MOLIYAVIY REJALASHTIRISHNING MOHIYATI VA TAMOYILLARI, IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI
Reja:
1. Moliyaviy rejalashtirish haqida tushuncha, uning mohiyati va bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy rejalashtirish mazmuniving o`zgarishi. Tijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalarda moliyaviy rejalashtirish asosiy mohiyati.
Notijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchi muassasa va tashkilotlarda moliyaviy rejalashtirishning o`ziga xos xususiyatlari.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonida iqtisodiy-matematik modellardan foydalanish xususiyatlari.
Moliyaviy rejalashtirish haqida tushuncha, uning mohiyati va bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy rejalashtirish mazmunining o`zgarishi. Moliyaviy rejalashtirish - xalq xo`jaligini boshqarishning tarkibiy qismi bo`lib, davlat pul mablag`larni tashkil etish, taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish jarayonlarini rejali boshqarishdir.
Moliyaviy rejalashtirish xalq xo`jaligini rejalashtarish kabi, iqtisodiyotning proportsional va balansli ravishda rivojlanishi, birlamchi xalq xo`jaligi kompleksining hamma bo`g`inlaridagi faoliyatlarni koordinatsiyalash, ijtimoiy ishlab chiqarishda yuksak sur’atlarpi ta’minlash va xalqning moddiy farovonliggtsing to`xtovsiz o`sib borishini ta’minlashga yo`naltirilgan.
Moliyaviy rejalashtirishni asosiy ob’yekti - moliyaviy resurslardir. Ular jami ijtimoiy mahsulotning va milliy daromadning manbai bo`lib, ularning tarkibiga xalq xo`jaligining pul jamg`armalari, amortizatsiya ajratmalari, tashqi iqtisodiy aloqalardan tushadigan tushumlar va aholidan tushadigan daromadlar kiradi. Moliyaviy resurslarning tashkil topishi, taqsimlanishi va ishlatilishi kredit mablag`larning xarakati bilan, ishlash doirasi bir-biridan ajralishiga qaramay (ba’zan ular bir-birini to`ldira oladi va hattoki pul mablag`larini bir-biri bilan almashtira oladi), o`zaro bog`langan. Shuning uchun xalk xo`jalik tomonydan qarab chiqilganda moliyaviy rejalashtirish o`z ichiga kreditni rejalashtirishni ham oladi.
Moliyaviy rejalashtirishning asosiy maqsadi bo`lib - moliyaviy resurslar hajmining o`sishi va ularga bo`lgan ehtiyojlar ko`payishining mosligini ta’minlash; resurslarni tashkil topishi manbalarni ko`payishini mosligini ta’minlash; resurslarni tashkil topish manbalarni va shu manbalarni sarflashda konkret yo`nalishlarini aniqlash; halq xo`jalik sohalari va regionlar orasida ularning taqsimlanishini optimal va proportsional ravishda belgilash maydonga chiqadi.
Moliyaviy rejalashtirish dastlabki va jamlangan bo`lib, moliyaviy rejalarni tuzish va ijro etish orqali amalga oshiriladi.
Dastlabki rejalashtirishga korxonalarning, moddiy ishlab chiqarish tashkilotlarining, noishlab-chiqarish tashkilotlarining, xarajatlari to`liq yoki asosiy qismi davlat byudjeti yoki maxsus mablag`lar orqali qoplanadigan davlat muassasalarining rejalari kiradi.
Jamlangan moliyaviy rejalashtirish umumdavlat, tarmoq va territorial bo`ladi.
Hamma moliyaviy rejalar birlamchi tizimi davlat byudjeti orqali ta’minlanadi va davlatning asosiy moliyaviy rejasi deyiladi.
Byudjetni rejalashtirish deb - ma’lum bir rejali vaqt ichida moliyavny resurslarning miqdori, umumdavlat maqsadlarini amalga oshirish uchun davlat byudjstiga kelnb tushishini va sarflanishini aniqlaydigan jarayonga aytiladi.
Bnr vaqt ichida davlat byudjet siyosatini o`ziga xos xususiyatlari bilan bogliq byudjet tizimini ayrim bo`pshlari orasida taqsimlash va qayta taqsimlash ko`rsatkichlarini aniqlaydi.
Har bir byudjet xarajatlarining tarkibi ayrim davlat mahalliy hokimiyat organlari orasidagi davlat funktsiyalarini taqsimlanishiga bog`liq bo`ladi, masalan: daromadlarning tarkibi va hajmi - davlat soliqlar tizimi va soliqlar siyosatiga xos xususiyatlar, hamda byudjetni tartibga solish tizimining xususiyatlari.
Halq ho`jalik tizimida va rejalarni moliyalashtirishda asosiy o`rinni davlat orqali jamlangan moliyaviy balans - davlat byudjeti egallaydi. Unda bir-biri bilan moliyaviy-ashyoviy shaklida taqqoslab bo`lmaydigan hamma ijtimoiy ishlab chiqarishning mahsulotlari pul shaklida jamlanadi.
Balansli usul zarur bo`lgan hisobotlar orqali rejani real va balansli ekanligini tekshirib chiqishni, halq ho`jaliginnng rivojlaishiga kerakli umumiqtisodiy proportsiyalarig rioya qilishni, davlat byudjetini, tarmoqlar moliyaviy rejalarini, banklarni kredit va kassa rejalarini va umuman moliyaviy rejalar tizimini balans shartlari bilan ta’minlaydi.
Ijtimoiy sohalarning ko`pligiga, hozirgi zamonda bo`lib o`tayotgan o`zgarishlarning anchasi norma bo`lib qolgan va shundan kelib chiqqan holda rahbarlarning asosiy vazifalaridan biri bo`lib faoliyatlarini muvaffaqiyatiga ta’sir etadigan kutilgan va kutilmagan o`zgarishlarni bartaraf qilishdir. Bu o`z^arishlardan siyosiy o`zgarish, pulning qiymatini o`zgarishi, iqtisodiy va texnologik o`zgarishlar bo`lishi mumkin.
Oxirgi yillarda bu o`zgarishlarni tezligi o`sib bormoqda va ular keskin, kutilmagan bo`lib qolmoqda. Omillarning o`zgarishini aniqlovchi ro`yxat yetarli darajada bo`lib, har xil sharoitda o`zgarib boradi, shuning uchun u bilan foydalanishga yagona ishlash usuli bo`lishi mumkin emas. Har bir korxona o`z faoliyatini iqtisodiy ahvolini har tomoilama tahlil qilib, afzalliklarini va kamchiliklarini namoyon etishi hamda sharoitini tushunishi uchun imkon qadar ko`p izlanib o`rganishi shart.
Bu tahlil natijasida o`zgarishlarning tuzilishini aniqlab va zarur bo`lsa ularga ta’sir etish mumkin. Bu ishda asosiy ahamiyatga ega bo`lgan yo`nalishlardan biri - korxona moliyaviy ahvoli o`zgarishlarining hisobotini ishlab chiqishdir.
Moliyadan boshqa hech qanday sohada bu hodisalar sezilarli darajada bo`lmagan va moliyaviy menejerlarni xavf-xatar va noaniqlik holatida qoldirmagai.
Havf-xatarlik aniqlanishshsh baholash va rejalash mumkin, lekin noaniqliknn baholash va rejalash mumkin emas. Moliyaviy menejerlar rejaning mezonlarini bir hil qilib olisholmaydi, chunkn mezonlar sub’yektiv bo`lib, ularga ma’lum darajada tashqi sharoitlar ta’sir etadi. Ammo, rejalashtnrish hsch qachoi to`liq havfsizlikda bo`lishligiin ta’minlamaydi va inqprozning oldini olishga updaydi. Moliyaviy menejer quyidagi usullarni o`rganishi shart:
-aylanma kapitalga ta’sir etuvchi omillar: xom-ashyo, materiallarning bahosi, ishchilarning oyligi, sotuv bahosi, kredit shartlari, kapitalning aylanishi (pulning tovarga va qaytapulga aylanish davri);
-daromadga ta’sir etadigan omillar: oldingi va hozirgi soliq qonunlari, xorijiy valyuta kursi, raqobat;
-kapitalga, aktsioner kapitaliga, kreditga ta’sir etuvchi omillar: inflyatsiya va hukumat siyosati, foizlar stavkasi, to`lov balansi, kapitalga umumiy talab, investitsioi siyosat(masalan: aktsioner kapntalga qarashli mulk).
Iqtisodiy barqarorlik bo`lmagan sharoitda odatdagi rejalashtirish usullari doim ham foydali bo`lmasligi mumkin. Ularga tashqi sharoitlar ta’sirining yetarli emasligi xosdir. Egiluvchan tizimli rejalashtirish asosida, borgan sari ko`proq tashqi shartlarning rivojlanishiga taalluqli har xil takliflarga asoslangan faoliyat tadbirlari ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona rivojlanishining imkon bo`lgan yo`llarini o`rganib va ishlab chiqish uchun moliyaviy prognozlashtirish zarur. Uning asosiy vazifasi - kelajak davrda moliyaviy resurslar hajmini aniqlash, ularning manbalarini ifodalab va iloji boricha samaraliroq ishlatish yo`llarini belgilamoqdir.
Prognozlash, moliyaviy siyosatni amalga oshirishda paydo bo`layotgan sharoitlarni yaxshilab o`rganib va ko`rib chiqishga imkon yaratadi, ichki va tashqi sharoitlarni inobatga olgan holda tahlil qilib, korxonani moliyaviy va bozor sharoitida faoliyatini mustahkamlashga kelajakdagi moliyaviy strategayani aniqlaydi.
Korxona taraqqiyoti sharoitlarini tashkil etishda boshlang`ich bo`lib - prognozlashtirish (yoki istiqbolni belgilash) maydonga chiqadi. U o`z ichiga quyidagilarni oladi: