i, u, e, o', o, a unlilarini talaffuz qilib ko'ring. Ularning bir guruhini (u, o\ o,) talaffuz qilganingizda lab oldinga qarab cho'chchayadi, a, e, i unli tovushlarini talaffuz qilganingizda esa lab o'z holicha qoladi. Demak, unlilarning bir guruhida lab ishtirok etadi, boshqalarida esa qatnashmaydi.
Bundan tashqari, a unlisini talaffuz etganingizda og'iz katta ochiladi. Til gorizontal holda pastki jag' ustida yotadi. /', u unlilarini talaffuz etganingizda esa, og'iz ozgina ochila-di, tilning o'rtasi esa yuqori tanglayga qarab ko'tariladi. Yu-qorida sanab o'tilgan ikki belgi:
a) labning ishtiroki;
b) og'izning ochilish darajasi (tilning ko'tarilishi darajasi) hozirgi o'zbek adabiy tili unlilari tasnifi uchun asos bo'ladi. Bunga ko'ra unlilar dastlab ikkiga bo'linadi:
1) lablangan unlilar (u,o,o’); 2) lablanmagan unlilar (e, a, i). Bu jihatdan o unlisi oraliq holatda qoladi.
Og'izning ochilish darajasi belgisiga ko'ra esa uch darajaga bo'linadi:
a) tor unlilar (til o'rtasining tanglayga tomon yuqori ko'tarilishi natijasida hosil bo'ladi. Shuning uchun yuqori ko'tarilish yoki yuqori tor ham deyiladi: u, i b) o'rta tor yoki o'rta keng unlilar: e, o' d) keng unlilar (quyi ko'tarilish yoki quyi tor): a, o. Savod o’rgatish davridayoq bolalar grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o’zlashtira boradilar, ya’ni ularga mavzu tushuntirilmaydi, nazariy ma’lumot berilmaydi. Bolalar og’zaki va yozma nutqni o’zlashtirish va yozma mashqlarni bajarish bilan o’quv yilining ikkinchi yarmida yoki keyingi sinflarda o’rganiladigan mavzularni o’zlashtirishga tayyorlanadilar.
Savod o’rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Omon, Tolib, Lola, Naima kabi juda ko’p ismlarni o’qiydilar va kishilarning ismlari bosh harf bilan yozilishini amaliy o’zlashtira boradilar. Bu bilan ular keyinroq o’rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozilishiga doir imlo qoidasini o’zlashtirishga tayyorlanadilar.