Bajardi: Abdusalomova Y. Qabul qildi: Zoxidov J. Qarshi – 2022



Yüklə 223,9 Kb.
səhifə4/8
tarix27.11.2022
ölçüsü223,9 Kb.
#70884
1   2   3   4   5   6   7   8
ALGORITM 1-MUSTAQIL ISH

Tezkor xotira ma’lumotlarni o’z muhitida nisbatan doimiy saqlash uchun mo’ljallangan. Tezkor xotiraning muhim xususiyatlaridan biri bu adreslanganligi hisoblanadi. Bu xotira yacheykalari massividagi har bir xotira yacheykasi birqiymatli o’z nomi (identifikatori)ga egaligini anglatadi. Ushbu nom yacheyka adresi deb ataladi.

Ma’lumotlar turi, ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi

Ma’lumotlar turi, ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi

Ushbu tushunchalar, o’xshash bo’lishi mumkin, lekin ularning ma’nosi har xil hisoblanadi.

Dasturlash tillarida o’zgaruvchining ma’lumot turi, ushbu o’zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlar to’plamini anglatadi. Ma’lumotlar turi natural va butun sonlar, haqiqiy (o’nlik kasr ko’rinishidagi) sonlar, satrlar, belgilar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

Ba’zi dasturlash tillarida har bir konstanta yoki o’zgaruvchilarning turini unga ta’minlangan qiymatning yozilishiga qarab kompilyator aniqlaydi. Masalan, o’nlik sonda qo’llaniladigan nuqta, haqiqiy son belgisi sifatida qabul qilinadi. Boshqa dasturlash tillarida esa, dasturchi tomonidan kirtilayotgan har bir o’zgaruvchining turi aniq ko’rsatilishi talab etiladi, va bu muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Dastur bajarilishi davomida o’zgaruvchining qiymati bir necha marta almashishi mumkin, lekin uning turi o’zgarmasligi kerak. Bu kompilyator o’zgaruvchi ustida bajariladigan amallarni uning tavsiflanishiga mos ravishda tekshirib chiqadi. Bu tekshirish to’liq dastur matni bo’yicha amalga oshiriladi va natijada dastur bajaradigan barcha amallar aniqlab olinadi.

Ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari – bu matematik model va shu model doirasida aniqlangan turli xil operatorlardir. Abstrakt ma’lumotlar turi bilan algoritmlarni ishlab chiqish mumkin, lekin ma’lum bir dasturlash tilida algoritmlarni qo’llash uchun ma’lumotlarning abstrakt turlarini ushbu dasturlash tiliga mos ma’lumotlar turi va operatorlar yordamida ishlab chiqiladi.


Yüklə 223,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin