Stekning tuzilmasi erkin foydalanish cheklanga nma’lumotlar tuzilmasi hisoblanadi, chunki faqat stekning cho’qqisida joylashgan elementdan erkin foydalanish mumkin bo’ladi. Bu element joriy element deb ataladi. Joriy elementning joyi to’g’risidagi axborot odatda stekning bosh uyasida joylashadigan stek cho’qqisining ko’rsatkichi (SCHK)da saqlanadi. Steklarni saqlash uchun ma’lumotlarni ham ketma-ket, ham bog’langantaqdimetishidanfoydalanishmumkin. Ketma-kettaqdimetishdanfoydalanganda
Stekning eng oxirgi o’lchamini bilish zarur. Ko’zda tutiladigan ushbu eng chekka o’lcham uchun moslab xotira zahiraga olinadi va uning ichida stek oshadi va qisqaradi. Blokning birinchi uyasi stek cho’qqisining ko’rsatkichini o’z ichiga oladi. Stek bo’sh bo’lganida ko’rsatkich o’zini-o’zi ko’rsatadi. Har bir yangi elementning kiritilganida cho’qqi ko’rsatkichi bir birlikka ko’payadi. 1.2-chizmada xotira bloke va unda joylashgan boshlang’ich stek, shuningdek kiritilgan va chiqarib tashlangan elementli steklar tasvirlangan. Stekdan erkin foydalanishni shunday qilib tashkil etish mumkinki, bunda cho’qqi ko’rsatkichining qiymati stek
Mavjud bo’lgan hamma vaqt davomida o’zgarmas bo’lib qoladi. Bunday holatda Erkin foydalanish har doim stek uchun moslab zahiraga olingan xotira blokining bitta uyasiga amalga oshiriladi. Shu uyaga cho’qqi ko’rsatkichi o’rnatiladi, unda stekning joriy (engyuqori) elementi saqlanadi. Element kiritilganida yoki chiqarib tashlanganida stekning barcha elementlari xotira blokining ichida mos ravishda pastga yokiyuqoriga siljiydi. Bunday holatda kiritish operatsiyasini «itarib kirgizish», chiqarib tashlash operatsiyasini esa - «itaribchiqarish» deyiladi.Shuning uchun tuzilmaning buzilishi uning xususiyatlari yo’qolishiga va oqibatda obyektning nomuvofiq ta’riflanishiga olib keladi.