O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA – QURILISH INSTITUTI
QURILISHNI BOSHQARISH FAKULTETI
“Qurilishda menejment” KAFEDRASI
«Tarmoq iqtisodiyoti va Menejment » fanidan Taqdimot MAVZU:Strategik rejalashtirish .
TOSHKENT – 2019
4 1 2 3 5 Reja: Strategik rejalashtirish mohiyati, elementlari va bosqichlari;
Tashqi muhit omillari va tashkilotning ichki o’zgaruvchilarini baholash va tahlil qilish;
Strategiyani tanlash va amalga oshirish;
Strategik rejani amalga oshirishni boshqarish;
Strategiya va strukturaning o’zaro mosligini aniqlash va tahminlash.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Strategik rejalashtirish mohiyati, elementlari v bosqichlari.
Tashkilotlarda (korxona, firmalarda) boshqaruv jarayonining birinchi zanjiri bo’lib, rejalashtirish vazifasi turadi. Bu firmaning menejer korpusining ishi bo’lib firmaning maqsadlarini aniqlash, ularga erishishning yo’li va vositasi bilan bog’liqdir.
Rejalashtirish vazifalari quyidagi uchta savolga javob berishi kerak.
1)Hozirgi vaqtda bizning ahvolimiz qanday? Tashkilotni muhim sohalarda-moliya, ishlab chiqarish, marketing kabilarda kuchli va zaif tomonlari taxlil qilinadi. Bu taxlil firmaning real imkoniyatlarini aniqlash uchun kerak bo’ladi.
2)Biz qaysi yo’ldan yurmoqchimiz? qo’shimcha ravishda boshqa ichki muhit omillari taxlil qilinadi: iqtisodiy sharoitlar, texnologiya saviyasi, tashkilotdagi ijtimoiy va madaniy o’zgarishlar, tashqi muhitning ijobiy yoki salbiy tahsir ko’rsatishiga baho beradilar: raqobat sharti, qonunlar, siyosiy ahvol va boshqalar. Natijada rahbariyat qanday maqsadni ko’zlashni va unga erishishga nimalar halaqit berishini aniqlaydi.
3)Buni biz qanday qilib bajaramiz? Menejment umumiy va aniq doirada ishlovchilar quyilgan masalani echish uchun nimalar qilishi kerakligini aniqlaydi. Rejalashtirish yordamida rahbariyat barcha tashkilot ahzolari harakatlarini yagona yo’nalishga, uning umumiy maqsadiga erishishiga safarbar qiladi.