26. Ta'lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi asosiy hujjatni ko’rsating?
A) Ta’lim to’g’risidagi Qonun
B) Ta’lim muassasasining Ustavi
C) Ta’lim muassasasining yillik ISH REJASI
D) Pedagogik kengash ISH REJASI
27. Pedagogik tizimni boshqarishni insonparvarlashtirish tamoyilining mazmuni to’g’ri keltirilgan javobni ko’rsating?
A) Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish.
B) Pedagogik faoliyatda subyektning subyektga munosabati darajasiga erishish, o'quvchi va o'qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o'z iste'dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish.
C) Ta'lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma'muriyatning muntazam hisobot berishi, o'qituvchi va o'quvchilarga ta'lim muassasasi hayotiga oid o'z fikrlarini bildirishga imkon berish
D) Axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli bo’lishi, ta'lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma'muriyatning muntazam hisobot berishidangina iborat
28. Quyidagi ta’kidlardan qaysi biri noto’g’ri ekanligini ko’rsating?
A) Ta'lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg'unlashtirish ma'muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.
B) Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo'lganda, albatta, ma'muriy boshqaruv kuchayadi.
C) Qarorni qabul qilishda yakkahokimlik yondashuvi ma'qul bo'lsa, qarorning ijrosini ta'minlashda kollegial yondashuv ma'quldir.
D) Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a'zosining javobgarligini yo'qqa chiqarmaydi.
29. Hozirgi paytda pedagogik tahlilning qanday turlari ajratib ko’rsatiladi?
A) kundalik, tizimli va yakuniy tahlil B) oylik, choraklik va yillik tahlil
C) haftalik, choraklik va tizimli tahlil D) kunlik, xaftalik va oylik tahlil
30. Ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Ushbu ma’lumot qaysi ta’lim shakli mazmuniga tegishli?
A) Inklyuziv ta’lim B) Dual ta’lim
C) Eksternat tartibidagi ta’lim olish D) Mustaqil ta’lim
Dostları ilə paylaş: |