Bajardi: aydarbayev eldos tekshirdi: kamalov maqsetboy



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü12,63 Kb.
#206922
1   2   3   4
eldos (2)

10. Agar: Oldingi tahrirga qarang. bunday tashish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan bo‘lsa; (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) tovar xususiyatiga ega bo‘lgan yuklar tovar-transport yuk xati bilan rasmiylashtirilmagan bo‘lsa yoki belgilangan tartibda tegishli sertifikatlarga ega bo‘lmasa; tashish uchun taqdim etilgan yuklar xossalariga ko‘ra bitta avtotransport vositasida birgalikda tashish uchun qo‘yilmasa; yuk yo‘l harakati xavfsizligiga xavf tug‘dirsa va Yo‘l harakati qoidalari talablariga javob bermasa yukni jo‘natuvchi (ekspeditor) yukni taqdim etmasligi, tashuvchi esa uni tashish uchun qabul qilmasligi kerak. 11. Yukni kuzatib borish shartnoma shartlariga muvofiq tashuvchi yoki buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Tovar-transport yuk xatida yukni kuzatib boruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi.

12. Yukni jo‘natuvchi yukni tashishga taqdim etishda uning narxini e’lon qilishga haqlidir. Yukning e’lon qilingan qiymati bo‘yicha tashuvchida shubha tug‘ilgan taqdirda u o‘z hisobidan ekspertlarni jalb qilishi va yukning real qiymati to‘g‘risida dalolatnoma tuzishi mumkin. 13. Buyurtmachi tomonidan yukni jo‘natuvchilar tomonidan tamg‘alanib idishsiz, uyum, to‘kilgan holda tashiladigan yuklar, shuningdek tez buziladigan yuklar narxi e’lon qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 14. Bahosi e’lon qilingan yukni tashishga taqdim qilishda yukni jo‘natuvchi uch nusxada yuk o‘rinlari ro‘yxatini tuzishi shart. Ro‘yxatning bir nusxasi yukni jo‘natuvchida qoladi, ikkinchi nusxasi — tashuvchida bo‘ladi. Uchinchi nusxasi yukni jo‘natuvchi tomonidan yuk o‘rnining ichiga solinadi. 15. Idishsiz, uyum, to‘kilgan holda, shuningdek konteynerlarda, konteyner-tsisternalarda tashiladigan yuklarni qabul qilib olish-topshirishda tovar-transport yuk xatida ushbu yuklar massasi ko‘rsatiladi.

16. Idishga solingan va donali yuklar yukni tashuvchi tomonidan tovar-transport yuk xatida yukning massasi va yuk o‘rinlari soni ko‘rsatilishi sharti bilan tashish uchun qabul qilinadi. 17. Idishli va donali yuklar massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan ular tashishga taqdim etilishigacha belgilanadi va yuk o‘rinlarini markalashda ko‘rsatiladi. Ushbu yuklarni tashishda bitta avtotransport vositasida tashiladigan yuk butun partiyasining umumiy massasi tarozida tortish yoki yuk o‘rinlari barcha massasini hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi. Yuklarning ayrim turlari uchun massa hisob-kitob yo‘li, o‘lchash yoki hajm massasi bo‘yicha aniqlanishi mumkin. 18. Yukni jo‘natuvchi tovar-transport yuk xatiga yuk massasini yozishi va, agar massa to‘g‘ridan to‘g‘ri tortilmasdan aniqlangan bo‘lsa, uni aniqlash usulini ko‘rsatishi kerak. 19. Yuklar yukni jo‘natuvchi tomonidan tamg‘alangan yopiq avtotransport vositasida yoki alohida seksiyalar, konteynerlar yoki tsisternalarda yoki konteyner-tsisternalarda tashilsa, yuk massasi yukni jo‘natuvchi tomonidan belgilanadi. 20. Notovar xususiyatga ega bo‘lgan yuk massasini aniqlashda yukni jo‘natuvchi tortish yo‘li bilan 5—10 avtotransport vositasini nazorat tartibida tortishni bajarishi, shundan keyin tegishli markadagi bitta avtotransport vositasidagi yukning o‘rtacha massasini aniqlashi zarur.


Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin