Bajardi: Babojonova Mahbuba Mavzu: Appikatsiya-amaliy san’at turi sifatida



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə4/7
tarix22.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#189077
1   2   3   4   5   6   7
Babajonova Mahbuba Tasviriy sanatga qiziqtirish

Applikatsiya ishini bajarishda ishlatiladigan kerakli asbob uskunalar. Asboblar ishlatilishiga mos bo‘lishi bilan birga estetik talabga javob berishi kerak. Ayrim kerakli ashyoni pap’e-mashe usulida qaychi qo‘yish uchun qalamdon yasash, mo‘yqalam qo‘ygichni esa qalin kartondan yasash mumkin. Applikatsiya uchun kerakli ashyo murakkab emas; qaychi, yelim uchun mo‘yqalam, oddiy qalam, qirqim uchun quticha, lattacha, gazeta qog‘ozi.

Qaychi – uchi to‘g‘ri, katta-kichik. Katta qaychi 14-20 sm, to‘g‘ri, uchi uchli va aylanaviy katta tasvirlarni qirqish uchun.

Kichik qaychi: 8-10 sm mayda detallarni qirqish uchun. Qaychi o‘tkir bo‘lishi kerak. Stakanga qaychi uchi pastga qaragan holda qo‘yilishi, do‘stiga uzatganda ham uchini ushlagan holda uzatish kerakligi, qaychi ko‘ndalangida qo‘lni silkitish, o‘qtalish mumkin emasligini bolalarga birinchi mashg‘ulot davomida tushuntirish lozim. Unda ko‘rsatish sifatida foydalanish mumkin emas.



Yelim uchun mo‘yqalam. Masalan: 2-3 ta mo‘yqalamga ega bo‘lish kerak. Applikatsiyaning mazmunining katta-kichikligiga qarab kerakli mo‘yqalamdan foydalaniladi. Katta hajmdagi applikatsiyaga uchi enli mo‘yqalam, mayda detallarga esa, kichik mo‘yqalamdan foydalanish maqsadga muvofiq. Mo‘yini tuzilishini saqlash uchun ish tugagandan so‘ng, mo‘yqalamni yaxshilab yuvib, artib, quritib, mo‘yini yuqoriga qilib qo‘yish kerak, mo’yqalam o’rnida paxta o’ralgan tayoqchadan foydalansa bo’ladi. Mashg’ulotdan keyinpaxta olib tashlanadi.

Mo‘yqalam qo‘ygich – yelim ishlatishda yelimning ortiqchasi surkalib ketmasligi, stolni iflos qilmasligi uchun ishlatiladi.

Qalam. Masalan: tasvir konturini chizish uchun oddiy, M va TM (yumshoq, yarim yumshoq) qalam ishlatiladi. Ularning uchi ko’p ochilmagan bo‘lishi lozim. Ish jarayonida kontur chizishda ruchka va ximiyaviy qalamni ishlatish mumkin emas.

Yelim uchun idish – yelim kichik idishchalarga solingan bo‘ladi, buning uchun plastmassa idishlar, sopol taqsimchalar tanlanadi. Ishlatib bo‘lingandan so‘ng tezda yuvib qo‘yish kerak.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin