moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli
Normativ (me’yoriy) usul o`rnatilgan iqtisodiy norma va normativlardan foydalanishni talab etadi.
Matematik modellashtirish usuli real iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda turli moliyaviy modellarni tuzishdan iboratdir.
Tshrrslash usuli ilmiy-texnik, iqtisodiy, madaniy va boshqa omillarning jahon masshtabidagi rivojlanish tizimi bilan o`zaro taqqoslashdan iboratdir.
Moliyaviy rejalar moliya tizimining barcha zvenolarini o`z ichiga oladi va shu bilan birgalikda moliyaviy rejaning shakli, uning ko`rsatkichlari tarkibi moliyaviy tizimining mos zvenosidagi mazmunini aks ettiradi. Shunday qilib, tijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxona va tashkilotlar, daromadlar va xarajatlar balansini tuzadilar; notijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchi muassasalar esa - smetalarni tuzadilar; jamoa xo`jaliklar, shirkatlar umumjamoa birlashmalar va sug`urta kompaniyalari moliyaviy rejalar; davlat xukumati organlari esa - turli xil darajadagi byudjetlarni tuzadilar
Moliyaviy rejalashtirishning konkret masalalari moliyaviy siyosat orqali aniqlanadi. Bu aniqlash orqali rejadagi topshiriqlarni bajarish uchun kerakli bo`lgan pul mablag`larining hajmi va ularning manbalari, daromadlarning o`sish hajmi rezervlarining namoyon bo`lishi, xarajatlardagi iqtisodni; markazlashgan va markazlashmagan fondlar o`rtasida mablag`larni taqsimlashda samarali va eng qulay mutanosiblikni o`rnatishni; va boshqalarni ko`rish mumkin.
Ma’muriy boshqaruv tizimi sharoitida pul daromadlarining va yirimlarining taqsimlanishi va turkumlanishi, ularning markazlashgan va markazlashmagan fondlarda pul mablag`larining guruxdanishi direktiv rejalashtirish orqali aniqlanar edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalashtirish boshqaruv funktsiyasi sifatida, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatning barcha tomonlarining umumiy shaklini qabul qila olmaydi. Bundan kelib chiqqan holda, bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish jarayonida hamda tovarlar va xizmatlar realizatsiyasida xukmron va aniqlovchi usul bo`lib - pul, baho, qiymat qonuni, talab va taklif qonunini o`z ichiga olgan bozor mexanizmi bilan tashkil qiladi.
Bozor mexanizmining bunday muhiti rejalashtirish elementlari ishtirokida ishlab chiqarish va almashuv natijalarini aniqlovchi prognoz uslubiyoti amal qilishini aniqlab beradi.
Bozor iqtisodiyoti o`zining bosh omillari bilan amal qiladi, ya’ni tovarlar, ishchi kuchi, ssuda kapitallari bahosi bevosita tovarlar va xizmatlarga bo`lgan talab va taklif nisbatiga bog`liqdir. Bozorni o`rganish, uni tashkil qilish va rejalashtirishning elementlarini boshqarish marketing mazmunini tashkil qiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish sharoitida iqtisodiy islohotning amal qilishi boshqaruvning muhim va bosh funktsiyasi sifatida rejalashtirish o`rin egallaydi. Moliyaviy rejalashtirish bozor iqtisodiyoti talabalarini hisobga olgan holda yangi o`ziga xos belgi va tomonlariga ega bo`ladi.
Byudjet tomonidan moliyalashtirishda (xalq maorifi, sog`liqni saqlash va boshqalar) xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari ham bu xususiyatga egadir.
Ularning smetalarida direktivlik xarakteri kamayib, uzoq vaqt davomida iqtisodiy va ijtimoiy normativlarga asoslangan holda ko`rsatkichlarning hisob-kitobini to`triligini tasdiqlovchi belgalarga e’tibor qaratilmoqda. Smeta byudjet tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilot va muassasalarga qo`shimcha daromad olish maqsadida xo`jalik hisob-kitoblaridan foydalanish maslahat berilmoqda. Byudjetdan tashqaridagi mablag sifatida amal qiluvchi bu resurslar jamoaning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatini kengaytirishni ta’minlaydi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida qisqartirilgan shaklda-moliyaviy rejadan foydalaniladi. Moliyaviy reja daromad va harajat qismlarida (mayda va o`rta korxonalarda hamda boshqa shakllarda) bu daromadlar va harajatlar balansidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning rivojlanishida moliyaviy rejalashtirishga talab kamaygani yo`q. U avvalgiday ishlab chiqarish fondlarining kengaytirilgan doiraviy aylanishini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga, moliya-xo`jalik faoliyatida samaradorlikning yuqori ko`rsatkichlariga erishishga, korxonaning moliyaviy chidamkorligini va to`lovga qobiliyatini mustahkamlashga sharoit yaratib berishga qaratilgandir. Hozirgi paytda avvalgi direktiv rejalashtirish tizimi davriga qaraganda moliyaviy rejalashtirish sifatini oshirish maqsadga muvofiqtsir, chunki bozor munosabatlarida o`z faoliyatining samarasizligi, shu bilan birgalikda moliyaviy rejalashtirishda noto`g`ri hisob-kitoblarni yuritishda javobgarlikni korxonaning o`zi tortadi.
Yangi xo`jalik yuritish sharoitida o`zining katta rolini saqlab qolgan moliyaviy rejalashtirish o`z navbatida qayta qurilgan bo`lishi lozim. Uning mazmuni va amaldagi shakllari xo`jalikning yangi iqtisodiy sharoitlari bo`lgan o`zgarishlari bilan bog`liq holda amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda moliyaviy rejalashtirish bozorning kon’yukturasini hisobga olgan holda biror bir voqelikning bo`lish ehtimoli borligini va shu bilan birgalikda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning holatining o`zgarishini hisobga olgan holda korxonaning faoliyati asoslarini ta’minlamog`i lozim.
Moliyaviy va xo`jalik mustaqilligini mavjud sharoitida korxonaning o`zi mustaqil tarzda o`zining rejalarini ishlab chiqadi va, bunda uning yagona maqsadi-xo`jalikni yuqori samaradorlikka yetkazishdir. Shuning uchun ham moliyaviy rejalashtirishda katta e’tiborni korxona o`zining ichki rezervlarini to`liq namoyon qilishga, ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanishga, moddiy mehnat va pul resurslardan unumli foydalanishga, ishlab chiqarishni to`g`ri va yaxshi tashkil qilishga va boshqalarga qaratilgandir.
Bozor iktisodiyotiga o`tish bilan bog`liq o`zgarishlar moliyaviy rejalashtirish usullarida o`z aksini topadi. Agar yaqin vaqt ichida bozorning konьyukturasi va u bilan bog`liq korxonaning amal qilishi to`g`ri va aniq hisob-kitob qilingan bo`lsa, unda korxonaning taraqqiyoti uzoq muddatli jarayonlar orqali faqatgina prognozlashtiriladi.
Shuning uchun ham moliyaviy rejalashtirish, bir tomondan yaqin vaqt ichqtsa moliyaviy ko`rsatkichlarni aniq hisob-kitobiga va ularning belgilangan moliyaviy xujjatdagi balans bog`lanishiga qaratilsa, ikkinchi tomonda extimollik va ko`p variantlik xarakterga ega bo`lgan prognoz hisob-kitoblariga qaratilgandir.
Moliyaviy rejalashning yangi mazmuni bosh vositasini ham talab qiladi, ya’ni avval moliyaviy ko`rsatkichlarni hisob-kitobida foydalanilgan usullar qatorida, iqtisodiy matematik usullardan va modsllashtirishdan keng foydalanish zarurdir.
Bir yil davomida qamrab olingan moliyaviy jarayonlar o`z aksini korxonaning moliyaviy rejasida topadi.
Moliyaviy reja avvalgidek daromadlar va xarajatlar balansi shaklida daromadlarning va yig`imlarning kelib tushishi, mablag`larning sarflanishini aks ettiruvchi korxona moliya xo`jalik faoliyatining hamma tomonlarini aks ettiradi. Albatta, bunda balansning tuzilishi korxona faoliyatining barcha sohalari bo`yicha ishlab chiqilgan, ya’ni ishlab chiqarish, maishiy, investitsion, ijtimoiy va boshqa faoliyatlari bo`yicha reja hisob-kitoblaridan foydalanigani talab etadi. .
Ularga - tayangan holda korxonaning moliya bo`limi o`zining umumiy moliyaviy natijasini (foyda va zararni) va uning turli xil faoliyatining ulushini tashkil qiluvchilarni, ya’ni byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga to`lovlar, vosita korxona ixtiyorida qolgan sof foyda moliyaviy resurslar va ularning ishlatilishinib to`liq hisoblashi mumkin.
Daromadlar va harajatlar balansi bozor iqtisodiyoti sharoitida rioya qilish shart bo`lgan bir necha umumiy tamoyillari bo`yicha boshqarilishi kerak. Shuning uchun ham moliyaviy resurslardan foydalanishning aniq yo`nalishini aniqlayotgan paytda tushayotgan tushum darajasining farqini hisobga - olgan va xarajatlarni tanlash va bu orqali yuqori rentabellikni ta’minlash nazarda tutilmog`i lozim.
Uzoq muddatli sarf xarajatlarni tanlashda eng iqtisodli moliyalashtirish usullarni ko`zda tutmoq lozim.
Daromadlar va harajatlar balansini tuzayotgan paytda albatta korxona faoliyatiga kuchli ta’sir qiluvchi inflyatsiya jarayonini hisobga olish kerak. Ishlab - chiqarish xo`jalik faoliyatidan keluvchi foyda, ya’ni amortizatsiya ajratmalarning kelib tushishi, ishlab chiqarish sferasiga va ijtimoiy infratuzilmasiga keluvchi kapital qo`yilmalariga kelgan harajatlar, korxona uchun bajarilgan ishlar va ko`rsatilgan xizmatlarga to`lovlar, rezerv fondiga badallar inflyatsiya ta’sirida bo`ladilar. Shuning uchun ham daromadlar va harajatlar balansida inflyatsiyaning o`sish indeksini hisobga olgan holda ularning korrektirovkasini nazoratda tutmoq lozim. Korxonaning moliyaviy rejasida ko`rsatkichlarning umumiy doirasi bo`yicha reja hisob - kitoblarining yakuniy natijalari ko`rsatiladi. Bu ko`rsatkichlar turli hil moliyaviy resurslarning kelib tushishi va ulardan foydalanishning yo`nalishlarini xususiyatlaydi.
Korxonaning daromadlar va xarajatlar balansining mazmuni moliyaviy jarayonlarni aks ettirib, tarkibiy tuzilishi 4 ta bo`limdan iborat.
- bo`lim. "Daromadlar va mablag`larning kelib tushishi". Bunga barcha bankdan va davlatdan (byudjet va byudjetdan tashqari fondlar) kelib tushadigan mablag`lardan tashqari, korxonaning barcha moliyaviy resurslari kiradi. Bu bo`limning ko`rsatkichlari tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy faoliyatdan kelgan foyda, qimmatli qog`ozlar bo`yicha foizlar va dividendlar, ilmiy tadqiqot xarakteridagi shartnoma bo`yicha ishlardan keladigan daromadlar, amortizatsiya ajratmalari, hisobdan chiqarilgan mulkning sotilishidan tushgan mablag`lar va boshqalar.
- bo`lim: "Xarajatlar va mablag`larni ajratish". U o`zida ishlab chiqarishni kengaytirishga moliyaviy resurslardan foydalanishni, faoliyatning eng yaxshi natijalarini iqtisodiy rag`batlantirishni, operativ va boshqa xarajatlarni aks ettiradi. Bu bo`lim o`z ichiga quyidagilarni oladi: kapital qo`yilmalar, iqtisodiy qo`yilmalar, rivojlanish fondiga ajratmalar, qimmatli qog`ozlarni xarvd qilishga ketgan xarajatlar, turli xyl ajratmalar va boshqalar kiradi.
-bo`lim:"Korxonaning bank muassasalari bilan o`zaro kredit munosabatlari". Bunda korxonaning olgan ssuda bo`yicha qarzlari nazarda tutiladi, ularning qaytarilishi va kreditdan foydalanishi uchun foiz to`lovlari aks ettiriladi: Bu bo`lim 2 qismdan iboratdir: daromad qismida korxonaning olgan ssudalari aks ettiriladi, xarajat qismida - ularning vaqt bilan qaytarilishi va ulardan foydalanganlik uchun foiz to`lovlari aks ettiriladi.
4-bo`lim: "Korxonaning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar bilan o`zaro munosabatlari". Bu bo`limga bir tomondan byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan mablag`larning kelib tushish tartibi aks ettiriladi.
Notijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashkilot va muassasalar o`zlarining moliyaviy rejalarini mustaqil ravishda ishdab chiqadilar. Bunda byudjet mablag`lari. hisobiga moliyalashtirilgan muassasalar xarajatlar smetalarini tashkil qiladilar, o`zining talablariga nafaqat byudjet mablaklari hisobiga, balki moliyaviy resurslarning boshqa xil turlari bilan javob bergan tashkilot, muassasalar xarajatlar va daromadlar smetalarini ishlab chiqaradilar. Tijorat faoliyati bilan shurullanuvchi korxonalarning moliyaviy rejalaridan smetaning asosiy farqi shundan iboratki, smetada xarajatlar to`liq ko`rsatiladi, daromadlar esa turli xil manbalarning qismlaridangana namoyon bo`ladi.
Berilgan ma’lumotlarga ko`ra smetani tuzish uchun nazorat raqamlari hamda iqtisodiy normativlardan foydalaniladi.