Maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan applikatsiya mashg‘ulotlari bolalarning sezish qobiliyatlarining rivojlanishiga, ta’sir etib, ularni estetik jihatdan tarbiyalashni va ijodiy faolligini shakllantirishga, shuningdek, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularda harakterning irodaviy xususiyatlarini vujudga kelishiga ta’sir etadi. Applikatsiya mashg‘uloti jarayonida bola rang va uning rang tusi bilan tanishadi, mashq qiladi, shaklni va predmetni tuzilishini bilishga o‘rganadilar. Ritm va simmetriya haqida tushunchalari kengayib borib, qog‘oz varog‘ida mo‘ljallay olishga o‘rganadilar.
Bolalar applikatsiya faoliyatida rang va uning uygunlashuvi bilan juda ko‘p marta mashq qiladilar, shuning uchun ular ko‘plab rang va uning uyg‘unlashuvini tezda esda saqlab qoladilar va bir-biridan ajrata oladilar.
Applikatsiya mashg‘ulotlarida bolalar ko‘pincha geometrik shakllar bilan munosabatda bo‘ladilar, natijada ular tevarak-atrofdagi predmetlarda geometrik shakllarni abstrakt ko‘rinishini ko‘ra olishga o‘rganadilar. Murakkab tuzilgan shakllarni tuzilishini yaxshiroq tushunishga, ularni to‘g‘ri tahlil va sintez qilishga o‘rganadilar. Bolalar geometrik shakllar bilan tanishishlari jarayonida hali o‘zlariga tanish bo‘lmagan figuralarning nomini to‘g‘ri aniqlashga o‘rganadilar. Masalan, bolalar shaklning burchaklarini sanab uning 3 ta yoki 4 taligi asosida uchburchak va to‘rtburchak, keyinchalik ularning o‘zlari mustaqil ravishda ko‘pburchak kabi shakllarning nomini bilib boradilar.
Applikatsiya mashg‘ulotlari bolalarda kattalik va fazoni mo‘ljallash bo‘yicha olgan tasavvurlari va qog‘oz betini to‘g‘ri mo‘ljallay olish kabi o‘quvlari rivojlanadi. Bolalar shaklni yopishtirishni, yelimsiz aloqa qilishlari natijasida bu shaklni mantiqiy va ritmik holida joylashtirishga o‘rganishlari, asosan o‘rtasida, o‘ngda, chapda, yuqorida, pastda, orqada, qarama-qarshi tamonda, atrofida kabi so‘zlar bilan tanishib oladilar. Bolalarni qog‘oz betidagi nuqtada orentirovka qilishga o‘rgatish – bolalarni maktabda muvaffaqiyatli o‘qishlarini asosiy shartlaridan biridir.