20. Quyidagi ta’kidlardan qaysi biri noto’g’ri ekanligini ko’rsating? A) Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish huquqiga ega.
B) O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi uch yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim negizida amalga oshiriladi.
C) Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.
D) Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
21. Quyidagi ta’kidlardan qaysi biri to’g’ri ekanligini ko’rsating? A) O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
B) Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinmaydi.
C) Boshlang’ich ta’lim bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
D) Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarida) ta’lim oluvchilar soni yig’irma besh nafardan oshmasligi kerak.
22. Umumiy o’rta ta’limning qaysi bosqichi ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi. A) boshlang’ich ta’lim B) tayanch o’rta ta’lim C) o’rta ta’lim D) o’rta maxsus ta’lim
23. ………………. – alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. A) Inklyuziv ta’lim B) Dual ta’lim
C) Eksternat tartibidagi ta’lim olish D) Mustaqil ta’lim
24. ……………………. - o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi. A) Inklyuziv ta’lim B) Dual ta’lim
C) Eksternat tartibidagi ta’lim olish D) Mustaqil ta’lim
25. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari to’g’ri keltirilgan javob variantini ko’rsating? A) davlat namunasidagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tasdiqlaydi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar berish tartibini belgilaydi.
B) ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish.
C) xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi;
D) ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; ta’lim sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi.