda yosh o‘simliklarning mineral oziqlanishi birmuncha yaxshilanadi. Bunday o‘g‘itlashda odatda yaxshi eriydigan va yengil o‘zlashtiriladigan o‘g‘itlar qo’llaniladi. Masalan, urug‘ unganidan keyingi ikki hafta mobaynida maysalar fosforga nisbatan o‘ta talabchan bo’ladi. Shuning uchun ekish bilan birga 5-20 kg/ga miqdorda superfosfat yoki ammofos solinadi.
O‘g’itlami ekishdan so‘ng berish o‘simliklar mineral oziqlanishini uning vegetatsiyasining nisbatan muhim fazalarida o‘sish va rivojlanishini yaxshilash uchun qo’llaniladi. Masalan, g‘o‘za uchun azotli o‘g’itlar besh xil muddatda beriladi, ya’ni ekishdan oldin, 3-4 haqiqiy barglar fazasida, shonalash, gullashdan oldin va ommaviy gullash fazasida. Azotli o‘g‘itlami ommaviy gullashdan so‘ng berish g‘o‘zani g‘ovlab ketishiga va hosilning pishishini kechikishiga sabab bo’ladi. Qishloq xo‘jaligida o‘simliklami ildizdan tashqari-barglar orqali oziqlantirish ham keng qo’llaniladi. Masalan, kuzgi bug‘doylar sutli urug‘ fazasida azot (mochevina) bilan oziqlantirilsa donlar tarkibidagi oqsil miqdori 0,5-1,0% ortadi. Qand lavlagi barglariga fosforli-kaliyli o‘gitlami sepish qandlaming barglardan ildizlarga harakatini jadallashtiradi va buning natijasida ildiz mevadagi qand miqdori 1-2% va hosildorligi ortadi.
Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini doimiy ravishda mineral oziq bilan ta’minlash uchun fosforli va kaliyli o‘g‘itlarning 2-3 yillik miqdorini birdaniga shudgorlashdan oldin solish mumkin. Masalan, fosforit unini birdaniga 1,5-3 t/ga miqdorida berish tavsiya qilinadi. Mineral o‘g‘itlami berish usullari ob-havo va tuproq sharoitlari, tuproqning hosildorligi va ekinning agrotexnikasi bilan bog‘liq. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ekinlarni faqat ilmiy asoslangan holda o‘g‘itlashgina o‘simliklardan ulaming biologik normasi darajasi miqdorida hosil olishga yordam beradi. O‘simliklami ulaming talabidan ortiqcha miqdorda o‘g‘itlash nafaqat hosildorlikning oshmasligiga balkim hosilning sifatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Masalan, o‘g‘itIaming yuqori miqdori urug‘laming boshlangMch o‘sish jarayonlarini sekinlashtiradi va ildizning hosil boiishini kechiktiradi. Karam o‘simligini ortiqcha azot bilan oziqlantirish uning barglarida qand miqdorining pasayib ketishiga olib kelishiga hamda saqlanish muddatlari va sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Sabzavotlar tarkibida nitratlaming eng ko‘p miqdori suvli og‘irlikga nisbatan quyidagicha bo’lishi mumkin: kartoshkada 86 mg/kg, karamda, bodring va pomidorda 150 mg/kg. Shuni aytib o‘tish zarurki insonlarning oziq-ovqat ratsionida nitratlaming bir kunlik miqdori 405 mg dan oshmasligi zarur. Ayrim hollarda qishloq xo‘jaligi sabzavot ekinlarini, xususan, tarvuz va qovunlarni azotli oziqlantirishda o‘simliklarga gullashdan so‘ng ham nitratlar beriladi. Bu esa ularning bevosita poliz ekinlari mevasida ko‘plab to‘planishiga olib keladi va insonlar salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.

O‘simliklar olami vakillarining turli sharoitga moslashishlari natijasida turli formalar vujudga kelgan. Aristotel davridan O‘simliklar tashqi qiyofalariga qarab «daraxtlar», «butalar», «chala butalar» , «o‘t o‘simliklar» va suvda «o‘suvchi o‘simliklar» nomi bilan atalib kelingan. Bu atamalarga qo‘shimcha «o‘tsimon», «daraxtsimon», «boshoqli», «turli o‘tlar» kabi so‘zlar ham ishlatiladi. O‘simliklar ekologik formalarini farqlashda «gidrofit», «mezofit», «kserofit», «galofit», «ekobioforma», «biologik tip», «o‘sish formasi», «epimorfa» kabi atamalar ham ishlatilib, ular asosan o‘simliklar tashqi qiyofasi haqida ma’lumot beradi. O‘simliklar hayotiy formalarining klassifikatsiyasi K.Raunkiyer bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:


1. Fanerofitlar ( P ). Daraxtlar, butalar, lianalar, epifit o‘simliklar bo‘lib, ularning qaytadan o‘sish kurtaklari havo novdalarda yer yuzasidan 30 sm. dan yuqori joylashgan;
2. Xamefitlar (Ch). Unga baland bo ‘lmagan o ‘simliklar, butalar, chala butalar, ularning o‘sish kurtaklari, qishlovchi novdalarning uchida, yer yuzasidan 20-30 santimetr yuqori joylashgan bo‘lib, qishlashi qor ostida o‘tadi;
3. Gemikriptofitlar (H). Ko‘p yillik o ‘simliklar, ularning asosiy yer usti qismlari qurib, yerga tushib, yer ustida joylashgan qayta o ‘sish kurtaklarini berkitadi;
4. Kriptofitlar (K). Bu guruhga juda turli-tuman o‘simliklar kiradi. Ularning qayta tiklanish kurtaklarini va qiyofasini o ‘zgartirgan novdalar uchlari yer ostida yoki boshqa substratlar tagida joylashgan;
5. Terofitlar (Th). Terofitlar asosan bir yillik o‘simliklar bo‘lib, quruq yoki sovuq davrlami spora yoki urug‘ formasida o‘tkazadi. Ular noqulay sharoitni effektiv o ‘tkazish uchun morfologik va fiziologik jihatdan yaxshi moslashgan. Raunkiyer uslubi bo‘yicha, ko‘plab o‘simliklar jamoalarining hayotiy formalarini solishtirib chiqish mumkin. Raunkiyerning klassifikatsiyasi o‘simliklarni yuqorida keltirilgandek ekologik izohlash uchun juda ham qulay. O‘simliklar guruhlarida ularning soni, jamoa ichidagi ahamiyati va tur, uning vakillari ham inobatga olinadi.
Poyaning bargli qismi novda, uning barg o‘mashgan qismi esa bo‘g ‘im deb ataladi. O‘simlikning har qanday kurtagi uch qismdan; o‘sish nuqtasi, barglar va qo’ltiq kurtaklaridan iborat. Bir bo‘g‘im bilan ikinchi bo‘g‘im o’rtasidagi masofa bo‘g‘im oralig‘i deyiladi. Bo‘g‘im oralig‘idagi masofaning katta-kichikligiga qarab, uzun yoki qisqa novdalar farqlanadi. Barg bilan novda orasidagi burchak barg qo‘ltig‘i deb ataladi. Har qanday o‘simlikda asosiy novda boshlang‘ich poyaning urug‘ kurtagidan taraqqiy etadi.
Barg o‘simlikning fotosintez, transpiratsiya va gaz almashuvi singari muhim fiziologik jarayonlari sodir bo‘ladigan hayotiy muhim a’zosi hisoblanadi. Bu uch hayotiy muhim vazifadan tashqari ayrim o‘simliklarning bargi oziqa moddalar to‘planadigan o‘rindiq va vegetativ ko‘payish vazifasini ham bajaradi. O‘simlikning har qanday organi ham barg singari o‘zgaruvchanlik qobiliyatiga ega emas.
Gulli o‘simliklaming o‘sish konusining uch qismidan bir qadar pastroqda yon hujayra qatlamlari vujudga keladi. Bu qatlamlar o‘sish konusining birlamchi bo‘rtmalari bo‘lib, ularda vaqt o‘tishi bilan barg shakllanadi. Bargning hosil bo‘lishida korpus va tunuka hujayralari ishtirok etadi. Tunuka o‘sayotgan poyaning o‘sish nuqtasidagi 1-4 qavat meristema hujayralaridan iborat. Bu hujayralar o‘sish konusiga nisbatan teskari yo‘nalishda bo‘linadi. Tunuka ostida joylashgan hujayralar kompleksi korpus deb yuritiladi. Uning hujayralari har tomonga turli yo‘nalishda bo‘linish qobiliyatiga ega.
Meristema to‘qimalarning bo’linishi natijasida dastlab bargning perferik (chet) qismi, shundan so‘ng, barg shapalog‘i hujayralarining bo‘linishi natijasida kattalasha boradi. Barg shapalog‘i shakllangach, u barg shapalog‘i va barg bandiga ajraladi. Ko‘pincha shu paytning o‘zida o‘simliklarda barg oldi barg va yon bargchalar ham hosil bo‘ladi.
Boshlang‘ich bargning uch qismidan barg shapalog‘i va barg bandi, pastki qismidan esa barg bandining poya bilan birlashadigan joyida barg qini hosil bo‘ladi. Barg bandi shapalog‘i to’liq shakllangandan so‘ng hosil bo‘ladi. Barg bandining yo‘g‘onlashuvi asosiy to’qim a hujayralarining bo‘linishi natijasida sodir bo‘ladi. Barg bandi shapalog‘ini quyoshning yo‘nalishiga qarab o‘zgartirib turish va bargning mustahkamligi vazifasini bajaradi. Bargda, odatda, o‘simlikning turiga ko‘ra, uning bir yoki bir nechta barg shapalog‘i bo‘lishi mumkin. Barg shapalog‘i, barg bandi, barg qini va barg oldi bargchalari bargning a’zolari hisoblanadi. Ular oddiy va murakkab barglarga bo‘linadi. Bir barg bandida bir barg shapalog‘i bo‘lsa, oddiy barg bir barg bandida uch va undan ortiq barg shapalog‘i joylashgan bo‘lsa murakkab barglar ataladi. Shuningdek barg, tomirlarining joylashuvi bilan ham farqlanadi O’simlik bargi morfologik tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab barglarga ajratiladi. Bargning morfologik xususiyatlari lupa yordamida o’rganiladi. Bargning eng muhim qismi yaprog’i hisoblanib, nashtarsimon, ovalsimon, tuxumsimon, yuraksimon, nayzasimon va boshqa shakllarda bo’ladi. Yaprog’ining qirqilish darajasiga ko’ra bo’lakli, chuqur bo’lakli va qirqilgan turlari ajratiladi. Yuqoridagi morfologik xususiyatlar kuzatilgandan so’ng chizg’ich yordamida barg yaprog’ining bo’yi, eni va qalinligi o’lchanadi. Tukchalar epidеrmaning tashqi dеvorining cho’zilishidan hosil bo’ladi. Ular bir hujayrali, ko’p hujayrali, o’lik, tirik, oddiy, bеzli va boshqa shakllarda uchraydi. Odatda qalin tuklar o’simlikni ortiqcha suv bug’latishdan va qizib kеtishdan himoya qiladi. qalin namatsimon tuklar tog’li rayonlarda o’suvchi o’simliklarni kеchasi va kunduzi kеskin o’zgaruvchan tеmpеraturadan saqlaydi. Lupa yordamida o’rganilayotgan o’simlik barglari qanday darajada tuklarga ega ekanligi, ya’ni tuksiz, siyrak tukli, yoki qalin tukli ekanligi so’zlar bilan ifodalanadi. Tashqi muhit ta’siri natijasida o’simliklar barglarining shakli o’zgarib, boshqa organlar shakliga kirishi mumkin.
Fitotsenozdagi muayyan turlarning har xil holatlardagi individlarning yig’indisi tsenopopulyatsiya deb ataladi. Uni agar gulli o’simliklar misolida ko’radigan bo’lsak, unga tuproqda o’z hayotchanligini yo’qotmagan urug’lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi. TSenopopulyatsiyaning tarkibiga ba’zan o’t o’simliklarning ikkilamchi tinim holatdagi yer osti organlari-ildizpoya, piyozbosh, tugunak kabilar ham kiradi. Shunday qilib, jamoaning turlar tarkibi-tsenopopulyatsiyalar yig’indisidir. Turlarning o’zi esa populyatsiyalar tizimidan iboratdir. Jamoada har turning tsenopopulyatsiyasi maydon birligiga to’g’ri keladigan soni va yoshlarning nisbatlari bilan farqlanishi mumkin. T.A.Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklar hayotini quyidagi asosiy yosh davrlarga ajratdi:


  1. Yüklə 403,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin