Moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli



Yüklə 108,13 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü108,13 Kb.
#204847
1   2   3   4   5
moliyaviy rejalashtirishning mohiyati va tamoyillari, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli

Birinchidan, aktsiya kursini, qurilishga berilgan litsenziyalarni buyurtmalarini hajmini, asbob uskunalarni yetkazib berish kabi bozor ko`rsatkichlarni sinchiklab kuzatish. Tegishli statistik qatorlar ko`piicha umumiqtisodiy o`zgarishlar to`g`risida ogohlantiradi.
Ikkinchidan, prognozlashtirish modellarining har biri iqtisod sohasining u yoki 6u tomonini ilmiy tavsifini bergan holda foydalanishni mo`ljallaydi Modsl ichiga dinamik (o`zgarishlarga boy) ko`rsatkichlar ham kirptiladi, shu qatorda fiskal amaliyotida yuz bernshi mumkin (ehtimoli) bo`lgan o`zgarishlar ham e’tiborga olinadi.
Natija bo`lib, kelgusi yilga iqtisodiy o`sish, mehnat va kapital bozorlarning ahvolini prognozi bo`lishi kerak.
Kon’yunkturaviy prognoz baholari siyosatchilarga kerak bo`lgani kabi, tadbirkorlar uchun investitsiyalar, mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va boshqa ko`rsatkichlar to`g`risida mo`ljal bo`ladi.
E’tibor berish kerakki, amaliyotda iqtisodiy prognozlashtirish baholarning to`g`riligini yetarli darajada ko`rsatib va tasdiqlab bera olmaydi, chunki yirik iqtisodiy o`zgarishlarni prognozlashtirish xizmati oldindan ko`ra olmaydi.
Prognozlashtirishga to`sqinlik qiluvchi omillardan biri iqtisodiy siyosatning mafkuralashtirilishidir.
Moliyaviy rejalashtirish jarayoni iqtisodiy ko`rsatkichlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Bunday iqtisodiy ko`rsatkichlar quyidagilardir: mahsulot chshlab chiqarish, tannarx, foyda va boshqalar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy rejalashtirish jarayonini amalga oshirish ancha qiyinchiliklarga, to`siqlarga duch kelinmoqda.
Moliyaviy rejalarni tuzish jarayoni asosan uch bosqichda olib boriladi:
Birinchi bosqich - o`tgan bazis yilida erishilgan hamma iqtisodiy. ko`rsatkichlar bo`yicha, masalan, ishlab chiqarish rejasi, mahsulot realizatsiyasi, tannarx, asosiy va oborot fondlarining foydalanish darajasi va shu kabilar bo`yicha chuqur iqtisodiy taxlil qilinadi.
Iqtisodiy taxlil jarayonida daromadlarning ko`paytirish yo`llari izlanadi, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish yo`llari va chora - tadbirlari ko`rildi hamda shular asosida xomaki hisoblar hal kilinadi.
Ikkinchi bosqichda - birinchi bosqichdagi ma’lumotlarga asoslanib, daromad va xarajatlarning konkret turlari bo`yicha moliyaviy hisob-kitoblar qilinadi. Ma’lumki, moliyaviy ko`rsatkichlar sinoptik xarakterga egadir, chunki ular butun ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy yakunini ko`rsatadi. Dastlab, shu ko`rsatkichlarga asoslanib ishlab chiqarishning o`sishi yuzasidan xulosalar qilinadi va shu asosda moliyaviy ko`rsatkichlarni o`sishi hisob-kitob qilinadi.
Uchinchi bosqichda - daromadlar va xarajatlar tenglashtiriladi, iqtisodiy tahlil jarayonida daromadlar va xarajatlarni usish yeki kamayish tendentsiyasi aniqlanadi.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonida quyidagi usullardan foydalaniladi: balans, normativ, koeffitsiyent, iqtisodiy taxlil va boshtsalar. .
O`zaro bir-biriga bog`liq bo`lgan barcha moliya rejalari yikindisi moliya rejalari tizimi deb yuritiladi. Bu moliya rejalari tizimi teritoriyalarda, xududlarda pul mablag`larshsh taqsimlashni, pul fondlarini tashkil etish va ulardan foydalanishni, takror ishlab chiqarish jarayonida moliyaning alohida zvenolari rolining ifodalanishini o`z ichiga oladi.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonida bir necha hil rejalar tuziladi.
Umumdavlat faoliyatini ifodalovchi moliya rejalariga davlat byudjeti, davlat sotsial sug`urta byudjeti, davlat mulkiy va shaxsiy sug`urtasi moliya rejasi hamda territorial va davlatning moliya mablag`larini ko`rsatuvchi yig`ma moliyaviy mablag`lari kiradi. Bu moliyaviy rejalarda davlat byudjeti alohida o`rin tutadi. Davlat byudjetida davlat bilan turli mulk formasiga ega bo`lgan korxona, xo`jalik tashkilotlarining moliyaviy munosabatlari aks etadi. Uning daromad qismida daromadlarni kelib tushish manbalari ko`rsatiladi; xarajat qismida esa mablag`larning sotsial-madaniy tadbirlarga, halk xo`jaligiga, aholini ijtimoiy himoyalashga, boshqaruvga, mudofaaga va boshqalarga sarflanishi aks ettiriladi. Davlat byudjetining yana bir muhim ahamiyati shundaki, u boshqa moliya rejalardan farq qilib qonun tariqasida tasdiqlanadi. Moliya rejalari tizimida sohalar moliya rejalari asosiy o`rinni egallaydi va bu yerda daromadlar va xarajatlar balansi muhim rol o`ynaydi. Hozirgi paytda korxonalar moliyaviy rejalari biznes rejalar deb yuritilmoqda.
Har qaysi reja mo`ljallangan davr uchun daromadlar va harajatlar, moliya va kredit tizimlarining zvenola~ri o`rtasidagi aloqalar (ijtimoiy sug`urtaga ajratma badallari, byudjetga to`lovlar, bank krediti uchun to`lov va boshqalar) aniqlanadi.
Istiqbollashtirish xalq xo`jalik rejalashtirishining ilmiy-analitik etapidir.
Uning xo`jalik rejalashtirish ishlab chiqarishdagi bosh masalasi - bu ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlaridagi ilmiy tahlil, ro`yobga chiqqan holatga va xo`jalikni rivojlantirishdagi vujudga kelgan muammolarga baho berish barcha mavjud bo`lgan rivojlantirish yo`nalishlarini belgilashdan iboratdir.
Istiqbollashtirish usullari quyidagicha turkumlanishi mumkin:

  1. Istiqbol maqsadiga ko`ra - konfirmativ va rejaifikatsion (operativ, taktik va strategik);

  2. Prognozning belgilanishiga ko`ra - umumiy va maxsus belgilangan istiqbollarga, boshqaruv istiqbollariga;

  3. Tasdiqlash darajasiga ko`ra - intuitiv va mantiqiy;

  4. Natijalarni ifodalash shakliga ko`ra - sifat va miqdoriy istiqbollarga;

  5. Muddatga ko`ra-uzoq muddatli, o`rta muddatli va qisqa muddatli istiqbollarga.

Bozor iqtisodiyoti rejalashtirishdan to`liq voz kechmaydi, chunki reja rasmiylashtirilgan boshqaruv yechimining namoyon bo`lishidir. Ammo, bozor iqtisodiyoti rejali iqtisodga qaraganda ancha egiluvchan, topqir va bunda unga prognozlar va programmalarni tahlil qilish yordam beradi.
Bunda esa moliyaviy resurslarni istiqbollashtirish hamda moliya boshqaruvi jarayonida ulardan foydalanishning o`zaro aloqalari o`rtasidagi muammo kelib chiqadi.
Rejali iqtisodiyot sharoitida, moliyaviy rejalashtirishga xos bo`lgan direktiv va qo`shib yozishlar xarakteriga ega bo`lgan turli xil, rejalarning amal qilish paytida, moliyaviy istiqbollashtirish rad etilmagan. "Mamlakatimizda istiqbollarning turli xillari ishlab chiqilgan edi: demografik, tibbiy resurslarning, ilmiy-texnik taraqqiyotining, moliyaviy resurslarning va boshqalarning. Bunda taraqqiyotni rejalashtirishning muddati o`sib borar edi, ya’ni 5 yillikning va undan ham ortiq muddatlarga. Taraqqiyotni rejalashtirish programmalar bilan to`ldirshib borilar edi. Ammo istiqbollarga va qisman programmalarga bo`lgan umumiy munosabat asos sifatida namoyon bo`lmas edi. Agar bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda dasturli usul rejalashtirish qatorida amal qilsa, rejali iqtisodiyotda, dasturlar degan mulohaza yuritilar edi.
Moliyaviy ko`rsatkichlarning ham istiqbolli ham rejali hisob-kitoblari turli xil usullardan foydalanishni taqozo etadi: shulardan eng muhimlariga quyidagilar kiradi: ekstrapolyatsiya usuli, normativ (me’yoriy), matematik modellashtirish, taqqoslash usullari kiradi.
Ekstrapolyatsiya usuli moliyaviy ko`rsatkichlarning dinamikasini namoyon qilishda, ularni aniqlash, hisob-kitoblarda ko`rsatkichlarning joriy davridagilardan foydalanadi.

Yüklə 108,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin