Bajardi: Babojonova Mahbuba Mavzu: Appikatsiya-amaliy san’at turi sifatida



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə6/7
tarix22.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#189077
1   2   3   4   5   6   7
Babajonova Mahbuba Tasviriy sanatga qiziqtirish






















Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak aplikaytsiya ishda ikki bosqichdan foydalaniladi. Oldin tayyorlangan qog'ozdan umumiy kontur qirqiladi. So'ngra uning detallari, masalan, oyog'i yoki suzgichlari qirqiladi. Ba'zi vaqtlarda siluet qirqish oldindan chizilgan kontur asosida qirqiladi. Bu narsa ko'proq murakkab o'simlik elementlaridan dekorativ shakllar tuzishda qo'llaniladi. Bu guruhda qog'ozni ikkiga buklab, qirqishning murakkabroq usuli bilan tanishtiriladi. Masalan, archa, odam, hayvon shakllari. Yana bu guruhda qirqishning murakkab usuli - qog'ozni bir necha marta buklash orqali qirqishga o'rgatish usuli o'rgatiladi. Bu usul salfetka, qor parchalari hosil qilishda qo'llaniladi.

Tarbiyachi bolalarga qog'ozni qanday buklash kerakligini, qirqish yo'llarini ko'rsatib beradi. Bu usuldan bolalar keyin dekorativ applikatsiya mashg'ulotlarida foydalanadilar. Bu guruhda hali mazmunli applikatsiya qilish davom ettiriladi. Bunda bolalarni shakllarni to'g'ri joylashtirib, yopishtirishga o'rgatadilar. Oldin umumiy fon, keyin uzoqdan joylashgan, o'rtada va oldinda joylashgan predmetlar yopishtiriladi. Tayyorlov guruhida applikatsiya jamoa ishi sifatida berilishi mumkin. Masalan, «Egri va to'g'ri» ertagida bolalar to'rttadan bo'lib, har bir guruh shu ertakdan ma'lum bir ko'rinishni bajarishlari mumkin. Bolalar shu ko'rinish elementlarini qirqib, joylashtirib qurganlaridan so'ng uni qanday ketma-ketlikda yopishtirish kerakligini aniqlaydilar. Biri yelim surtadi, ikkinchisi uni joylashtiradi, uchinchisi latta bilan mahkam yopishtiradi.

Bu ish bolalarni o'rtoqlik, jamoatchilik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.Maktabgacha ta'lim muassasasining hamma guruhlarida ixtiyoriy applikatsiya mashg'ulotlari o'tkaziladi. Lekin o'rta guruh bolalariga o'ylagan mazmunlari asosida tayyor shakllar beriladi. Katta guruhlarda bolalar o'zlari o'ylagan mazmunlari asosida qirqadilar. 6-7 yoshdagi bolalar oldindan qiladigan ishlari mazmunining eskizini oddiy qalam bilan chizib olishlari, keyin esa shu eskizning detallarini applikatsiya qilishlari mumkin.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin