Bajardi: aydarbayev eldos tekshirdi: kamalov maqsetboy



Yüklə 12,63 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü12,63 Kb.
#206922
1   2   3   4
eldos (2)

21. Agar tashish uchun taqdim qilingan yukning idishi yoki o‘ramini sirtdan ko‘zdan kechirishda tashuvchi tomonidan yukning yo‘qotilishi, buzilishi yoki shikastlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar aniqlansa, yukni jo‘natuvchi nuqsonlarni bartaraf etishi yoki tashishda yukning saqlanishini ta’minlaydigan boshqa ishlarni bajarishi kerak. 22. Yukning massasi yoki sonini aniqlash yukni jo‘natuvchida va yukni oluvchida bir xil usulda amalga oshiriladi. Tashish uchun yukni qabul qilib olishda massani aniqlash uchun butun yukning og‘irligini tarozida tortish zarur. Yukning alohida qismlarini tortish yo‘li bilan uning umumiy massasini aniqlashga yo‘l qo‘yilmaydi. 23. Avtotransport vositalari taroziga soatiga 5 kilometrdan ortiq bo‘lmagan tezlikda yaqinlashadi. Avtotransport vositalari to‘xtamagan holda (yurgan holda) va dvigatel ishlab turgan vaqtda avtomobil tarozilarida tortish taqiqlanadi. Avtotransport vositasini taroziga qo‘yishda uning orqa o‘qi platforma chekkasidan 300 mm yaqinlikda bo‘lmasligi kerak. 24. Avtopoyezdlarni taroziga tortishda butun avtopoyezdni taroziga qo‘yish zarur. Agar platformaning o‘lchami butun avtopoyezdni qo‘yish imkonini bermasa, u holda avtotransport vositasi va tirkama alohida tortiladi. Bunda avtotirkamaning yakka shoti erga tegmasligi kerak. 25. Yuklarni idishda, o‘ramda yoki mayda partiyalar bilan tashishga tayyorlashda yukni jo‘natuvchi har bir yuk o‘rnini markalash huquqiga ega. Yukka tovar-transport yuk xatlari ma’lumotlari markalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Yukning xossasini ko‘rsatish va yukni ortish (tushirish), tashish yoki saqlashning maxsus shartlariga rioya etish zarur bo‘lganda yukni jo‘natuvchi maxsus markirovkani (manipulatsiya belgilarini) bosishi zarur. Ogohlantiruvchi yozuvlar, agar yuk bilan munosabatda bo‘lish usulini manipulatsion belgilar bilan ifodalash mumkin bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi.


Yüklə 12,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin